mo‘g‘ullar hokimiyati
o‘rnatildi. Bu hududlarda
soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif
etilgan tadbirlar hayotga
tatbiq etila boshlandi va
Mahmud Yalavoch
boshchiligida o‘lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlarni undirar edilar.
“Kalon”
solig‘i dehqonlardan yig‘iladigan asosiy soliq bo‘lib, u hosilning
o‘ndan bir qismini
tashkil etgan.
Chorvadorlardan
“ko‘pchur”
solig‘i olingan bo‘lib, uning miqdori har
yuz
bosh qoramoldan
birga teng edi. Bundan tashqari “Yaso” qonuni bo‘yicha
aholidan davlat foydasiga
“shulsi”
deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq
turining miqdori
har bir otardan ikki yashar qo‘y
va
har ming otdan bir
biyani (qimiz uchun) tashkil etgan.
Shuningdek, mamlakatdagi savdo yo’llarida joylashgan bekat – “yom”
(jom) larning xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori
shu darajada ko’payib ketar ediki, ba’zi hollarda har bir “yom” uchun 20 ot-
ulov, so’yish uchun qo’ylar, sog‘ish uchun sog‘uvchisi bilan biyalar,
aravalar va boshqa sarf-xarajatlar ajratilgan.
27
Mo‘g‘ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin
yomonlashib bordi, chunki
yer solig‘ini to‘lashdan tashqari
dehqonlar turli xil
majburiyatlar
va xizmatlarni bajarishardi.
Hunarmandlar, ayniqsa, qurol
tayyorlab berish kabi majburiyatlarni olgan edi
. Feodal va zodagonlarga
xonzoda va xon xotinlari yorliq hamda payzalar tarqatga, bu unvonlar dehqon
va hunarmandlardan turli xizmat hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish
huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda mahalliy aholi, masalan sayohat
qiluvchini ovqatlantirishi va unga xona, otiga em berishi va boshqa qulayliklar
yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og‘irlashib borishi mamlakatning ko‘p
joylarida qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Hukmdor Munnexon
Movaraunnaxrda soliq to‘lovchilar amalga oshirayotgan
tartibsizliklar
va
suistemolliklarga tegishli farmon chiqardi. Unga ko‘ra
boy kishi 10 dinor
,
kambag‘allar esa
1 dinor
to‘laydigan bo‘ldi. Chorva solig‘i 100 tuyoqdan bir
bosh olinishi belgilandi. Musulmon, xristian va butparastlar ruhoniylari,
shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq to’lamaydigan
bo’ldilar.
Soliq yig‘ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg‘olondan so’ng
o’z lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnaxrdan haydab yuborildi.
Soliq yig‘uvchi va noib etib uning o’g‘li Mas’udbek tayinlanib, u bu
lavozimda 51 yil xizmat qildi. U mo’g‘ullarga o’lpon va soliqlarni o’z
vaqtida to’lab turdi. Natijada mo’g‘ullar Movaraunnaxrni boshqarish
ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur hokimiyati
o’rnatilguncha davom etdi.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli yil sayin
yomonlashib bordi, chunki
yer solig‘ini to‘lashdan tashqari
dehqonlar turli xil
majburiyatlar
va xizmatlarni bajarishardi.
Hunarmandlar, ayniqsa, qurol tayyorlab
berish kabi majburiyatlarni olgan edi
. Feodal va zodagonlarga xonzoda va xon xotinlari
yorliq hamda payzalar tarqatga, bu unvonlar dehqon va hunarmandlardan turli xizmat
hamda majburiyatlarni bajarishni talab qilish huquqini bergan. Payza ko’rsatilganda
mahalliy aholi, masalan sayohat qiluvchini ovqatlantirishi va unga xona, otiga em
berishi va boshqa qulayliklar yaratishi shart edi.
Yil sayin aholining yashash sharoiti og‘irlashib borishi mamlakatning ko‘p joylarida
qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Hukmdor Munnexon
Movaraunnaxrda soliq
to‘lovchilar amalga oshirayotgan
tartibsizliklar
va suistemolliklarga tegishli farmon
chiqardi. Unga ko‘ra
boy kishi 10 dinor
, kambag‘allar esa
1 dinor
to‘laydigan bo‘ldi.
Chorva solig‘i 100 tuyoqdan bir bosh olinishi belgilandi. Musulmon, xristian va
butparastlar ruhoniylari, shuningdek, keksa va ishlashga noqobil kishilar soliq
to’lamaydigan bo’ldilar.
Soliq yig‘ishga mas’ul etilgan Mahmud Yalovoch qo’zg‘olondan so’ng o’z
lavozimidan bo’shatildi va Movaraunnaxrdan haydab yuborildi. Soliq yig‘uvchi va
noib etib uning o’g‘li Mas’udbek tayinlanib, u bu lavozimda 51 yil xizmat qildi. U
mo’g‘ullarga o’lpon va soliqlarni o’z vaqtida to’lab turdi. Natijada mo’g‘ullar
Movaraunnaxrni boshqarish ishiga aralashmaganlar. Bunday holat Amir Temur
hokimiyati o’rnatilguncha davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |