Soliqqa tortish


 O’zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi



Download 269,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.03.2022
Hajmi269,58 Kb.
#518011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
12.4. O’zbekiston turizmida soliq tizimining takomillashuvi 
 
Mamlakatimizda turizm ishiga mustaqillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy 
2
Страхование в туризме. Учебное пособие. Гвозденко А.А. 2002 г. 


davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy - huquqiy 
mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish 
hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi 
pog’onalarga ko’tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish 
uchun avvalo huquqiy zamin yaratish lozim edi. SHu bois, O’zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining mazkur yo’nalishga ta’luqli qonun va kodekslari, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari, Respublika Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, Adliya vazirligining va boshqa mutasaddi davlat 
idoralarining yo’riqnoma, ko’rsatma va tartiblari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq 
etildi. SHulardan kelib chiqqan holda, mazkur xujjatlarni o’rganish va tahlil qilishni 
quyidagi tematikalar bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir,-deb 
o’ylaymiz: 
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining turizmga oid qonun va 
kodekslari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-aprelda qabul 
qilgan "O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi" va unda turizm sohasiga oid 
imtiyozlar. 
Ushbu Kodeks 11 bo’lim, 41 bob va 134 moddadan iborat bo’lib, uning 
asosiy vazifasi - O’zbekistonda soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq 
to’lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish 
tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni 
tartibga solib turadi. Kodeksda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
(foyda) solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiya solig’i, yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, reklama solig’i, avtotransport vositalarini 
olib sotganlik uchun soliq, shuningdek, turli yig’imlar haqida ham fikr yuritiladi. 
Kodeksda soliq to’lash bilan bir qatorda ayrim faoliyat turlariga soliq to’lashda 
imtiyozlar ham berilgan. Jumladan, 8-bob "Daromad (foyda) solig’i bo’yicha 
imtiyozlar",-deb nomlanib, uning 31-moddasi 12-qismida: "Samarqand, Buxoro, 
Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan 
shug’ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi daromad 
orttirgunga qadar, lekin uzog’i bilan ro’yxatdan o’tgan vaqtdan e’tiboran uch 
yilgacha. Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan 
shug’ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili 50 foiz, ikkinchi yili 75 
foiz, uchinchi yildan boshlab 100 foiz miqdorida soliq to’laydi",-deyiladi. 
Kodeksning 21-bobi "qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlar",-deb 
nomlanib, uning 71-moddasi 21-qismida: "...turistik-ekskursiya xizmatlari" 
qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinganligi bayon qilingan. SHuningdek, 28-bobi 
"Mol-mulk solig’i stavkalari va imtiyozlar",-deb nomlanib, uning 92-moddasida: 
"Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm 
faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, tashkil etilgan 
vaqtidan e’tiboran dastlabki foyda olgunga qadar, lekin ular ro’yxatdan o’tgan 
vaqtdan e’tiboran uch yildan ortiq bo’lmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar 
belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o’tgunga qadar tugatilgan taqdirda soliq 
summasi ularning butun faoliyati davri uchun to’liq miqdorda undirib olinadi",-
deyiladi. 


Kodeksning 31-moddasi "Er solig’i stavkalari va imtiyozlar",-deb nomlanib, 
uning 101-moddasida soliq solinmaydigan yer uchastkalariga: "tarixiy-madaniy 
ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo’riqxonalar, xotira bog’lari, sag’analar, 
arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar) 
kiritilgan. SHuningdek, davlat qo’riqxonalari, milliy va dendrologiya bog’lari, 
botaniqa bog’lari, ixota daraxtzorlari egallagan yerlar; sport inshootlari, stadionlar, 
suzish xavzalari, onalar va bolalarning dam olish va sog’lomlashtirish joylari, 
sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari egallagan yerlar ham soliq to’lashdan 
ozod etiladi. 
Kodeksning 102-moddasi "Er solig’i to’lashdan ozod qilingan soliq 
to’lovchilar",-deb nomlanib, uning 7-qismida: "Samarqand, Buxoro, Xiva va 
Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug’ullanuvchi 
yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi foyda olgunga qadar, 
biroq bu muddat ular ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan e’tiboran uch yildan oshmasligi 
lozim",-deyiladi. 

Download 269,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish