So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


 – grafik. O‘zbekiston Respublikasi yer fondining yer toifalari bo‘yicha taqsimlanish dinamikasi, %



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
Bog'liq
Davronbek

5.1 – grafik. O‘zbekiston Respublikasi yer fondining yer toifalari bo‘yicha taqsimlanish dinamikasi, % 
 


77 
tamoyillari belgilab berildi. 
Ular asosida, o‘z navbatida, mamlakatimiz
 
yer 
resurslaridan foydalanish tizimini, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida yerdan 
foydalanish va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish jarayonlarini qayta ko‘rib 
chiqilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, talab va taklif asosida mavjud yerlardan 
samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligini ixtisoslash-tirish nafaqat mavjud 
cheklangan yer resurslaridan intensiv foydalanishni ta’minlashda, balki mahsulot 
ishlab chiqarishda yuqori sifat ko‘rsatkich-lariga erishish hamda mamlakatimiz 
eksport salohiyatini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti “...qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning 
samaradorligi, mam-lakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, 
nafaqat qishloq mehnatkashlari, balki butun O‘zbekistonimiz aholisining moddiy 
farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo‘lgan yerimizning unumdorligi, uning 
sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog‘liqdir”
10
, deb ta’kidlagani ham 
bejiz emas. 
 
Ko‘p ukladli iqtisodiyot sharoitida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyati, 
aholining turmush tarzi, tabiiy-iqlim sharoiti, ijtimoiy, iqti-sodiy sharoitlari hamda 
talab va taklif muvozanati va o‘zaro mutanosib-ligini ta’minlash kabilarni e’tiborga 
olgan holda ishlab chiqarishni ixti-soslashtirish, qishloq xo‘jaligida yerdan intensiv 
foydalanish, 
xarajatlar 
sarfini 
kamaytirish, 
qishloq 
xo‘jaligini barqaror 
rivojlantirishning nazariy asoslari va ularni amaliyotga joriy qilish mexanizmlarini 
ishlab chiqish iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish bosqichida 
muhim vazifa hisoblanadi. 
Shu bilan birga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi yerlarni toifalar 
bo‘yicha vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Masalan, 
O‘zbekiston yer fondining 1990-2018 yillardagi dinamikasiga ko‘ra, qishloq 
xo‘jaligi korxona, tashkilot va muassasalarining yer maydonlari 2018 yilga kelib 
1990 yilga nisbatan 12906,2 ming gektarga yaylov yerlarining o‘rmon yer toifalariga 
10
Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2014 
йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2015 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг 
энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. Халқ 
сўзи, 2015 йил 17 январь, № 11 (6194) 


78 
o‘tishi va boshqa toifadagi yerlar maydonining oshishi hisobiga kamaygan. Umuman 
mamlakatimiz yer fondi umumiy maydonining 692,6 ming gektarga kamayishi faqat 
uzoq muddatli foydalaniladigan yaylov yerlarining chegaradosh davlatlarga qaytarib 
berilganligi hisobiga sodir bo‘lgan. 
Umuman olganda yer resurslaridan foydalanishda ularning o‘ziga xos 
jihatlaridan kelib chiqqan holda yondashuv talab etiladi. Avvalambor, yer 
resurslaridan foydalanish darajasini aniqlashda asosiy e’tibor, birin-chidan, yerlardan 
foydalanish maqsadiga ko‘ra ularni qaysi toifaga kirishini aniq belgilab olish, 
ikkinchidan, amaliyotda qo‘llanilayotgan toifalardan kelib chiqqan holda har bir 
toifadagi yerlarning holati, dinamikasi va foydalanish darajasi tahlilini amalga 
oshirish va nihoyat, uchinchidan, mavjud muammo, kamchilik hamda 
nomutanosibliklarni aniqlash zarur.
Albatta, yer resurslaridan foydalanish darajasini bevosita bir-biriga bog‘liq 
holda o‘rganish ma’lum darajada ularga kompleks yondashishni taqozo etsada, 
asosiy e’tiborni alohida yer toifalari bo‘yicha amalga oshirishga qara-tish nafaqat 
nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhimdir. Chunki yer resurs-laridan foydalanish 
darajasi barcha toifalarda turlicha va o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ulardan 
foydalanish ko‘rsatkichlari turlichadir. Masalan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 
yerlardan foydalanish darajasini aniqlashda avvalambor, yerlarning tabiiy-iqtisodiy 
unumdorligidan kelib chiqqan holda asosiy ko‘rsatkich hosildorlik hisoblanganda, 
ular unumdorligining pasayishi, meliorativ holatining yomonlashishi bilan bog‘liq 
salbiy holatlari ham e’tiborga olinmog‘i lozim. Eng muhimi, barcha foydalaniladigan 
yerlar uchun ular tabiiy holatining buzilmasligi va mavjud yerlardan maqsadli va 
samarali foydalanish hisoblanadi. 
Ushbu jarayonni mamlakatimizda foydalanish maqsadiga ko‘ra yerlarning 8 
toifaga bo‘linganligi va ularning mavjud holatini tahlil etish orqali foydalanish 
darajasini aniqlash muhim omil ekanligini ta’kidlagan holda, har bir yer toifasining 
tasnifini keltirish maqsadga muvofiq (5.1-jadval).


79 
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har bir hududda yer fondi va uning 
toifalari bo‘yicha taqsimlanishi turlicha bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va suv 
fondi hamda zaxira yerlarining ulushi yuqoridir. Qishloq xo‘jaligi yerlariga alohida 
e’tibor qaratilgan holda, ularni yuqori sifatli yerlar fondiga kiritiladi va oqilona 
fodalanishni hamda muhofaza qilishni talab etadi. Shuning bilan birga ulardan 
foydalanish yuki ko‘p qirrali hisoblanadi. Bu yerlarning ushbu toifasi ishlab 
chiqarishning asosiy vositasi sifatida, nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
ta’minlaydi, balki agrolandshaftni tashkil qilgan holda, qulay tabiiy muhitni tashkil 
etishda ham ekologik vazifalarini amalga oshirishi bilan bog‘liqdir. Mamlakatimiz 
bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlarining taqsimla-nishi tabiiy omillar ta’sirida 
aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari etishtirish bilan shug‘ullangan qishloq xo‘jaligi korxonalari, 
tashkilotlari, muassasalari va tomorqa xo‘jaliklarining umumiy yer maydoni 2018 -
yil 1-yanvar holatiga 20261,6 ming gektarni, shundan qishloq xo‘jaligi yer turlari 
maydoni 15543,7 ming gektarni yoki 76,7% ni, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlar 
3702,4 ming gektarni yoki 18,3% ni tashkil etmoqda. Mustaqillik yillarida yer 
resurslaridan foydalanish tizimida, ayniqsa agrosanoat majmui sohalaridagi olib 
borilgan islohotlar davomida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlar keng ko‘lamda 
amalga oshirildi. 
Davlat qishloq xo‘jaligi korxonalarining yerlari turli nodavlat xo‘jalik 
shakllariga takror taqsimlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda qishloq xo‘jaligida 
nodavlat sektor yerlarining ulushi 99,9 foizni tashkil etadi. Undan tashqari paxta 
ekin 
maydonlari 
qisqartirildi 
va 
dehqon


80 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish