55
4. YER (TUPROQ)DAN FOYDALANISHNING IQTISODIY ASOSLARI
Qishloq
xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlardan foydalanishda tuproq
unumdorligini takror ishlab chiqarish bosqichi yerlarni takror
ishlab chiqarish
davrida muhim tarkibiy qism sanaladi. Agar yer
resurslari takror ishlab
chiqarilmasa, kelgusi takror ishlab chiqarish davrida yerning mahsuldorligi past
bo‘ladi. Avval iste’mol qilingan yer resurslarini takror ishlab chiqarmasdan turib
ham, ma’lum bir muddat vaqtinchalik samara olib turish mumkin, lekin bu yerning
sifatiga
bog‘liq
bo‘lmay,
ishlab
chiqarishning
boshqa
omillarini
intensifakitsiyalash orqaligina amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ishlab
chiqarishning asosiy omili – yer ishlab chiqarish jarayonida o‘z rolini kamroq
bajaradi va pirovardida, boshqa omillar zarur
natijalarni bermaydi yohud
sarflangan xarajatlarga mutanosib bo‘lmaydi.
Yer resurslarini takror ishlab chiqarish davri bosqichlarining barchasi teng
kuch va ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi ob’ektiv qoida va talablar o‘tgan
yillar ichida buzildi, tuproq unumdorligini takror
ishlab chiqarish bosqichiga
yetarli e’tibor qaratilmadi. So‘nggi yillardagi ayrim ekin turlari bo‘yicha
hosildorlikning o‘sishi ishlab chiqarishning boshqa omillari samaradorligining
ortishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda yerning roli past darajada bo‘ldi, vaholanki yer
(uning sifati, xususan uning unumdorligi) ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasida eng muhim va
asosiy ahamiyatga ega.
Tuproq unumdorligi dinamik xususiyatga ega,
bunda uning tabiiy
unumdorlik va sun’iy unumdorlik kabi turlari ham dinamik xususiyatga egadir.
Aholi soni va uning moddiy ne’matlarga ehtiyojlarining ortishi kuzatilayotgan bir
paytda, tuproq unumdorligini oshirish jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining
ob’ektiv omilidir. Jamiyat va iqtisodiyot yerning unumdorligini oshirish borasidagi
tadbirlarga investitsiyalar kiritishi kerak. Tuproqni ishlab chiqarish iste’moli va uni
56
takror ishlab chiqarishning texnologik sxemasini qo‘yidagicha ifodalash mumkin
(4.1-sxema):
4.1- sxema.
Bu yerda quyidagi belgilar qabul qilingan:
DU
1
– dastlabki (qishloq xo‘jaligi yili boshida) unumdorlik;
B
dtb
– joriy yilda dastlabki tuproq boniteti (TBB);
Ich
i
– ishlab chiqarish jarayonida tuproq unumdorligining ishlab chiqarish
iste’moli;
Q
ich
– qishloq xo‘jaligi jarayoni (ishlab chiqarish);
P
otu
– joriy qishloq xo‘jaligi yilining oxirida tuproq unumdorligi; B
otb
– joriy
qishloq xo‘jaligi yilining oxirida TBB;
YA
m
– yalpi mahsuloti;
Ich
x
– mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlari;
YA
d
– yalpi daromad;
YA
tm
– yalpi daromadning taqsimlanish moddalari;
B
tichki
– tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kapital,
investitsiyalar;
B
t
I
ch
– joriy yilda (siklda) tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish;
KY
dtu
– kelgusi yilning (siklning) dastlabki tuproq unumdorligi;
KY
dtb
– kelgusi yilning dastlabki tuproq bonitet bali;
X
utich
– tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish xarajatlari.
Yuqorida berilgan sxemada takror ishlab chiqarish va yerdan foydalanish
bosqichlarining bog‘liqligi ifodalangan. Tuproqning unumdorligi ishlab chiqarish
iste’mol qilinishi natijasida dastlabki unumdorlik yil
oxirida kamayishi tabiiy
jarayondir. Sxemaga ko‘ra tuproq unumdorligi darajasi muntazam o‘zgarib turish
xarakteriga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham yalpi ishlab chiqarishning ma’lum bir
DU
1
Do'stlaringiz bilan baham: