Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish



Download 217,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana30.03.2022
Hajmi217,37 Kb.
#519008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
595-сон 22.09.2021. Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

6-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish
25. Yuridik shaxsning nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi yoki otasining ismi
o‘zgargan taqdirda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, qo‘shilgan qiymat
solig‘i raqami o‘zgarishiga olib kelmaydi va soliq to‘lovchining o‘zi hamda uning kontragentlari
tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblab chiqarilishiga ta’sir qilmaydi.
26. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat xizmatlari agentligidan kelib tushgan ma’lumotlar asosida soliq organlari
ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
7-bob. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish asoslari va tartibi
27. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy
soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish summalari Soliq kodeksining
461-moddasi birinchi qismi
1-bandida 
belgilangan miqdordan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan
olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs tugatilganda;
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati
tugatilganda.
28. Maxsus ro‘yxatdan chiqarish soliq organining quyidagilar asosida qabul qilingan qaroriga
muvofiq amalga oshiriladi:
soliq organiga mazkur Nizomga 
2-ilovaga 
muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etilgan soliq
to‘lovchining ixtiyoriy maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi arizasi;
tadbirkorlik subyekti tugatilganligi munosabati bilan uning Tadbirkorlik subyektlari yagona
davlat reyestridan chiqarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar.
29. Soliq to‘lovchi quyida ko‘rsatilgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi
hisoblanmaydi:
kalendar yil boshidan boshlab, yuridik shaxs aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga
o‘tadigan kalendar yil boshlanishidan o‘n ish kunidan kechiktirmay soliq organiga taqdim etilgan
xabarnoma asosida;
tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarilgan kundan boshlab;
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati tugatilgan kundan boshlab.
30. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror soliq
organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilari reyestrida Guvohnoma maqomi tugatilgan holatga o‘tkaziladi.

Download 217,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish