10-bob. Guvohnomani shakllantirish tartibi
40. Davlat soliq qo‘mitasi maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda ushbu Nizomga
3-ilovaga
muvofiq
shakl bo‘yicha guvohnoma shakllantiradi.
41. Guvohnoma soliq to‘lovchini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadan boshlab bir ish kunidan kechiktirmasdan elektron ko‘rinishda shakllantiriladi.
42. Elektron ko‘rinishdagi guvohnoma maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan kunda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari ushbu Nizomning
6-bobida
nazarda tutilgan tartibida
qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganda, qayta maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan kunda
elektron ko‘rinishdagi Guvohnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
43. Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish, guvohnoma berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish,
tugatish hamda bekor qilish mazkur Nizomga
4-ilovaga
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
11-bob. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari reyestri
44. Maxsus ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarining yagona hisobi
yuritilishini ta’minlash maqsadida avtomatlashtirilgan reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr)
shakllantiriladi.
45. Reyestrga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
identifikatsiyalashga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i raqami; yuridik shaxslar uchun — nomi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi;
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishga oid: qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish,
qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ma’lumot beruvchi: maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatiladigan
ma’lumotlar — qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi joylashgan joyi (pochta manzili), qo‘shilgan
qiymat solig‘i to‘lovchisi — yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar.
guvohnomaning maqomi: faol, to‘xtatib turilgan, amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan.
46. Reyestrni shakllantirish va yuritish Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan quyidagicha amalga
oshiriladi:
Reyestrni yuritishga oid tashkiliy va metodologik tamoyillarni ishlab chiqadi;
maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil qiladi;
soliq to‘lovchilarga QQS-raqam biriktiriladi;
Reyestrni yuritish texnologiyalari va dasturiy-texnik vositalarini ishlab chiqadi;
Reyestr ma’lumotlar bazasining administratori vazifalarini bajaradi, xususan, ma’lumotlarni
to‘plash, tahlil qilish, ma’lumotlarning ishonchliligi va dolzarbligi ustidan nazorat, ularni saqlash,
himoya qilish, foydalanish huquqi ustidan nazorat;
Reyestr bazasi avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishini ta’minlaydi;
berilgan Guvohnomalarni faol, to‘xtatilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan
tasniflarga ajratadi;
Reyestr ma’lumotlarini yaratish, yuritish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni
ishlab chiqadi;
Reyestr ma’lumotlaridan erkin foydalanishni ta’minlaydi.
Reyestrda guvohnomalarning tasnifi to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organlarining bazasidagi
o‘zgarishlar asosida kunlik yangilanib borilishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |