Amaliy mashg‘ulot №23
Topshiriq №1
“Xazina” xususiy korxonasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida korxona direktori har bir auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Topshiriq: Bunday holatda auditorlar qanday harakat qilishlari lozim?
Topshiriq №2
Tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik firmasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik firmasi bilan amaldagi shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Topshiriq: Bu holatda sizning auditorlik firmangiz qanday yo‘l tutishi lozim?
Fond birjasi
|
Stock Exchange
|
фондовая биржа
|
Fond birjasi - qimmatbaho qog‘ozlar bilan savdo-sotiq qilish maqsadida tuzilgan, doimo faoliyat ko‘rsatib turuvchi birja. F.B. ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat : vaqtincha bo‘sh mablag‘larga qimmatbaho qog‘ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog‘ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasidagi kapitalning aylanishini ta’minlash va boshqalar.
|
Nazorat amallari
|
Control activities
|
Контрольные действия
|
Nazorat amallari - korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.
|
Nazorat muhiti
|
Control environment
|
Контроль окружающей обстановки
|
nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat uchun qulay bo‘lgan o‘zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig‘indisidir;
|
Riskni baholash
|
Risk assessment
|
Оценка риска
|
Riskni baholash — Tadbirkorlik sub’ekti va uning faoliyati muhitini, jumladan, ichki nazoratini tushunish, firibgarlik yoki xato sababli muhim buzib ko‘rsatish riskini moliyaviy hisobot va taqdimnomalar darajalarida aniqlash va baholash uchun bajariladigan audit tartib-taomillardir.
|
Auditorlik riski
|
Audit risk
|
Аудиторский риск
|
Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq-langanidan so‘ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo‘q bo‘lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
|
Nazorat riski
|
Control risk
|
Конрольный риск
|
Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo‘llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko‘rsatkichdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |