Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Fiskal Instituti
Fakultet “Soliq va Soliqga tortish” Guruh SST-01-21
Mavzu: Arab xalifaligining O’rta Osiyoda yuritgan siyosati.
Soliq tizimi.
Toshkent-2021
Reja:
- V asrning 20-yillarida O’rta Osiyo
- O’rta Osiyoda arablar tomonidan aholiga nisbatan qo’llanilgan chora va amallar.
- Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o’zgarishlar.
- O’rta Osiyo hududida islomlashtirish jarayoni.
VII asr o’rtalariga kelib xalifalik e’tibori O’rta Osiyo erlarini bosib olishga
qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra
Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson
deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali
boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan
shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu erlarni arablar
Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz
sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini
ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga
to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo atrofidagi
hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu erlarning boyliklarini talab,
ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan
ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga
tayyorgarlik ko’rish edi
Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach, bu hududdagi hamma shaharlar va aholi - Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach, bu hududdagi hamma shaharlar va aholi
- joylarida o ‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o ‘z vaqtida mahalliy
- aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun
- og‘ir yuk b’olib qoldi.
- Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod
- viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o ‘ljalarga ega
- bo‘ldilar. O‘lkalarni bosib olish chog‘ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib,
- shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina
- joylarda qurg‘oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho
- o‘ljalar, Buxoro, Poykand va So‘g‘d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon
- olindi.
Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar
natijasida aholining bir qismi halok bo’ldi, bir qismi asir olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar shuharbiy kuchga tayanib,aholidan turli soliqlar
undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda
uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi
eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolam i ta ’mirlash va boshqa jam oa ishlarida
aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga, mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shinini
ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab turishi kerak edi.
Iqtisodiy hayotni o ‘z qo‘llaridan chiqarmaslik
maqsadida arablar bu yerda
sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i - “xiroj” (hosilning o‘ndan bir yoki o ‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik,
savdosotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda)
hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan
olinadigan ”juzya” solig‘i ham qo‘shildi.
Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlashva uning barqarorligini
ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor berdilar.
O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm,
nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa, zardushtiylikka
qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodat-
xonalari yo‘q qilindi. Uning o ‘m iga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy
adabiyotlar, xususan, diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q
qilinib yuborildi. “Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini
qirib tashlab, ularning kitob va qo’lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin, deb yozgan
edi Beruniy, xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab
qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o ‘tishi bilan bu unutilib, faqat o ‘zlari uchun
mos bo’lgan xotiralargina saqlanib qoldi”. So‘g‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi.
Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo’lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya
soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o ‘qish uchun
masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirham dan pul ham berilar edi. Juzya solig’ini o‘z vaqtida to’lamagan
kishilar tutib olinib, bo‘yinlariga “qarzdor” deb taxtachalar osib qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |