Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb



Download 27,17 Kb.
bet6/6
Sana10.10.2022
Hajmi27,17 Kb.
#852307
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sonata shakli umumiy tavsif. Sonata shakli deb

Muqaddima (kirish). Mustaqil muqaddima bilan ochiladigan sonata shakli asarlari uchrab turadi. Sonata shaklining, odatda, tez, kuchli sur’atiga nisbatan (so­nata allegro), muqaddima sur’ati sekin, bosiq bо‘ladi.
Muqaddima, odatda, asosiy tonallikdan boshlanadi. Ayrim hollarda u butun muqaddima davomida saqlanib qoladi, boshqa hollarda esa, ekspozitsiya oldidan asosiy tonallikka qaytish bilan, xatto uzoq tonalliklarga ham modulyatsiya rо‘y beradi (Betxoven. 8- Sonata).
Kо‘pincha muqaddima boshlanishidan domi­nanta funksiyaci yoki dominanta organ punktida о‘tkaziladi (Betxoven. Leonora № 3).
Muqaddima oxirida sonata shakli boshlanishiga olib keladigan dominant garmoniya yoki dominantadagi organ punkti beriladi.
Muqaddima о‘lchamlari (hajmi) turlicha: bir necha taktdan (Shopen. b-moll Sonatasi) о‘lchamlariga kо‘ra ancha katta tuzilmagacha (Betxoven. 8- Sonata) bо‘ladi.
Muqaddimaning ahamiyati, uning sonata shakli bilan keyingi aloqasi turlicha bо‘lishi mumkin. Betxo­ven ijodida muqaddima mavzusi sonata shakli rivojining eng muhim bо‘g‘inli vaziyatlarida paydo bо‘lib, jiddiy dramatur­gik rol о‘ynaydi. Masalan,Betxovenning 8-sonatasi muqaddima mavzusi rivojlov va koda boshida paydo bо‘ladi, rivojlovning о‘zida ishtirok etadi.
13. Sonata shakli dramaturgiyasi. Sonata shakli dramaturgiyasi yirik drama­tik adabiy janrlari (drama, roman) dramaturgiyasiga о‘xshab ketadi. U, ayniqsa patetik xarakterdagi, tez sur’atli asarlarda (sonatali allegro) yorqin namoyon bо‘ladi.
Sonata shaklining mohiyati undagi rivojlantiruvchilik (shakl hosil qilish) jarayonidan iborat. Bu jarayon butunlik va qismlar strukturasini, mavzu materiali ketma-ketligini, modulyatsion aloqalar va tonallik nisbatlarini belgilab beradi.
Sonata shakl hosil qilish tamoyili keyingi bо‘lim va mavzularning intensiv tayyorlashda ifodalanadigan dinamik keskinlik bilan tavsiflanadi.
Sonata shaklining tarixan rivojlanishi. Sonata shaklining kelib chiqishini XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida rо‘y beradi. Uning qirralari D.Skarlattining for­tepiano asarlarida yaqqol namoyon bо‘ldi. О‘zining yanada tо‘liq ifodasini ular F.E.Bax ijodida topdi. Sonata shakli klassik uslubda – Gaydn va Motsart asarlarida tamomila shakllandi.
Bu uslub chо‘qqisi bо‘lib о‘z asarlarida chuqur umuminsoniy g‘oyalarni namoyon eta bilgan Betxoven ijodi xizmat qildi. . Kompozitorning sonata shaklidagi asarlari hajmining kattaligi, kompozitsion murakkabligi, yaxlit shakl rivojlanish dinamikasi bilan ajralib turadi.
Keyinchalik sonata shakli romantiklar: Shubert, Shuman, Shopen, List, Brams, shuningdek, Brukner, Maler ijodida keng rivojlantirildi. Rus kompozitori P.I.Chaykovskiy ijodida sonata yangi, yuqori darajaga kо‘tarildi, uning uchun yorqin emotsionallik va katta ta’sir kuchi xos bо‘ldi.
Sonata shakli rivojiga ,shuningdek, Borodin, Taneyev, Skryabin, Glazunov, Raxmaninovlar katta hissa qо‘shdilar.
О‘zbek kompozitorlari ham sonata shakliga murojaat qilganlar. S.Varelas, P.Xoliqov, V.Saparov sonatinalari, G.Mushelning «Pushti sonatina»si yaxshi ma’lum. N.Zokirovning sonatalari for­tepiano sonatalarining yorqin namunalari bо‘ldi. Muallif uchun sonata shakliga erkin munosabat xarakterli. N.Zokirov asarlarida sonataning ma’lum bir qonuniyatlari – mavzu kontrasti (ham verti­kal, ham gorizontal bо‘yicha), kо‘pincha hosila bо‘lgani saqlanib qoladi. Kom­pozitor asarlari uchun monointonatsiyalilik va variantli-variantlilik tamoyillari xos, bu esa simfonizmning, ayniqsa zamonaviy simfonizm hamda an’anaviy milliy musiqaning xususiyati hisoblanadi.


Tahlil uchun material:
L.Betxoven. № 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 16, 17, 21, 23, 30, 32- Sonatalari; 3- Simfoniya ,”Egmont” Uvertyurasi.
S. Varelas. Sonatina.
F.List. Sonata h-moll.
V.Motsartning “Figaroning tо‘yi” operasiga Uvertyura; Sonata B-dur Andante cantabile; 15- So­nata.
G. Mushel. «Pushti sonatina».
V. Saparov. Sonatina.
P.Xoliqov. Sonatina.
Chaykovskiy. 6- Simfoniya .
Shopen. g-moll Balladasi, b-moll va h-moll Sonatalari.
Shubert. h-moll Simfoniyasi.
Download 27,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish