So`nggi qo`ng`iroq



Download 3,9 Mb.
Sana09.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#766707
Bog'liq
So`nggi qo`ng`iroq” tadbir ssenariysi 25-май may



25-may “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiri ssenariysi

Tadbirimiz sababchilari bo‘lgan 4-sinf o‘quvchilarini davraga taklif etamiz. O‘zbekiston madhiyasi yangraydi. Bayramni ochish uchun so‘z maktab MMIBDO’ O’.Mirzanishonovaga beriladi. So‘ng badiiy qism boshlanadi.




  1. B olaligim qoldi ortimda,

O`n yettida yoshginam mening
katta hayot yo`li oldinda
Katta hayot peshvoz, muntazir.
Sevinchdanmi, ko`zimda shabnam,
Dilda mehrim, boqaman shodon
Chin do`stlik, yo muhabbat, bilmam
Qalbimdabor bir shirin tuyg`u
Assalom-u alaykum ilm maskanimizning bugungi tantanasini o`z tashrifi bilan yanada fayzli qilgan aziz mehmonlar, hurmatli ota-onalar. assalom-u alaykum bor kuchi, qalb qo`rini, mehrini, bilimini o`quvchi shogirdlaridan ayamay yana bir mashaqqatli, shu bilan birga sharafli dovonni bosib o`tgan jonkuyar murabbiylar, aziz uztozlar!
Mana bugun maktabimizda so`nggi qo`ng`iroq bayrami.. So`nggi qo`ng`iroq chalinadigan kun, jonajon maktab va uztozlar bilan xayrlashuv onlari naqadar hayajonli. Mana shu hayajonli damlarda 9-sinf bitiruvchilarini davramizga taklif etamiz.(Davraga musiqa sadolari ostida 9-sinf o`quvchilari kirib keladi.)
9-“A” sinf rahbari Berdiyeva Hilola Egamberdiyevna
9-“B” sinf rahbari Mustafoyeva Shahnoza Ergashovna
9-“D” sinf rahbari Abdurahmonova Dilrabo Nasriddinovna
9-“E” sinf rahbari O`ralova Mohigul Mamarajabovna
O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi
Bo`lganmi bizning davrdek hech davronlar,
Istiqlolim berdi bizga zo`r imkonlar.
Ma’naviyat-ma’rifatni ardoqlovchi xush onlar,
Tadbirga xush keldingiz, aziz mehmonlar.
Biz mamnuniyat bilan bosib o`tgan 2012-2013-o`quv yilimizni yakunlar ekanmiz, undagi erishilgan yutuqlarni faxr bilan tilga olmay ilojimiz yo`q. Negaki yakun topgan o`quv yilimiz biz uchun juda ko`p muvaffaqiyatlarga boy yil bo`ldi. Maktabimiz 4 yildan buyon tuman maktablari orasida reytingda birinchilikni qoldan bermay kelmoqda. Shu o`rinda fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichlarida 13 nafar o`quvchi faol ishtirok etib, Yoriyev Faruxning faxrli 1-o`rinni egallaganligini, “Bilimlar bellashuvi” da esa 15 nafar o`quvchilarimizning tuman va viloyat bosqichlarida faxrli o`rinlarni egallab, 2 nafar o`quvchimiz Sa`dullayeva Shahrizoda hamda Shuhratov Behruzlarning respublika bosqichiga ishtirok etayotganligini bugun biz faxr bilan tilga olamiz. Bunday muvaffaqiyatlarimiz juda ko`p. Maktabning 9-sinf o`quvchisi Malikova Dildoraning “Orasta qizlar” ko`rik-tanlovining tuman va viloyat bosqichlarida faol qatnashib, faxrli 1-o`rinlarni egallab, tanlovning respublika bosqichida ham qatnashishi, yil davomida o`tkazilgan insho hamda rasmlar tanlovi, “Prezident asarlari bilimdoni” kabi tanlovlarda viloyatda birinchi o`rinlarni egallab kelgan Komilova NIgina, To`yboyeva Nigina, Safarova Gavhar, Nortojiyeva Lola, Allayorova Mehrigiyolarning nomlarini tilga olish joizdir.

  1. So`z tumanimiz hokimi o`rinbosari, jonkuyar inson, mehnatkash va zahmatkash rahbar Bobur Qahhorov va Tuman ma`naviyat targ`ibot bo`limi rahbari G`aybullayeva Dilora O`ktamovnalarga beramiz. Marhamat.

  1. Hozir navbatni 7 – sinf o`quvchilari ijrosidagi “Mahalla”raqsiga beramiz.

  1. Endigi so`z navbatini maktabimiz direktori jonkuyar, ustoz, hammamizni sevimli, mehribon, onamiz kabi aziz inson, Xalq ta’limi a’lochisi, Mustaqillikning 20 yilligi ko`krak nishoni sohibasi, rahbarimiz Ro`ziyeva Nasiba Jumayevnaga beramiz.

  1. 3- “A” sinf o`quvhcilari ijrosida “Ro`molim” raqsi

  2. Agar umrim kitob bo`lsa eng,

Suyuk bobi senda o`tgandir.
Hech faslga qilolmasman teng,
Buyuk bobi senda o`tgandir.

  1. So`z navbati mehmonlarga beriladi.

  2. 2-“E” sinf “Muallimlar” raqsi

  3. Senda hislar chaqmoq chaqadi,

Tafakkurim alangasi yor.
Senda fikrim chaqnoq chaqadi,
Ehtiroslar tantanasi bor.
Raqs 2- ”D” sinf o`quvchilari Mustahkam oila” raqsi
Varaqlasam u bobni endi,
Ta’rifiga topolmasman so`z.
Ustozlarim har bir o`giti,
Qilib turar holatim ko`z-ko`z.
Raqs 4- “D” sinf qizlari

  1. Mustaqil yurt o`g`il-qizlari,

Yuzi qirmiz shirin so`zlari.
Aqli raso, bilimga tashna,
Kulib turar charos ko`zlari.
Davramizning guli o`zingiz,
Sayroqi sho`x bulbul so`zingiz.
Charaqlagan oysiz, ham quyosh,
Qadrlaydi sizni keksa yosh.
Davraga 9-“A” sinf o`quvchilarini ustozlarni tabriklash uchun davraga taklif etamiz.
Davraga 9-“B” sinf o`quvchilarini taklif etamiz.

  1. Olim inson bo`laylik, mashhur bo`lib dunyoda,

Ular bizni o`rgatdi, odob hamda hayoga
hammamizning chin inson bo`lishimiz sababi,
Bizga chin saboq beragn ustozlarning maktabi.
Davraga 9-“D” sniff o`quvchilarini taklif etamiz.

  1. Baxtga narvon, ilmga kon erur maktab,

Zakovat koniga xirmon erur maktab.
O`g`il-qizlar o`qing ulkan murod ko`zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
Davraga 9-“E” sinf o`quvchilarini taklif etamiz.

  1. Chehram sho`x tabassum,

Gulga to`la quchog`im.
Jarangla qo`ng`irog`im,
Vatan-mehnat maydoni ,
Ijod –yaratish oni.
Vatan- suyangan tog`im
Jarangla qo`ng`irog`im.
Qo`ng`iroq chalinadi.
Tuproq ko`chalarda chopgan bolalik,
Yillar changi ichra asta yo`qoldi.
Bolalik ketdi-yu, sho`x suhbatlarda
Uni kula-kula eslamoq qoldi.
Bolalik! Men seni bir umr qalbda,
Ona suti kabi saqlay muqaddas.
Va lekin ertangi kunimdan kechib,
Senga qa Senga qaytmoqni hech qilmayman havas.
20-maktabda o`tkaziladigan
So`nggi qo`ng`iroq”
tadbir senariysi
Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish