Ma’ruza-1
Axborot va uni matbaada qayta ishlash texnologik sxemasi
Hisoblash texnikasi, avtomatika, elektronika va televidenie vositalari sanoatning ko‘plab sohalarida keng qo‘llaniladi. Odatda ular boshlang’ich materiallar (xomashyo) yakuniy mahsulotga aylantiriladigan asosiy bo‘g’inga parallel bo‘lgan boshqaruvchi bo‘g’inda joylashadi. Texnologik jarayonning turli uchastkalaridan yetib keluvchi axborotlar asosida boshqaruvchi bo‘g’in bu jarayonni nazorat qiluvchi ta’sirlarni ishlab chiqadi (5.1-rasmga qarang). Agar boshlang’ich materiallar sifatida qog’oz, bo‘yoq, yelim, karton vashu kabilarni ko‘radigan bo‘lsak, matbaada axborot vositalarining vazifasi ularning sanoatda tutgan o‘rnidan deyarli farq qilmaydi. Boshlang’ich mahsulot (matn va rasm) va yakuniy mahsulot axborotdan iboratligini hisobga olsak, matbaada nafaqat boshqaruvchi, balki asosiy texnologik bo‘g’in ham axborotli bo‘ladi [10].
Axborotni qayta ishlash sohasi sifatida bosma ishio‘zida boshqaruv jarayonini ham mujassam etadi. Bosishgacha bo‘lgan texnologiyani o‘zining vazifasi bo‘yicha turli xil bo‘lgan ikkita parallel axborot bo‘g’inlari ko‘rinishida ifodalash qulay. Bu narsa, birinchi holda, matnli va rasmli axborotni tarkibi bo‘yicha qayta ishlash, ikkinchi holda – ma’lumotlar oqimini boshqarish vazifasini bajratishga imkon beradi.
5.1-rasm. Matbaa sanoatida moddiy va axborot oqimlarining nazorat qilinishi
So‘nggi yillarda matbaa sanoatini “yuqori” texnologiyalar bilan bir qatorga olib chiqqan tubdan yangilanishlar texnikani ham, tasvirlarni bosmaga tayyorlash
haqidagi tasavvurlarni ham o‘zgartirib yubordi. Bu sohadagi rivojlanish, ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikdagi shiddat, quyidagi bosqichlarda yaqqol ko‘rinadi:
Qo‘lda gravyuralash XV-XIX asrlar
Fotomexanik reproduksion jarayonlar 1880 yildan Elektrik reproduksiyalash:
analogli signallarda 1950 yildan
raqamli signallarda 1970 yildan Kompyuterda reproduktsiyalash tizimlari:
yopiq 1976 yildan
ochiq 1990 yildan
Bu bosqichlarning har birida nafaqat olinadigan mahsulotning narx va sifat ko‘rsatkichlari, balki nashriyot-matbaa sohasi ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasiga e’tibor ham o‘zgardi [9].
Uzoq tarixga ega bo‘lmagan holda ko‘pgina axborot sanoatlari, ayniqsa OAV ga taalluqlilari ITI davrida yaratilda va rivojlandi. OAV tarkibiy qismi sifatida matbaa, aksincha, ko‘p asrlardan beri mavjud. O‘z vaqtida bilim, hissiyot va kasbiy tajribalar asosida topilgan, hozirda amaliyotdan chiqib ketgan yoki hozirgacha qo‘llanilayotgan texnologik usullardan ba’zilari zamonaviy ilmiy tasavvurlar asosida kechadigan fizik-kimyoviy va axborot jarayonlari bo‘yichao‘zining to‘liq ifodasini topmadi. Matbaa ishida shakllangan an’analar ma’lum darajada elektrotexnika, radioaloqa, televidenie va hisoblash texnikasi yutuqlaridan foydalanishni kechiktirdi. O‘tishning boshlanishi, masalan fotomexanik (optik) reproduksiyalashdan elektron reproduksiyalashga o‘tish XX asrning 60 yillariga to‘g’ri keldi. Bu vaqtda kosmosdan, shu jumladan, oyning orqa tomoni televizionsuratlarini olishsharoitlari mavjud edi.
Matbaaning ilk bosqichida bosma qolip tayyorlashning butun jarayoni bitta inson qo‘lida mujassamlashgan edi. U taxtada matn, rasm va sahifaning boshqa bezash elementlarini o‘yar edi. Terishning yaratilishi matnni qayta ishlashni avtomatlashtirishda birinchi qadam bo‘ldi. Bosishgacha bo‘lgan jarayon ikkita parallel bo‘g’inga – reproduksiyalash va terish bo‘g’inlariga ajraldi. Bir necha yuz
yillik mobaynida ularda turli soha mutaxassislari va turli texnik vositalardan foydalanildi (5.2-rasmga qarang). Vaqt o‘tishi bilan bu jarayonlarning uskunalari takomillashtirildi, imkoniyatlari kengaytirildi, xodimlarning malakasi oshdi hamda turli ixtisosliklar ajralib chiqdi (qo‘lda harf teruvchi, linotipchi, musahhih, sahifalovchi, fotograf, retushchi va b.)
Bosishgacha bo‘lgan texnologiyaning reproduksiyalash va terishga ajralishiga matnli va rasmli axborotlarning turli tavsifli ekanligi sabab bo‘ldi. Matn belgilari bu asosan tovushlarning ko‘rinadigan kodlaridir. Rasm – ko‘rib qabul qilinadigan tevarakolamning optik analogi (o‘xshashi) hisoblanadi.
Hozirda bu jarayonlar yana bitta mutaxassis tomonidan bir ish joyida bajarilishi mumkin, masalan stoldagi nashriyot tizimi (SNT) da. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi matnli va rasmli axborotni bir xil shaklga – raqamli kodga olib kelish imkonini yaratdi. Raqamli kodlar esa bitta texnik vosita orqali qabul qilinishi va qayta ishlanishi mumkin. Sakkiz razryadli ikkili (ikki xonali) son bosishgacha bo‘lgan tizimda shrift garniturasining 256 belgisidan birini yoki bosiluvchi elementlarning 256 maydonidan biri – tusli rasmning gradasiyasini bir xil darajada ifodalaydi.
Fotoreproduksion jarayonlar matbaada fotografiya ixtiro qilingandan yarim asr o‘tgandan so‘ng keng qo‘llanila boshlandi. Bunga proyeksion fotomexanik rastrning, ya’niyarim tuslarni avtotip usulda uzatishning ixtiro qilinishi turtki bo‘ldi. Avtotipiyaning qo‘llanilishi bilan bosma nashrlardagi tusli rasmlarning hajmi oshdi. Shunga muvofiq, nashrlarning axborot sig’imi ham kengaydi.
5.2-rasm. Matbaa sanoatining asosiy bosqichlari
Bosishgacha bo‘lgan jarayonlar yangi rivojlanish bosqichining ijobiy tomon- larini ko‘rsatib o‘tish bilan bir qatorda, uning kamchilik jihatlariga ham e’tibor qaratish kerak. Ilmiy-texnik taraqqiyotda shunday xodisalar uchrab turadiki, qo‘lda
bajarib erishilgan ba’si sifat ko‘rsatkichlari, yangi texnologiyada boshqa bir qator yutuqlar, masalan, unumdorlikni oshirish, tannarx va mehnat sarfini kamaytirish evaziga qurbon qilinadi. Eski usulning ma’lum afzalliklariga uzoq vaqt davomida yangi usulda erishilmaydi [9].
Bosishgacha bo‘lgan jarayonlarning navbatdagi rivojlanish bosqichi hisoblash texnikasining takomillashuvi bilan bog’liq. U tufayli rasmli aslnusxani oraliq elektrik signal ko‘rinishida ifodalash bo‘yichacheklovlar olib tashlandi. Bunga qadar tasvirni funksional qayta ishlash skanerlashning real vaqtida yoki kichik hajmli raqamli buferli yig’uvchidan foydalanib amalga oshirilar edi. Butun rasmni kompyuterning tezkor xotirasida sonli massiv ko‘rinishida ifodalash imkoniyati yaratilganda yangidanyangi afzallik jihatlari namoyon bo‘la boshladi. Bu, birinchi navbatda, nashr sahifasida turli grafik axborot – matn va rasmni «elektron» integrasiyalashda o‘z ifodasini topadi.
Kompyuterda reproduksiyalashning birinchi bosqich tizimlari yopiq (berk) tizimlar deb atalar edi (tashqi foydalanuvchilar yoki kompyuter muhitlari uchun). Yetakchi elektron reproduksiyalash texnikalari ishlar chiqaruvchilar tomonidan bunday tizimlarni yaratish 70-yillarning oxirida boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, amalda ularning barchasi alohida sanoatni dasturli va apparatli vositalar bilan ta’minlash, shuningdek, o‘ziga xos fayl formatlari va kompyuterda interaktiv muloqot jarayoni va vositalariga yo‘naltirilgan edi. Bu esa nashriyot matbaa jarayonining turli ishtirokchilari orasida elektron ko‘rinishdagi grafik axborot almashinuvini chegaralar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |