Soliqlar, ularning vazifalari va turlari


O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari



Download 249,38 Kb.
bet12/13
Sana13.06.2023
Hajmi249,38 Kb.
#950954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Soliqlar, ularning vazifalari va turlari

2.2 O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari
Barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishida soliqlar byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar–foyda solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar), Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham amal qiladi.
Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib, takomillashtirilib boriladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari sifatida belgilab olindi.
Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish borasida o’ndan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2 trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’ qolishi kutilmoqda.
Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilishi hisobiga 2018 yilning o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so’m yoki 2017 yilga nisbatan 6 barobar ko’p mablag’ qoldi, 2019 yil yakunlari bo’yicha bu ko’rsatkich yanada oshgan.
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va byudjetga aloqador barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, balki uch yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng jamoatchilik foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan mablag’ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko’rsatkichlaridan iborat, natijaga yo’naltirilgan indikatorlari bo’lishi, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash, mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo’lgan insofli, halol soliq to’lovchilarni rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag’larning kamayishini samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi.
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda soliqlarni rag’batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to’g’ri ishlatgan holda korxona va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko’tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish imkoniyatlari bo’yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish bo’yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo’lni topib olish lozim.
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik yurituvchi subyektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda.
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida belgilangan islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini, shu jumladan, soliq sohasini ham isloh qilishga qaratilgandir.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta'minlashga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Soliq tizimining hozirgi holati erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bermaydi. Shuning uchun soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilg’or xorijiy tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq yuki, soliqlar turining ko’pligi, ularning ma'muriyatchilik jarayoni murakkabligi iqtisodiyotimiz ravnaqiga to’sqinlik qilmoqda.
Amaldagi soliqqa tortish tizimi hali zamonaviy talablar darajasiga ko’tarilmagan. Jumladan, soliq qonunchiligi barqaror emas, soliq va majburiy to’lovlarni hisoblash murakkab. Natijada ishlab chiqarishni kengaytirish hamda modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmayapti.
Kichik va yirik biznes sub'ektlari o’rtasidagi soliq yukida sezilarli darajada farq mavjud. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlarining yiriklashuviga ta'sir qilmay qolmayapti, albatta. Soliqning yuqoriligi hamda qo’shimcha qiymat solig’ini undirish tizimi soliq to’lovchilarning aylanma mablag’lari tortilishiga, iste'mol mahsulotlari narxlari qimmatlashishiga olib kelib, kichik va yirik biznes o’rtasidagi kooperatsiyaning o’sishiga to’siq bo’layotir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimining mukammal emasligi esa mehnatga haq to’lash fondining pasayishiga, pirovardida oylik ish haqini to’lash bo’yicha yuridik jihatdan to’liq bo’lmagan soliq sxemasiga olib keladi. Samarasiz soliq ma'muriyatchiligi Davlat byudjeti kirim darajasiga salbiy ta'sirini o’tkazmay qolmaydi va x.k.
Mamlakatimizda yango soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy maqsad Respublika Prezidenti tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini qo’llab- quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga soliq ma'muriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir. Bunda asosiy e'tibor ish beruvchi tomonidan to’lanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan. Ulardan biri qo’shimcha qiymat solig’ini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qo’shimcha qiymat solig’i 20 foiz etib belgilangan. Soliq konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O’zbekistonda 12 foizga tushirilishi belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib berishdir.
Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo’llab- quvvatlashga xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo’rqmasdan, soliqlarni to’lashdan qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko’rsatgan holda, faoliyat yuritish uchun sharoit yaratishga qaratilgan. Masalan, qaysidir ish beruvchi shu kungacha xodimiga 1 million so’m miqdorida maosh beradigan bo’lsa, barcha soliqni qo’shib hisoblaganda, 55 foizgacha soliq to’lashiga to’g’ri kelardi. Tabiiyki, bu tadbirkorga og’irlik qiladi. Shu sabab endilikda buni 25 foizgacha tushirish mo’ljallanyapti.
Bugun O’zbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini kamaytirish, ularni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu konsepsiya tadbirkorlarga haqiqiy yordam bo’ldi. Avvalo, qo’shimcha qiymat solig’i stavkasi pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to’loviga o’tishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qo’shimcha qiymat solig’i juda foydali soliq. Bu qiymat tug’dirish zanjiri uzluksizligini ta'minlaydi, pirovardida, umumiy soliq miqdorini qisqartiradi.
Hozirgi kunda respublikamizda mavjud yuridik shaxslarning faqatgina 3 foizi qo’shimcha qiymat solig’ini to’laydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, qo’shimcha qiymat solig’ining iqtisodiyotdagi ko’rsatkichi qisqartirilishiga, ishlab chiqaruvchidan tortib sotib oluvchigacha bo’lgan uzviylik yo’qolishiga olib kelayotgan edi. Chunki qolgan 97 foiz yuridik shaxslar, tadbirkorlar, biznes vakillari yagona soliq tizimiga o’tib ketgandi. Agar bunga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak, bu yalpi ichki mahsulotning ham qisqargan holda ko’rsatilishiga va soliq to’lanadigan bazaning kamayishiga olib keladi.
Qolaversa, ko’pgina yirik biznesmenlar qo’shimcha qiymat solig’ini to’lashdan qochib, tashkilotini 3-4 yuridik qismga bo’lib yuborgan edi. Konsepsiyada ana shu kabi omillarga jiddiy e'tibor qaratilgan.
2018 yilning 2-choragidan boshlab O’zbekistonda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar doirasi kengaytirilib, keyinchalik uning stavkasi pasaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 3454 - sonli qarorida ko’rsatib o’tilgan. Yangi o’zgarishlarga ko’ra ushbu soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlar ham bekor qilinadi. Qarorga ko’ra, qo’shilgan qiymat solig’i stavkalarini pasaytirish bo’yicha takliflarni Moliya vazirligi, davlat soliq va bojxona qo’mitalari hamda Iqtisodiyot vazirligi Prezident huzuridagi loyihaviy boshqaruv Milliy agentligi bilan hamkorlikda 1 iyulgacha tayyorlanib, taqdim etilishi kerak. Davlat byudjetining qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bo’yicha prognozlashtirilayotgan daromadlari 22,019 trillion so’mni yoki jamiki daromadlar (62,229 trln so’m) ning uchdan bir qismidan ortiqrog’ini tashkil etmoqda. 1992 yilning 1 yanvaridan — 26 yildan buyon O’zbekistonda amal qilib kelayotgan qo’shilgan qiymat solig’ining ilk stavkalari 30 foizni tashkil etardi. 1993-1994 yillarda u 25 foizga tushirilgan, 1998 yildan boshlab 20 foizni tashkil etib kelayotgan edi. Ayni paytda nolli stavkada QQSga tortish, shuningdek, QQSdan to’liq yoki qisman ozod qilish bo’yicha imtiyozlar mavjud edi.
“Soliq tizimini isloh qilishdan qanday natijalar kutilyapti?” degan savol tug’ilishi, tabiiy. Mutaxassislar fikricha, soliq tizimini isloh qilish eksportga yo’naltirilayotgan hamda import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda soliqlarning rag’batlantiruvchi roli oshiriladi. Shuningdek, hududlardagi mahalliy byudjet mablag’larini tasarruf etish bo’yicha ham mahalliy hokimiyatlarga ko’plab vakolatlar berilgan. Muxtasar qilib aytganda, davlat soliq xizmati organlari va soliq to’lovchilar o’rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, soliq ma'muriyatchiligi jarayonini avtomatlashtirish, fuqarolar, xo’jalik yurituvchi sub'ektlar hamda investorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi ishlar yanada tartibga keltiriladi.

Xulosa
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning vazifalari, turlari, soliqlarni undirish mexanizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilishga, shuningdek bugungi kunda soliqlardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:
Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2 trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’ qolishi kutilmoqda.
2018 yilda soliq turlari bo’yicha byudjetga tushumlar hajmi 54,2 trln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilga kelib bu ko’rsatkich 83,3 trln. so’mni tashkil etdi va 154 foizga oshdi.
2019 yilda bevosita soliqlar hajmi 22,7 trln. so’mni, bilvosita tarmoqlar 33,2 trln. so’mni, resurs soliqlari va mol-mulk solig’i 19,7 trln. so’mni, davlat boji va jarimalar 1,9 trln. so’mni, boshqa soliqlar va yig’imlar 5,8 trln. so’mni tashkil qilgan.
2019 yilda byudjet tushumlarining 40 foizi bilvosita soliqlar, 27 foizi bevosita soliqlar, 24 foizi resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i, 2 foizi davlat davlat boji va jarimalar, qolgan 7 foizi boshqalar hisobiga to’g’ri kelgan.
2019 yilda byudjet tushumlarining aksariyat qismi Toshkent shahri (24 foizi) hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek Navoiy viloyati 12 foiz, Toshkent viloyati 11 foiz, Qashqadaryo viloyati 8 foiz byudjet tushumlarini ta’minlab berdi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularni guruhlash asoslari hamda ulardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini hal etishga qaratilgan mulohazalarni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni taklif qilamiz:
Har bir soliq to’lovchi hoh u yuridik shaxs yoki u jismoniy shaxs bo’lsin, to’layotgan soliqlarini qayerga, nima uchun va qanday maqsadlarga sarflanayotganligini ongli ravishda tushuna bilishi uchun kengroq matbuotdan foydalanishni, ayniqsa mahalliy soliqlarni undirishda xalq orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishda mahalliy hokimiyat vakillari kuchidan foydalanishning qonuniy asosini yaratish.
Hozirgi kunda mahalliy soliqlardan tushayotgan daromadlar mahalliy budjetlarning daromadlarida katta salmoqqa ega emas. Bizning fikrimizcha bu nafaqat mahalliy soliqlarni joriy qilish imkoniyatlaridan to’liq foydalanmaslik bilan balki mahalliy budjetlar daromadlarini tartibga solishda qo’llanilayotgan amaliyot bilan bog’liqdir. Bu amaliyotnu tahlil qilish shu narsani ko’rsatadiki, hali ham soliqlar markaziy budjetga yig’iladi, so’ng uning ma’lum foizi mahalliy budjetlarga xarajatlarni qoplashga biriktirilgan daromadlari yetmasa ajratma sifatida har yili har xil foizda qoldiriladi.
Mahalliy hokimiyat organlarining o’z hududidan undiriladigan soliqlarni to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlashga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirish, ularning o’z daromadlari potensialini o’sishini rag’batlantirish maqsadida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar meyorlarini hududlar bo’yicha tabaqalashgan tarzda emas, balki teng ravishda amalga oshirish lozim.
Ushbu ko’rsatib o’tilgan takliflardan ko’zlangan maqsad Respublikamizning kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o’zgarishlarni ta’minlashda, hozir sarflanayotgan har bir so’m budjet mablag’i respublikamizning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o’z natija va samarasini berishi kerak, deb hisoblaymiz.


Download 249,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish