Sonet (ital. sonetto) — 14 misradan iborat turgʻun sheʼriy shakl. S. qatʼiy qonun—qoidalar asosida yaratiladi. U 4 banddan iborat boʻlib, 1 va 2 bandlar 4 misradan (katren), 3 va 4 bandlar 3 misradan (terset) tashkil topadi. Katrenlar, koʻpincha, avav avav yoki avva avva shaklida, tersetlar esa cdc dcd yoki cde cde shaklida qofiyalangan boʻladi. Eng muhimi — qofiyalar toʻla va jarangdor boʻlishi lozim. S faqat shaklan emas, mazmunan ham shunday talablarga javob berishi kerak. Mas, uning 1bandida asosiy fikr aytiladi, 2bandda bu fikr rivojlanadi, 3bandda yechim, 4bandda esa xotima ifodalanadi. S 13-asrda vujudga kelgan. S.ning mustaqil sheʼr turi sifatida shakllanishida F. Petrarkaning xizmati katta. Dante, P. Ronsar (152485), V. Shekspir, I. Gyote kabi shoirlar S.ning mumtoz namunalarini yaratganlar. Rossiyada ilk bor 18-asrda V. Trediakovskiy, A. Sumarokovlar, keyinchalik A. Pushkin, M. Lermontov, A. Fet kabi shoirlar, 20-asrda A. Blok, B. Bryusov, A. Axmatovalar S.lar yaratganlar. S. oʻzbek sheʼriyatida 30y.larda paydo boʻldi. Usmon Nosir, Barot Boyqobilov, Rauf Parfi va boshqalar S. yozganlar.
Tanka “qisqa qoʻshiq” maʼnosini bildiradi. Tanka ham xokku kabi yapon shoirlarining eng sevimli janrlaridan biridir. Tanka yapon sheʼriyatida VII–VIII asrlarda paydo boʻlib, qisqa vaqt ichida adabiyotning asosiy yoʻnalishiga aylandi.
Tanka yapon milliy sheʼriyatining oʻzagidir. Tanka, xuddi xokku singari, qofiyasiz boʻlib, unda asosiy unsur hijodir. Hijo esa oʻz navbatida soʻzlarning ohangdorligini, sheʼrning tabiiyligi va mukammalligini belgilaydi.
Dastlab tanka boʻlib oʻtgan voqea: visol va hijron, bazm va ishqiy sarguzasht, bayram va tabiat hodisasi sabab yaratilgan boʻlsa, asrlar davomida rivojlanib, oʻzida yuksak falsafiy muammolarni va gʻoyalarni mujassam eta boshladi.
Fikrning qisqa ifodalanishini, obrazlar siqiqligini talab qilgan shakl torligi janrning sheʼriy mohiyatini kengaytirish yoʻllarini izlashga majbur qilardi. Bu yoʻl yapon shoirlarini tankada soʻz oʻyinidan, istioradan, majoz va mubolagʻadan keng foydalanishga olib keldi va janr kamolotining rivojlanishiga xizmat qildi. Yuqorida yozganimizdek, yapon xalqi azaldan soʻz sehrli kuchga ega boʻlishiga ishongan. Shu sababdan juda koʻp soʻzlarga taqiq tamgʻasi bosilib, oxir-oqibatda asrlar davomida yapon xarakterida oʻz his-tuygʻularini “jilovlash”, uni yashirish, ishora va ramzlardan keng foydalanish, soʻz mohiyatidagi yashirin fikrni anglash xususiyati shakllangan. Xuddi mana shu xususiyat tankada ham, xaykuda ham ochiq namoyon boʻladi.
Uchlik – xokku (xayku) yaponlar tushunchasiga koʻra, dunyoda paydo boʻlgan ilk mamlakat tuprogʻida tomir otgan koʻhna daraxtning novdalari va yaproqlariga oʻxshaydi. Yapon tilida “soʻz” va “harakat” maʼnolari bitta soʻz (“koto”) bilan ifodalangan.
Epigramma (yun. — ustki yozuv) — kichik hajviy sheʼr. Yunonistonda ibodatxona va haykallarga oʻyib yozilgan sheʼriy parchalar Epigramma deb atalgan. Ularda maʼbudlar va qahramonlar madh etilgan, baʼzan Epigrammalar hikmatli iboralarni ham qamrab oladi. Birinchi yunon Epigrammalar antologiyasi miloddan avvalgi 1 a.da tuzilgan va 6— 10-asrlarda toʻldirilgan; natijada 16 kitobdan iborat majmua vujudga kelgan ("Palatin antologiyasi", 4000 ga yaqin Epigramma). Lotin adabiyotida Epigramma janri miloddan avvalgi 2— 1 a.larda paydo boʻlgan. Yangi davr adabiyotida, xususan, klassitsizm sheʼriyatida Epigramma uncha katta boʻlmagan hajviy sheʼr boʻlib, odatda, bironbir shaxsga qarshi yoʻnaltiriladi. Soʻnggi davr shoirlari ham Epigramma janriga murojaat qilganlar, Oʻzbek adabiyotida H.H.Niyoziy ("Bir eshon oʻpkasi", "Bir sharmanda tilidan"), Gʻ.Gʻulom ("Obakidandon", "Istaklarim") va boshqalar bir qancha E.lar yozganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |