Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet99/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

«Doimiy muassasa» tushunchasi quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:

1) tayyorgarlik va yordamchi xususiyatga ega bo’lgan faoliyatni amalga oshirishni, ular jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:

O’zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlarni realizatsiya qilish boshlanguniga qadar binolardan faqat mazkur tovarlarni saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;

O’zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli tovarlar zaxiralarini tovarlar realizatsiya qilinguniga qadar mazkur zaxiralarni faqat saqlash, namoyish etish va (yoki) yetkazib berish maqsadida saqlab turish;

doimiy faoliyat joyini faqat O’zbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan tovarlarni xarid qilish maqsadlari uchun saqlab turish;

doimiy faoliyat joyini faqat axborot to’plash, ularga ishlov berish va (yoki) tarqatish (sotish huquqisiz), O’zbekiston Respublikasi norezidentining tovarlari (ishlari, xizmatlari) marketingini olib borish, ularni reklama qilish yoki ularning bozorini o’rganish uchun, agar bunday faoliyat norezidentning asosiy faoliyati bo’lmasa, saqlab turish;

doimiy faoliyat joyini faqat ushbu bandda sanab o’tilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyasini amalga oshirish uchun, bunday kombinatsiya natijasida vujudga kelgan faoliyat majmui tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo’lishi sharti bilan saqlab turish;

2) mustaqil vositachi: broker, vositachi, ishonchli shaxs, qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi yoki vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki shunga o’xshash boshqa shartnoma asosida faoliyat ko’rsatuvchi va O’zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan kontraktlarga imzo qo’yish vakolati berilmagan har qanday boshqa shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni. Mustaqil vositachi deganda o’zining odatiy (asosiy) faoliyati doirasida ish olib boradigan hamda O’zbekiston Respublikasining norezidentidan yuridik va iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan shaxs tushuniladi;

3) tovarlarni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish yoki O’zbekiston Respublikasidan olib chiqish operatsiyalarini, shu jumladan faqat O’zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan tuziladigan va O’zbekiston Respublikasida tovarlarni xarid qilish, shuningdek tovarlarni O’zbekiston Respublikasiga eksport qilish bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq tashqi savdo kontraktlari doirasida operatsiyalarni amalga oshirishni;

4) O’zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan qimmatli qog’ozlarga, yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa mol-mulkka egalik qilishni.

5) O’zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun yuridik shaxs – O’zbekiston Respublikasining rezidentiga yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasining boshqa norezidentiga xodimlar ajratishni, agar bunday xodimlar faqat ular o’zlari yuborilgan tashkilot nomidan va uning manfaatlarini ko’zlab ish ko’rsalar.

Ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish boshlangan kunni qat’iy belgilash mumkin bo’lsa, doimiy muassasa shu kunda tashkil etilgan deb hisoblanadi. Agar bunday kunni qat’iy belgilash mumkin bo’lmasa, quyida keltirilayotgan kunlardan biri doimiy muassasa tashkil etilgan kun deb hisoblanadi:

ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish boshlanadigan, kontraktda ko’rsatilgan kun;

agar litsenziya muayyan kontrakt bo’yicha biron bir ishni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish maqsadida olingan bo’lsa, litsenziyaning amal qilishi boshlanadigan kun.

Qurilish maydoni (qurilish, montaj qilish yoki yig’ish ob’ekti) pudratchiga maydonni topshirish to’g’risidagi dalolatnoma imzolangan paytdan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasini tashkil etadi.

Doimiy muassasa shu muassasa orqali olib borilayotgan faoliyat tugatilgan paytdan e’tiboran tugatilgan hisoblanadi. Agar mazkur paytni qat’iy aniqlab bo’lmasa, quyida keltirilayotgan kunlarning eng keyingisi doimiy muassasaning faoliyati tugatilgan kun deb hisoblanadi:

bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar dalolatnomasi imzolangan kun;

O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lash uchun oxirgi hisobvaraq berilgan kun;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining yakuniy hisob-kitobi O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlariga amalda taqdim etilgan kun.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish