Soliq tizimining yagonaligi printsipi
Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida barcha soliq to’lovchilarga nisbatan yagonadir.
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda ehlon qilinishi shart. Barchaning ehtibori uchun rasmiy ehlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko’rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo’llashga asos bo’lib xizmat qilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |