o‘z ko‘chmas mulki mavjud bo‘lmaganda, ijara shartnomasi mavjudligini hamda ushbu
shartnoma soliq organida hisobga qo‘yilganligini tekshiradi;
soliq to‘lovchi —
yuridik shaxsda, shuningdek, uning ta’sischilari (ishtirokchilari) — yuridik
shaxslarda soliq qarzi mavjudligini hamda amalda rahbar bo‘lib turgan shaxs tomonidan rahbarlik
qilayotgan boshqa yuridik shaxsda soliq qarzi mavjudligi va soliq hisobotlari taqdim etilganligini
tekshiradi;
zarur ishlab chiqarish, savdo,
ombor binolari va hududlari, shuningdek, soliq to‘lovchining
faoliyat turidan kelib chiqqan holda boshqa zarur moddiy-texnika bazasi mavjudligi ahvolini
o‘rganadi;
soliq to‘lovchining joylashgan joyi manzilini, ya’ni soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan bir nechta
soliq to‘lovchilar ko‘rsatgan manzilda — nominal manzilda joylashishini o‘rganadi. Bunda mulk
huquqi yoki ijara yoxud tekin foydalanish asosida bitta yuridik shaxsga o‘rtacha o‘n sakkiz kvadrat
metrdan kam ma’muriy maqsadlarda foydalanayotgan maydon (ofis) to‘g‘ri kelsa nominal manzil
deb e’tirof etiladi;
soliq to‘lovchining tugatish jarayonida yoki soliq to‘lovchini qayta
tashkil etishning boshqa
jarayonlarida turganligi yoxud amalga oshirilganligi masalalarini tekshiradi;
ustav fondi (ustav kapitali)ning shakllantirilishini o‘rganadi.
14. Soliq to‘lovchining arizasini ko‘rib chiqish davomida Markaziy ma’lumotlar bazasi, soliq
organlari, vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqa ma’lumotlar
bazasi hamda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinadigan
ma’lumotlar manbalari hisoblanadi.
15. Ma’lumotlarni tekshirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchi quyidagi xavf
guruhlaridan biriga kiritiladi:
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchi;
soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchi;
soliq xavfining past darajasiga ega soliq to‘lovchi.
16. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar
guruhiga, ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi:
rahbarning, shuningdek rahbarlik yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan
shaxsning
shaxsi aniqlanmagan, yoxud arizada ko‘rsatilgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat
shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimida tasdiqlanmaganda;
ta’sischi (ishtirokchisi) to‘g‘risida ma’lumotlar soliq organining ma’lumotlar bazasida mavjud
bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan manzilda mavjud bo‘lmaganda;
o‘z ko‘chmas mulkiga ega bo‘lmay turib ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas
mulki bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchining manzili manzil-ma’lumot byurosi ma’lumotlari bazasida mavjud
bo‘lmaganda;
soliq to‘lovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan to‘g‘ri kelganda;
amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) soliq to‘lovchining faoliyat turi va
xususiyatlariga, shuningdek, hisobvaraq-fakturalar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida xarid
qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq
bo‘lganda;
soliq hisobotlari taqdim etilmaganda;
ariza taqdim etilgan paytda soliq to‘lovchining soliq qarzi mavjud bo‘lganda, shuningdek,
ta’sischilarining (ishtirokchilari) ulushi 50 foiz va undan ko‘p bo‘lgan — yuridik shaxslarning soliq
qarzi mavjud bo‘lganda. Bunda, istisno tariqasida, ushbu shaxslarga tabiiy ofat, texnologik falokat
yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi, shuningdek, ularni
budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi
yoxud bajarilgan
davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun
bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi to‘g‘risida Davlat
soliq qo‘mitasining xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno;
soliq to‘lovchiga soliq qarzi mavjud yoki soliq xavfi yuqori soliq to‘lovchi qo‘shilganda
(birlashganda);
murojaat etuvchi soliq to‘lovchining rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa soliq to‘lovchida
(yuridik shaxsda) rahbar bo‘lib, ushbu soliq to‘lovchida soliq qarzi mavjud bo‘lganda yoxud soliq
hisobotlari taqdim etilmaganda. Bunda, mavjud soliq qarzdorligi ushbu shaxslar rahbarlik qilib
turgan davrda hosil bo‘lmagan bo‘lsa ham yoki soliq hisobotlari o‘sha davrdan buyon
topshirilmasdan kelinayotgan bo‘lsa ham inobatga olinadi;
muqaddam bankrot deb e’lon qilingan tashkilotda rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) bo‘lgan va
muqaddam soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik uchun rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi)
sifatida javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga
oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi (ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan
hollardagina inobatga olinadi;
yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lgan va soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin
tovlaganlik uchun javobgarlikka tortilgan rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) shaxs tomonidan
rahbarlik yoki ta’sischilik (ishtirokchilik) amalga oshirilganda. Bunda, mazkur talab ta’sischi
(ishtirokchi)ning ulushi 50 va undan ortiq foiz bo‘lgan hollardagina inobatga olinadi.
17. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga,
ularda quyidagi belgilarning loaqal bittasi aniqlangan soliq to‘lovchilar kiradi:
oxirgi o‘n ikki oy ichida soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjud
bo‘lganda;
xodimlari yoki yollanma ishchilari soni 4 kishidan kam bo‘lganda;
soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq holda zarur ishlab chiqarish, savdo, ombor binolari va
hududlari, shuningdek, boshqa zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlanmaganda;
arizani taqdim etish vaqtida 461-moddasi birinchi qismi
1-bandida
belgilangan miqdordan
oshgan miqdorda tovar-moddiy boyliklar qoldig‘iga ega bo‘lganda.
18. Mazkur Nizom maqsadlarida, soliq xavfining yuqori va o‘rta darajasiga ega soliq to‘lovchilar
guruhiga kiritiladigan belgilar aniqlanmagan soliq to‘lovchilar soliq xavfining
past darajasiga ega
soliq to‘lovchilar guruhiga kiradi.
19. Ariza beruvchining soliq xavfi guruhlaridan biriga kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma tahlil
yakunlangan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: