SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ SADOSI
(Bitiruvchi sinflar uchun bayram tadbiri ssenariysi.)
Sahna bayramona bezatilgan: devorlarda turli rangdagi sharlar, birinchi sinfga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilar qo‘lidan tutgan ustozlari aks etgan suratlar, darsliklardan namunalar keltirilgan rasmlar ilingan. Devorlarga “Hayr bolalik”, “Hayr maktab”, “Bitiruvchi -2016” deb yozilgan ro‘znomalar ilingan. Hamma ko‘tarinki ruhda. Chorlash muzikasi chalinib, sahnaga chiroyli kiyingan, qo‘llarida gullar bilan boshlovchi o‘quvchilar chiqib keladi va so‘z boshlaydi.
1-Boshlovchi:
Bugun do‘stlar bu gulshanda
Bayramu ayyom o‘zgacha
Mustaqil erkin chamanda
Gullagan har yon o‘zgacha
Shogirdlar ustoz qoshida
Tabrigu kalom o‘zgacha
Muallimlar madxida
Ta'zimu salom o‘zgacha
2-Boshlovchi:
Assalom ustozlar! Mehri go‘yolar
Yuragi quyoshu qalbi daryolar
Sizga ham mehmonlar, dilda ehtirom
Qo‘llar ko‘ksimizda dermiz assalom
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, ushbu tabarruk maskanga yig‘ilgan aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, qadrli o‘quvchilar va ota-onalar.
Assalomu alaykum so‘nggi qo‘ng‘iroq bayramiga kelgan jajji o‘g‘il-qizlar!
2-Boshlovchi: Mana biz orziqib kutgan 25 may kuni ham yetib keldi, ammo mana shu damda mana shu aziz maktab qo‘ynida, sinfdoshlar davrasida loaqal bir kun, bir kungina qolgingiz keladi, lekin xayot, vaqt faqat oldinga intiladi….
Shunday qilib bugungi tadbirimizni ochiq deb e'lon qilamiz! Davramizga “2022- yil bitiruvchilari” ni taklif qilamiz!
1-Boshlovchi: Assalom ona yurt xurlar o‘lkasi
Tarif tavsiyangni yo‘q nihoyasi
Senga bag‘ishlanar muqaddas qo‘shiq
Bu o‘zbek elining o‘z madhiyas)
2-Boshlovchi: Endi navbatni maktabimiz rahbari sunnatilla ortiqovga beramiz
1-Boshlovchi: Endi tadbirimizning badiiy qismini boshlaymiz va davraga 11- sinf o‘quvchilarini taklif qilamiz. Marhamat she’r
1-Boshlovchi:
Men qulliq qilarman ey ulug‘ dargox
Tafakkur ilmining ilk koshonasi
Ko‘nglim kun-ko‘zimga yoqding shamchiroq
Yarqiradi zavq-shavq ostonasi
2-Boshlovchi:
Xarflar kashtasin ilk bora tugib
Ustozlar izmida tanidim olam
Umr yo‘llarining sabog‘in o‘qib
Mehr ummonida ulg‘aydi odam
Endi navbatni 11-sinf O”quvchilari ijrosida raqsga beramiz (gurzinch)
1-Boshlovchi:
So‘nggi qo‘ng‘iroq bu so‘z dilimizga goh quvonch, goh mag‘zunlik baxsh etadi.Quvonchlisi shuki, biz ilmning yana ham yuksak cho‘qqilariga parvoz qilamiz.
2-Boshlovchi:
Mag‘zunlisi shuki biz bugun ilk bolalik davri bilan, ta'lim bergan hayot ilmidan bizni xabardor qilib, ilm sirlaridan ogoh qilgan onadek aziz ustoz murabbiylarimiz bilan hayrlashami
1-Boshlovchi:
11-sinf o‘quvchilarining ustozlariga aytadigan dil izxorlari bor ekan navbatni o‘z-o‘zidan ularga beramiz she’r
2-Boshlovchi:
Maktab deganda ko‘z oldimizga ustozlarimiz, ularni mashaqqatli mehnatlari-yu, kunni-tunga ulab berishlari gavdalanadi.
1-Boshlovchi:
Biz qancha maktab va ustozlar haqida gapirmaylik ozlik qiladi. Biz hayotimiz davomida nelarga erishmaylik, qaerlarda bo‘lmaylik qalbimizning bir chetida qadirdon go‘shamiz, aziz maktabimiz sog‘inchi yashaydi. Endi navbatni bitiruvchilar ijrosida kilipga beramiz
2-Boshlovchi
.ona faqat bolam deydi o
O”tirsa ham tursa ham
Ona faqat bolam deydi
Yurak xasta ursa ham
Endi navbatni tabrik so’zlariga beramiz
1-Boshlovchi
Nur yog’ilib olamga
Avjlanar raqs maromi
Ko’rk bag’ishlar bayramga
Asli qizlar hiromi ( lazgi)
.
2-Boshlovchi:.
Yillar o‘tib ulg‘aysak bir kun
Yoshligimiz xayol bo‘ladi
Aytilmagan dil so‘zlar uchun
Yuraklarda armon to‘ladi.
1-Boshlovchi:
endi navbatni 11-sinf o’quvchilari ijrosida QVZ ga beramiz
2-Boshlovchi:
Bolalik xislarim uyg‘otgan makon
Men ortga qaytolmay tonglari tiniq
Rad etgum kelmoqda, chin dildan ishon
Chalinmay turaqol so‘nggi qo‘ng‘iroq
1-Boshlovchi:
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko‘nglimda yoqdi u abadiy chiroq
Yashirgim kelmaydi men ko‘z yoshlarim
Chalinmay turaqol so‘nggi qo‘ng‘iroq…
2-Boshlovchi:
Xotira bor ekan tirikdir millat
Tirikdur iftixor tirikdur g’urur
Xotira –elni xalq etguvch qudrat
Xotira –ertani yoritguvchi nur.
Hozrgi navbatni
1-Boshlovchi:
Bizni yetuklik olamiga kuzatgan mo‘'tabar va munavvar maktabimizning mehr to‘la duosi bo‘lmish so‘nggi qo‘ng‘iroq dillarimizda hamisha jaranglab turaveradi.
Xayr!
Muqaddas
Maktabim!
Maktab haqida qo‘shiq yangraydi. Kaptarlar va sharlar uchiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |