3.2. Mahalliy byudjet daromadlarini yuridik shaxslar tomonidan
to’lanadigan soliqlar evaziga shakllantirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonidan soliqqa
tortish tizimi hamda soliq siyosatining samarali ishlashi iqtisodiy siyosatning
mukammal yuritilishiga bevosita bog’liq bo’lib, iqtisodiyotning real sektorlarini
rivojlantirishga turtki bo’lib xizmat qilish mumkin. Shuning uchun mamlakat
mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab, mukammal soliqqa tortish tizimini
yaratish masalasi iqtisodchi olimlarimiz oldiga ko’ndalang qilib qo’yildi. Ushbu
48
masalaga Prezidentimiz I.A.Karimov ham o’z ma’ruzalarida alohida to’xtalib:
“Printsipial muhim ustivor vazifalardan biri – soliq siyosatini yanada
takomillashtirishdir. ...ustivor vazifalarning barchasi soliq siyosatimizni
takomillashtirish bilan bevosita bog’liq”
16
, deya ta’kidlagan edilar.
Mahalliy
soliqlardan
mol-mulk
va
er
soliqlari
O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning barcha
hududlarida undiriladi. Bu soliqlar va yig’imlarning stavkalari O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qolgan mahalliy
soliqlar va yig’imlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va toshkent
shahri davlat hokimiyat idoralari tomonidan joriy etilib, stavkalarning eng
yuqori miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Yangi mahalliy soliqlar va yig’imlar O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga kiritiladi.
Mahalliy soliqlar va yig’imlardan er solig’i mahalliy byudjetlarning
daromadlari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi. Er solig’i tuproq
unimdorligini oshirish, erdan samarali foydalanishga erishish, uni jismoniy va
yuridik shaxslar tomonidan o’zlashtirilishini rag’batlantirish hamda undan
foydalanuvchilarning iqtisodiy ahvolini tenglashtirishni nazarda tutib, ular
tomonidan byudjetga to’lanadigan majburiy demokratik to’lov turidir.
O’zbekistonda er solig’ining iqtisodiy chegarasi bu soliq uchun har bir zona
bo’yicha stavkalarni belgilanishi hisoblanib, soliqning belgilangan stavkalardan
ortiq yoki kam hisoblanishi va undirilishi noqonuniy hisoblanadi.
O’zbekiston
Respublikasi
Soliq
kodeksining
XII
bo’lim,
49-bob, 278-286-moddalarida yuridik shaxslarning er solig’ini hisoblash va
to’lash tartibi belgilangan.
Erning normativ qiymati Davlat er resurslari, geodeziya, kartografiya va
davlat kadastr qo’mitalar tomonidan aniqlanib, har bir soliq to’lovchiga moliya
16
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh etishdir. // Qishloq hayoti, 2005 yil 29 yanvar.
49
yilining 1 apreliga qadar etkaziladi. Fikrimizcha, er solig’ini normativ va
haqiqiy qiymat asosida soliqqa tortilishi adolatli hisoblanadi. Bunda esa, erning
normativ qiymatini vakolatli organ tomonidan hududlar bo’yicha belgilab
berilishi lozim. Erning haqiqiy qiymati sifatida esa, ko’chmas mulk birjalari
orqali erni sotib olingan qiymati olinib, bu qiymatlar yuridik shaxslar uchun er
solig’i ob’ekti hisoblanishi hamda qonunchilik bilan belgilangan stavkalar
bo’yicha undirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa, bizning nazarimizda, erdan
soliq undirishning dunyo amaliyotiga o’tishini ta’minlab, soliq bo’yicha hisob
kitoblarni ancha soddalashtiradi.
Mamlakatimizda yuridik shaxslardan undiriladigan mahalliy soliqlar
orasida mol-mulk solig’i ham o’ziga xos o’ringa ega. Ushbu soliq xususiyatlari
haqida gap ketganda, avvalo, mol-mulk tushunchasi, uning turlari, ob’ekti va
sub’ektlari tarkibini tadqiq etish talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga ko’ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari ob’ekti sifatida ko’chmas
va ko’char mulkka bo’linib, ko’chmas mulk er uchastkalari va er osti boyliklari,
ko’p yillik daraxtlar, shuningdek, binolar va inshootlardan iboratdir. Bundan
tashqari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq qonun bilan
man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk
bo’lishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish xususiy mulk
huquqining vujudga kelishi uchun zamin yaratadi.
Davlat xususiy mulkni soliqqa tortish orqali yuridik shaxslarga qarashli
bo’lgan mulkning qonuniyligini hamda ularning harakatini nazorat qilib borish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu esa jamiyatdagi barcha mol-mulkning hisob-
kitobini to’g’ri yuritish va ulardan belgilangan miqdorlarda soliq undirib borish
mexanizmini takomillashtirishni taqozo etadi.
Bundan tashqari, belgilangan normativ muddatda tugallanmagan qurilish
ob’ektlari va belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar uchun
ham soliq to’lash belgilangan.
50
O’zbekiston
Respublikasi
Soliq
kodeksining
XI
bo’lim,
47-bob, 265-271-moddalarida yuridik shaxslarning mol-mulki solig’ini
hisoblash va to’lash tartibi belgilangan.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan
yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari hamda
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo’lsa, yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i to’lovchilari
bo’lib O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga
oshirayotgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududida o’z mulkida
ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining
norezidentlari va O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga
oshirmaydigan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi. Agar
ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu
mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs
soliq to’lovchidir.
Shuningdek, asosiy fondlar qiymatlarini amaldagi bozor narxlariga to’g’ri
keltirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2002 yil 4
dekabrda 1192-son bilan ro’yxatga olingan “1 yanvar holati bo’yicha asosiy
fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom” talablari
asosida har yili 1 yanvar holatiga qayta baholash o’tkaziladi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning mol-mulk
solig’ining rag’bantlantiruvchilik xususiyatini oshirish maqsadida ilmiy
asoslangan soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, bu minimumning joriy etilishi endigina o’z faoliyatini boshlagan,
iqtisodiyot uchun muhum tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalarning
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini bir muncha yaxshilashga xizmat qilgan bo’lar edi.
Korxona imtiyozidan bo’shagan mablag’ni ishlab chiqarishga qayta jalb etishi
natijasida esa, uning kelgusidagi soliq bazasi kengaytirilishiga erishilgan bo’lar
51
edi. Kelgusida soliqqa tortiladigan bazaning kengayishidan esa davlat bevosita
manfaatdordir. Bugungi kunda esa, rivojlangan mamlakatlarda bu amaliyotdan
keng miqiyosda foydalaniladi.
Jahon iqtisodiy taraqqiyotida o’zining muayyan o’rniga ega bo’lgan taklif
iqtisodiyot nazariyasiga muvofiq, keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan
kamroq soliq stavkasini qo’llash, etarli darajada kam bo’lgan soliq bazasiga
nisbatan esa yuqori soliq stavkasini qo’llash yoki alohida soliq turlarini yuqori
stavkada qo’llash soliq yukini kamayishiga keskin ta’sir etadi. Natijasida soliq
to’lovchilar soliq summasini o’z xoxishlari va engillik bilan byudjetga
to’laydilar. Bu esa davlatni soliq undirish bilan bog’liq ortiqcha xarajatlarni
kamaytiradi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan soliqqa tortish islohotlari iqtisodiy
yangilanishlarning tarkibiy qismi sifatida o’tish davrining umumiqtisodiy va
maxsus vazifalarini hal etishga yordam berishi lozim. Bunda mahalliy soliqlar
va yig’imlar tizimini davr talabidan kelib chiqib takomillashtirish, shu hisobdan
ma’lum darajada aholining turmush sharoitini tartibga solish, tadbirkorlik
faoliyatini rag’batlantirish va byudjetga muntazam ravishda daromadlar kelib
tushishini ta’minlash uchun foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu
maqsadlarga erishish uchun, jumladan, mahalliy soliqlar va yig’imlar
samaradorligini oshirishning jahon tajribasi bilan tanishish muhim ahamiyatga
egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |