So‘nggi yillarda ichki resurslardan foydalangan holda maxsar, soya, kunjut, zig‘ir, mevalar danaklari kabi moyli o‘simliklarni mahalliy muhitga moslashgan turlarini etishtirish ko‘paytirilmoqda


XOM ASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLAR TAVSIFI



Download 261,82 Kb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi261,82 Kb.
#265231
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Notes 210629 210059

XOM ASHYO VA TAYYOR MAHSULOTLAR TAVSIFI
 
Soya- bir yillik o’simlik bo’lib Uzoq Sharqda , Moldaviya , Gruziya , va Ukrainada ekiladi. Uning vatani Sharqiy Osiyo hisoblanadi .Xitoy , Xindiston , Yaponiya , Avstraliya , Shimoliy Amerika , va Rossiyaning  sharqida uning bir necha xili ekiladi . Xitoyda uning daraxt bo’lib o’sadigan turi ham mavjud. Uning bo’yi 2.8 metr xitpyda soya suti tayyorlash keng rivojlangan . Butun dunyoda ishlap chiqarilavotgan suyuq yog’larni anchagina  qismini soya yog’I tashkil etadi. 
MDX da soya asosan yog’ olish uchun ekiladi. Naviga qarab soya
doning bo’yi 7- 8.5 mm eni 5.8- 7.1 mm , qalinligi 4.2- 7.8 mm bo’lib tarkibida 19-22 % yog’ 3945 % oqsil, 2.8- 6.8 % selleloza , 3.3- 6.4 % kul va 13.1- 33.0 % azotsiz ekstra faol moddalar bo’ladi. Soya kunjarasida lizin miqdori a’lo nav bug’doy uniga ko’ra bir necha marta ko’p . Undan tashqari , soya uni vitaminlarga boy . Soyani “yumshoq “ rejimda  qayta ishlash tavsiya etiladi. Soya donini oqsil ombori deyish mumkin.
Soya yog’I tez quriydigan bo’ladi, uning tarkibida 10 -16 % palmitin , 4-9 % stearin, 15 -26 % olein kislotalar , 46-55 % linol , 6-14 5 linolenkislota bor.
Keyingi yillarda  O’zbekiston yog’-moy sanoatida soya yog’ ham ishjlap chiqarilmoqda .
7
Soya urug‘i qayta ishlash bo‘yicha paxta chigitidan keyingi o‘rinda turadigan xomashyo hisoblanadi. Soyani odatda forpress-ekstraksiya tizimida qayta ishlanib, undan rafinatsiyalangan va dezodoratsiyalangan iste’mol moylari ishlab chiqariladi.
Soya (Glycine hispida) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Soya urug‘i urug‘
qobig‘i, mag‘iz, murtak, prokombial bezchalardan tashkil topgan. Soya urug‘ining o‘lchamlari: uzunligi – 5,0-10,5mm, eni – 4,0-7,0 mm, qalinligi – 4,5-8,0 mm gacha bo‘ladi. Hajmiy massasi 720-760 kg/m3. soya boshqa urug‘lardan oqsil saqlami juda yuqoriligi bilan farqlanadi. Soya oqsillari tarkibida 6-8% gacha albumin, 25-34% gacha globulin, 13-14% gacha glyutelin borligi uni to‘laqonli ozuqa va oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatidagi qimmatini asoslaydi. Soya oqsillarining 90% gacha miqdori suvda eruvchan oqsillarni tashkil etadi. Soyaning o‘ziga xos tomoni uning tarkibidagi ureaza fermentining borligi hisoblanadi.
Ureaza 30-60 ºC harorat oralig‘ida faol ferment bo‘lib, mochevinani ammiakgacha parchalash xususiyatiga ega. U 70ºC dan yuqori haroratda o‘z faolligini yo‘qotadi. Soyadan odatda moy va 50% gacha oqsil saqlamiga ega shrot olinadi. Soyani urug‘ qobig‘idan ajratib qayta ishlanganda uning shrotini oziqovqat maqsadlarida ishlatish mumkin. Chorvachilik ozuqasiga esa soyani po‘stlog‘idan ajratmasdan qayta ishlanadi.  
Soya urug‘i saqlanish jarayonida uning namligi 11% dan oshmasligi talab qilinadi. Chunki soya tarkibida 50% gcha oqsillar mavjudligi uning yuqori namlik sharoitida tez
buzilishiga olib keladi. Qayta ishlashdan oldin esa namlanadi, chunki tozalangandan so‘ng uni namligi texnologik jarayonlar uchun mos holatgacha etkaziladi. Buning uchun namlikni konditsiyalash amalga oshiriladi. Konditsiyalash soya urug‘ining namligi ularning mag‘iz namligiga qarab belgilanadi. Bu namlik quruq holat – 12 %, o‘rtacha quruq holati – 12-14 %, nam holati – 14-16 % va o‘ta nam holati – 16 % dan iborat. 
Qayta ishlash uchun esa uning maydalanishi yaxshilanishi uchun namligi 10,5% dan 12% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. 
Texnologik nuqtai nazardan yog‘li urug‘lar ikki qismdan: mag‘iz va
qobiqdan iborat. Ba’zi yog‘li urug‘lar masalan, paxta chigiti, kanop, kanakunjut va shunga o‘xshashlar faqatgina urug‘lik ustida qobig‘i bo‘ladi, ba’zi bir moyli urug‘lar masalan, pista, er yong‘oq, soya va shu kabi urug‘ ustidagi qobiqdan tashqari mag‘iz ustida yupqa urug‘ pardasiga ham ega bo‘ladi. Qaysi turdagi urug‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar barcha moyli urug‘larning ustki qobig‘i luzga deb ataladi, faqat paxta chigitning qobig‘i sheluxa deb nomlanadi. 
Agarda moyli urug‘lar qobig‘i
ajratilmay qayta ishlansa, bu holda olinayotgan o‘simlik moyi tarkibida qobiq tarkibida bo‘lgan yuqori malekulali uglevodlar, mum moddalar ko‘payadi. Bu hol olinayotgan o‘simlik moyini sifatini buzilishiga va aynan kislota soni oshishiga, rangining yuqorilab ketishiga hamda moyning loyiqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan xolda urug‘lik qayta ishlansa, texnologik jarayonda qo‘llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo‘lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun sexning
maxsuldorligi susayadi. Lekin, soya urug‘ining qobig‘i va mag‘iz qobig‘i umumiy massaning kam qismini tashkil etganligi tufayli po‘chog‘i chaqilmasdan qayta ishlanishi mumkin.
Gidratatsiya jarayoni mohiyati. Gidratlash jarayoni moylardan fosfatidlarni ajratib olish maqsadida olib boriladi. Gritseridlar tarkibidagi hamroh moddalardan eng qimmatli tarqalgani fosfolipidlar guruhi hisoblanadi. Ular moyli urug‘larda yog‘siz fazada erkin yoki oqsil va uglevodlar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. Rafinatsiya qilinmagan yog‘ni olish usuli va rejimiga bog‘liq holda moyli homashyodan
fosfatidlarni 20% dan 90% gacha ajratib olinadi .  
Fosfatidlar molekulasi difil harakterga ega: gidrofob qismi - yog‘
kislotalarining radikallari, gidrofil qismi - aktiv gruppa (efir, gidroksil, karboksil va b.q.).
Moyda fosfatidlar miqdori kam bo‘lganliliga qaramay, o‘zining aktivligi hisobiga yog‘ning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Saqlash vaqtida cho‘kma hosil qilib moyni xiralashtiradi, ular emulsiyani barqarorlashtiradi va natijada fazalar ajralishi qiyinlashadi, oqlash
vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sarfini ko‘paytiradi.
Gidrogenizatsiya jarayonida fosfatidlar katalizator aktivligini pasaytiradi. Bu esa fosfatidlarni rafinatsiya qilinmagan yog‘dan ajratib olishi zarurligini ko‘rsatadi. Gidratatsiya jarayonining asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir qilib, koagulyasiyalanadi va cho‘kmaga tushadi.
            Fosfolipidlarga    glitserofosfatidlar,    izonitfosfatidlar,    sfingomielin-lar    kiradi.



O‘simlik moylarida glitserofosfatidlar bo‘lib, ular quyidagi formulaga ega: 


            Soya yog‘i                       Fosfolipid miqdori, % da
 
forpress                                                 1,0-1,5  ekstraksiya
(kunjaradan)                      1,5-3,0  (yanchilmadan)                                    2,0-4,5
 
            CH2 OCOR1                         
 |                                                              
CHOCOR2                                       
 |                  O-
CH2 O–R=O 
                        OX+   



bu erda: R1 va R2 – to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining 


uglevodorod qoldiqlari. 
X* - vodorod, azotli asoslar (etanolamin, metiletanolamin, dimetil etanolamin, xolin) aminokislotalar. 
  Quyida o‘simlik yog‘lari tarkibidagi asosiy glitserofosfatid guruhlari ko‘rsatilgan. 
 

 
     X+ (strukturadagi komponent)           Fosfolipidlar 


    N                                                             Fosfatid kislotalar 
-CH2CH(NH2)-COOH – serin                  Fosfatidilserinlar
-CH2CH2NH2–etanolamin                        Fosfatidil etanolaminlar                                         
                                                                  
    (kefalinlar)
-CH2CH3NH(CH3) metil etanolamin      Fosfatidil-N-metil etanolaminlar
-CH2CH2NOH(CH3)3 – xolin                   Fosfatidilxolinlar (letsitinlar)
-CH2-CHOH-CH2OH – glitserin             Fosfatidilglitserinlar 
                                                                    Fosfatidilinozintollar    
 
O‘simlik yog‘larida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi, bular yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bo‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, oziqaviy qiymatini kamaytiradi. Yuqori haroratda erkin yog‘ kislotalari apparatlarning korroziyalanishiga olib keladi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan yog‘larning kislota soni 0,2-0,3 mg KOH dan oshmasligi kerak.
Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish zarurligi kelib chiqadi.
Sanoatda quyidagi usullar bilan yog‘ kislotalari yo‘qotiladi.
1.        Erkin yog‘ kislotalarini ishqor
bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya).
2.        Yuqori haroratda va vakuum ostida erkin yog‘ kislotalarini yo‘qotish (distillyasiyali rafinatsiya). 
3.        Erkin yog‘ kislotalarini yog‘dan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olish (ekstraksiyali rafinatsiya)
 Sanoatda asosan ishqorli rafinatsiya va oxirgi yillarda distillyasiyali rafinatsiya ko‘proq ishlatilmoqda. Selektiv erituvchilar yordamida rafinatsiyalash hali amaliy jihatdan yog‘-moy korxonalarida ishlatilgani yo‘q. 

Ishqorli rafinatsiya-keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bu usulda yog‘ kislotalarini yog‘da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bo‘ladi. Bu reaksiya quyidagicha ifodalanadi.


                                           RCOOH  + NаOH             RCOONa  + H2O
Sovunning suvli eritmasi katta zichlik hisobiga yog‘dan ajraladi. Ajralgan sovunli massa soapstok deyiladi. Sovun, o‘zining yuqori adsorbsion xususiyatiga ko‘ra yog‘dan quyidagi aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oqsillar, shilimshiq moddalar, bo‘yovchi moddalar va x.k. SHuningdek sovun
parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab qoladi. Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog‘ (triglitserid)ni  sovunlaydi. Ayrim vaqtda yog‘ni oqartirish uchun ishqorni ko‘p miqdorda qo‘shiladi.
Ishqor sarfini xisoblash. Rafinatsiya uchun zarur bo‘lgan ishqorning nazariy miqdori kislota soniga asosan quyidagi formula bilan topiladi.
In = Q 0,714 K.c.   (kg)
    bu erda: Q- neytrallanadigan yog‘ miqdori, kg
                       0,714 = 40/56     

                       K.s-kislota soni


Biroq, yog‘ni to‘liq neytrallash uchun ishqorning nazariy miqdori etarli
emas, chunki ishqorning bir qismi neytral yog‘ni sovunlanishi uchun sarflanadi.
 
              CH2OCOR1                                                                                                                            CH2OH
                            |                                                                   |

CHOCOR2     +  3NaOH             CHOH   + 3RCOONa


                            |                                                                   |
              CH2OCOR3                                                                                                                    CH2OH
 
 
Shuningdek ishqorni bir qismi yog‘dagi  ayrim aralashmalar bilan

reaksiyaga kirishadi.


Rafinatsiya jarayoniga turli omillarning ta’siri. Harorat. Harorat ko‘tarilishi bilan rafinatsiya tezligi oshadi va shu bilan birga neytral yog‘ning sovunlanishi ham ortadi. Jarayonning harorati ishqor eritmasi konsentratsiyasiga bog‘liq. Ishqor konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, jarayon harorati shuncha past bo‘lishi kerak. Odatda harorat 20-250C (paxta yog‘i uchun) va 80-850 C ( kungaboqar yog‘i uchun) oralig‘ida bo‘ladi . Ishqor konsentratsiyasi: Ishqor konsentratsiyasini oshishi bilan neytralizatsiya tezligi va neytral
yog‘ning sovunlanishi ham oshadi. Yuqori konsentratsiyali ishqor bo‘yovchi moddalarga ta’sir etib, uning ajralishiga yordam beradi. Ishqor konsentratsiyasi yog‘ turi va kislota soniga bog‘liq. Kerakli ishqor konsentratsiyasi odatda tajriba orqali aniqlanadi, chunki tozalangan yog‘ning chiqishi (unumi) va uning sifati ishqor eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq.
Aralashtirish: Bu omil ishqor konsentratsiyasiga va kontakt vaqtiga
bog‘liq. Ishqorning yuqori konsentratsiyasida kontakt vaqti qisqa bo‘lib, juda tez aralashtiriladi.
Konsentrlangan eritmalar bilan ishlash vaqtida intensiv aralashtirish, jarayonni tezlatib, neytral yog‘ni sovunlanishini kamaytiradi. Ishqorning mayda tomchilari yog‘ kislotalari bilan katta kontakt yuzasiga ega va hosil bo‘lgan sovunli pardaga esa bo‘yovchi moddalar adsorbsiyalanib, yog‘ rangi tiniqlashadi.
Neytrallashdagi chiqindilar. Neytralizatsiya jarayonining samara-dorligi neytral yog‘ sifatiga va chiqindi miqdoriga bog‘liq. Chiqindi, bu soapstok bilan birga ajrab chiqadigan yog‘li moddalar bo‘lib, ulardan yog‘ni qayta ishlash sanoatida xomashyo sifatida
foydalaniladi.
Texnologlarning asosiy vazifasi shu chiqindilar miqdorini kamaytirishdir.
Soapstokdagi yog‘, undagi yog‘ kislotalari bilan neytral yog‘larning yig‘indisidir.


Download 261,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish