“So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri ssenariysi.
I-boshlovchi: Assalomu alaykum bugungi quvonchli ayyomga yig’ilgan aziz mehmonlar!
II-boshlovchi: Assalomu alaykum qalbi daryo onajonlar, mehribon va jonkuyar ustozlar! Qadrli tengdoshlar, maktabdosh do’stlar!
I-boshlovchi: Qalblari hayajonga, ko’zlari esa yoshga to’la biz bitiruvchilar Bugungi tantanali kunda Siz azizlarni ko’rib turganimzidan behad shodmiz.
II-boshlovchi: So’zimni boshlayman, aytaman kalom,
Bugun tantanali, xushnud bir ayyom.
Sizga ezgu niyat, tilaklar ila,
11-“A” dan Salom-Assalom!
I-boshlovchi: Mana 11 yil ham o’tdi-ketdi. Shunchalik tez o’tdiki, buni hatto sezmay ham qoldik.
II-boshlovchi: Mana bugun yurtimizning barcha umumta’lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq tadbiri bo’lib o’tmoqda. Aynan mana shu damlarda maktab bilan xayrlashish qanchalik og’ir ekanligini his qilyapmiz.
I-boshlovchi: Maktab deganda, avvalo, ko’z oldimizga aziz ustozlarimiz, qo’llarimizdan ushlab yozishni, ming mashaqqat bilan bizga o’qishni o’rgatganlari keladi.
II-boshlovchi: Ta’lim-tarbiyani bergan ustozim,
Sizdan qancha o’git, saboqlar oldim.
Ustoz ulug’ligin va buyukligin,
Sadoqatingizni men eslab qoldim.
I-boshlovchi: Sizning iste’dodu savodlaringiz,
Mustaqil yurtimga keltirur sharaf,
Sizning bergan ta’lim-saboqlaringiz
Ilmni oftobdek sochar har taraf.
II-boshlovchi: Mehri daryo, qalbi quyosh bo’lgan muhtaram ustozlar! Biz Sizlarni juda yaxshi ko’ramiz va bunga bugun yana bir karra amin bo’lib turibmiz. Ayni damda biz bitiruvchilar mustaqil hayot ostonasida turib har bir o’gitingizga amal qilishga va’da beramiz.
I-boshlovchi: Barchangizni bugungi “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri bilan chin dildan tabriklaymiz. Va gulduros qarsak sadolari ostida 11-“A” sinfini davraga taklif etamiz.
MUSIQALI CHIQISH
II-boshlovchi: Mana 11-“A” sinfi davramizga kirib keldi. Endi aziz va mo’tabar Ustozlarga atalgan dil so’zlarimizni qabul etsangiz.
I-boshlovchi: To’g’ri aytasiz. Hozir aytiladigan tabriklar chindanda yurak so’zlaridir. Chunki 11 yildan beri bizga ta’lim berayotgan mehribon ustozlar bizga onamizdek aziz va otamizdek ulug’dir.
II-boshlovchi: Marhamat, bayramona tabrigimizni boshlaymiz. Birinchi tabrigimiz maktabimiz rahbari hurmatli __________________
Barchamizga birdek rahbar oz’ingiz,
Bizga o’git berar dono so’zingiz
_________ ustoz sog’ bo’ling mudom,
Omad Sizga yor bo’lsin har kuni, har on.
I-boshlovchi: Keyingi tabrigimiz maktabimiz ilmiy mudirasi, talabchan ustoz Botirxo’jayeva Gulnoraxonga:
Dars jadvali doim puxta va tayyor,
Ilmiy mudiramiz hamisha xushyor.
Darsga kirmaganni sira qo’ymaydi,
Bu ustozni hech ham aldab bo’lmaydi.
Xafa qilgan bo’lsak kechiring ustoz,
Sizga ming bor ta’zim qilsak bo’lar oz.
II-boshlovchi: Ma’naviyat ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosari Turopova Dilnozaxon ustozga.
Ma’naviyat ishiga yurakdan berib mehr,
Hammamizni tarbiyalab kelmoqda axir.
Dilnozaxon opoyga tilaymiz sog’lik,
Tinchlik-xotirjamlik va tuman boylik
I-boshlovchi: Birinchi o’qituvchimiz jafokash va munis ustozimiz _________________ustozga:
Birinchi bor maktabga qo’yganda qadam,
Qo’limizga mehr-la tutqazib qalam.
Alifboni bizga tanitgan Ustoz,
Tilimiz so’ylatgan mehribon ustoz.
Fidoiylik bilan berdingiz ta’lim,
Rahmatlar aytamiz Ustoz muallim!
II-boshlovchi: Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ahmadaliyeva Munojatxonga:
Nafosat, go’zallik, sizda bo’lgan jam,
Qancha ta’riflasak, shuncha bo’lar kam.
Har bir darsingizni o’tasiz dildan,
Sizga ta’zim qilamiz endi bizlar ham.
I-boshlovchi: Algebra fanining ustasi, mehnatkash ustozimiz ______________________ga.
Al-Beruniy, Al-Xorazmiy ilmidan berib saboq,
Hisob-kitob fanidan yaratdingiz chaman- bog’.
Qilgan mehnatlaringiz sira zoye ketmaydi,
_________ nomingiz yuraklardan ketmaydi.
II-boshlovchi: Sinfimizning jonkuyar rahbari, mehribon ustozimiz Mavludaxon ustozga.
Azizim, ustozim – Sinf rahbarim,
Yurakda saqlagan noyob gavharim.
Sizni benihoya yaxshi ko’ramiz,
Siz aytganday yaxshi inson bo’lamiz.
Shahnozaxon opoy bayram muborak,
Bugun hayajonda har dil, har yurak.
I-boshlovchi: Rus tili fani o’qituvchisi ____________________
Maktabdagi katta ustoz o’zingiz,
Rus tilida jaranglar har bir so’zingiz.
Tabrigimiz sizga tuhfa etamiz,
Mehnatingiz uchun ta’zim etamiz.
II-boshlovchi: Mehnat fani o’qituvchisi _________________:
Kasb tanlashda bizga yo’lni ko’rsatgan,
Hunar egallashning sirin o’rgatgan.
________ ustoz munis, muloyim,
Baxtli bo’ling ustoz, sog’ bo’ling doim.
I-boshlovchi: Maktabimiz kutubxona mudirasi Akramova Mavludaxon ustozga.
Mavludaxon desa, hamma taniydi
Barcha sizdek bo’lsa, ustoz qaniydi.
11-“A” ni unutmang ustoz,
Chin dildan rahmatlar aytsak arziydi.
II-boshlovchi: Geografiya fani o’qituvchisi Imomova Zulfiraxon opoyga.
Dunyodagi qit’a, dengizlar, cho’llar,
Shaharlarni o’zaro bog’lagan yo’llar.
O’rgatdingiz erinmay barchasin bizga,
Rahmatlar aytamiz chin dildan sizga.
I-boshlovchi: Kimyo fani o’qtivuchisi Muhammadjon ustozga.
Kimyo fani qiyindir, buni bilamiz,
Ilmingizni ustoz hurmat qilamiz.
Mehrimiz doimo oqar siz tomon.
Sog’ bo’ling ustozim va bo’ling omon.
II-boshlovchi: Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi ____________
Jismoniy tarbiya chiniqish darsi,
Bu esa bizlar uchun davr talabi.
Darsda mazza qilib o’ynaymiz futbol,
Domla xursand bo’ladi tez-tez ursak gol.
I-boshlovchi: Fizika fani o’qituvchisi Umrzaqov Ilhomjon utozga:
Mehnatsevar ustoz Ilhomjon domla,
Maktabdagi hech ish sizsiz bitmaydi.
Doimo yugurib-yelib yurasiz,
Bugun tabrigimiz qabul qilasiz.
II-boshlovchi: Maktabimiz psixologi, sevimli ustozimiz __________
Maktab psixologi ________________,
Yil davomi bizlarda o’tkazdilar imtihon.
Qayerga kirishimiz endi aniq bilamiz,
Sizga esa ustozim, katta rahmat aytamiz.
I-boshlovchi: Maktabimiz jonkuyar ustozi Rahmonova Shahloxonga.
Ustozimiz Shahloxon o’z opamiz bo’ladi,
Har kuni hech erinmay davomatni oladi.
Progulchini yashirishga hech qachon yo’l qo’ymaydi,
Ularni aldash esa qo’limizdan kelmaydi.
Bugun bayram opajon, endi biroz dam oling,
Maktabimiz baxtiga baquvvat, bardam bo’ling!
Boshlovchi: Maktabimiz biologiya fani o’qituvchisi Jo’rayeva Feruzaxon ustozga:
O’zlari nozikkina, lekin baquvvat,
Juda serg’ayrat-u, bilimi qat-qat.
Tabiat ilmini o’rgatar dildan,
Nomingizni sira qoymaymiz tildan.
Mehnatingiz uchun chin dildan rahmat,
Doimo sog’ bo’ling ko’rmangiz zahmat!
II-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, qadrli maktabdoshlar. Vaqt qanchalik tez o’tishini bugun yurakdan his qilib turibmiz. Ayriliq payti kelayotgani juda og’irdir.
I-boshlovchi: 11 yil sinfdoshlarimiz bilan birga bo’ldik. Gohida birga, bir-birimiz bilan urushgan vaqtimiz ham bo’ldi. Bu bolalikning beg’ubor damlari edi.
II-boshlovchi: Qo’ng’iroqning jaranglagan ovozi bizni sinf xonasiga chorlar edi. Endi esa maktabni bitiryapmiz. Bu dargohni tark etib darvozadan chiqamiz-u, katta hayot ostonasiga qadam tashlaymiz.
I-boshlovchi: Ha, yuzimizda tabassum, ko’zlarimiz kulib turibdi, lekin yuragimiz yig’lamoqda.
Bugun miltirar ko’zda yoshimiz,
Bugun egilgan mag’rur boshimiz,
Bugun ulg’ayar bizning yoshimiz
Shu bugun chalinur so’nggi qo’ng’iroq.
II-boshlovchi: Esladim maktabga kelgan chog’larim
Bilmadim shamolday shoshgan vaqtlarim,
Ketarman matkabim bag’ringdan yiroq,
Shu bugun chalinur so’nggi qo’ng’iroq
I-boshlovchi: Biz uchun boshlanur hayot maktabi,
Ayting ustoz qanday hayot maktabi.
So’nggi bor so’zlangiz tutayin quloq,
Iltimos chalinma, so’nggi qo’ng’iroq!
Yakunlovchi qo’shiq
Do'stlaringiz bilan baham: |