Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb



Download 27,17 Kb.
bet2/6
Sana10.10.2022
Hajmi27,17 Kb.
#852307
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb

Sonata shakli turlari. Sonata shakli tо‘liq va tо‘liqsiz bо‘lishi mumkin.
О‘rtaliq qanday kо‘rinishda ekanligiga kо‘ra tо‘liq sonata shaklining uchta xili farqlanadi:
1) о‘rtaliqda rivojlovli sonata (R);
2) о‘rtaliqda yangi materialli sonata (S) (Betxoven. Sonata № 1, final; so­nata № 7, Largo e mesto; sonata № 9, I q.).
3) о‘rtaliqda bosh yoki yordamchi partiya materialidagi reprizaga о‘tish bilan keladigan sonata(Betxoven. Sonata № 5, final; sonata № 30, II q.).
Tо‘liqsiz sonata shaklida о‘rtaliq qismi mavjud emas, demak, u faqat ikkita asosiy bо‘lim: ekspozitsiya va reprizadan iborat.
Tо‘liqsiz sonata о‘z shaklining strukturasiga kо‘ra о‘xshash, ammo kompozitsion tamoyillariga kо‘ra jiddiy farq qiladigan ikki kо‘rinishda bо‘lishi mumkin:
1) eski sonata shakli;
2) qisqartirilgan sonata shakli.
Eski sonata shakli hali mustahkamlanib ulgurmagan sonata shakli qirralariga ega. Uning tonallik nisbatlari ikkinchi qism asosiy tonallikda boshlanmasligi bilan xarakterlanadi:
T — D || D — T
Qisqartirilgan sonata shakli eskisidan tо‘liq sonata shakliga о‘xshashligi bilan ajralib turadi: unda xuddi tо‘liq sonatadagi kabi xuddi о‘sha tipik tonallik nisbatlaridagi ekspozitsiya va repriza mavjud:
T — D || T — T
Ekspozitsiya oxirida kо‘pincha reprizaga katta bо‘lmagan о‘tish hosil bо‘ladi (Betxoven. Sonata № 17, q. II). Boshqa hollarda esa о‘tish modulyatsiyalovchi birgina akkord bilan amalga oshirilishi mumkin (Bet­xoven. Sonata № 5 II q.).
Tamomila mustahkamlanib ulgurgan sonata shaklining qisqargan varianti (rivojlovsiz) ilk marta Motsar­t tomonidan qо‘llangan.
U kо‘proq sonata-simfonik sikllarning ohista qismida qо‘llanadi, shuningdek, tez sur’atli bir qismli asarlarda, jumladan, opera uvertyuralarda uchraydi (Motsart. «Figaroning uylanishi», Uvertyura).
4. Ekspozitsiyada tonallik munosabatlari. Bosh va yordamchi partiyalarning tipik tonallik nisbati quyidagicha: majorda T — D, minorda t-III. Biroq Betxoven asarlarining о‘zidayoq tonallikning boshqacha nisbatlarini kо‘rish mumkin: majorda— uzoq tersiyali (С — E, 21- sonatada); minorda — pastki medianta nisbati (с — As, 32-sonatada), minor, kamroq major dominantasi (da, № 17 sonatada; a E, «Kreyser so­nata»da). Kompozitor asarlarida sekundali nisbat ham о‘rin tutadi (d — S, 9-simfoniya skersosi).
5. Bosh partiY. Bosh partiya harakatchan , dramatik xarakteri bilan ajralib turadi. Uning uchun ichki beqarorlik, keskinlik, keyingi rivojlantirish uchun katta salohiyat xarakterlidir. Shakldagi о‘z roliga kо‘ra, u asosiy fikr bо‘lib, keyingi rivojlantirish natijasida keng va kо‘p tomonlama ochib beriladi.
Bosh partiya bir turli yoki kontrastli bо‘lishi mumkin. Shakliga kо‘ra, u davriya, oddiy ikki yo uch qismli shakldan iborat. Ayrim hollarda u asosiy tonallikdagi tо‘liq kadensiya bilan tugaydi, buning natijasida u yopiq sanaladi.
Boshqa hollarda asosiy qism yarim avtentik yoki bostirib kiradigan kadensiya bilan tugaydi, natijasida ochiq bо‘ladi. Betxoven davridan boshlab, ikkinchi turi kо‘p tarqalgan. Romantik - kompozitorlar va rus klassiklari, ayniqsa Chaykovskiy asarlarida ekspo­zitsiyada mavzuning keng rivojlanishi tufayli bosh partiya kо‘pincha uch qismli shaklda bо‘lib, ba’zan juda kengaytirilgandir.

Download 27,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish