Soliq islohotlari bu- soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari bo'lib iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismidir. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda ham soliq islohotlari davriy oʻtkazib turiladi. Sohadagi islohotlar muayyan soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim turdagi soliqlar ulushini oshirish yoki kamaytirish, soliq daromadlarini qayta taqsimlash va boshqa koʻrinishlarda namoyon bo’ladi.
O’zbekistondagi so’nggi va ahamiyatli soliq islohotlariga QQS soliq turning joriy etilishini yaqqol misol qilib olishimiz mumkin.
QQS – qo’shilgan qiymat solig’i sifatida talqin qilinadi. Ushbu soliq turi Jahon tajribasida XX asrdayoq muomalaga kiritilganligini turli manbalar dalolat beradi.
QQS - bu mintaqaviy ixtiro bo’lib fransuz soliq idorasi rahbari Maurice Lauré boshchiligida 1954 yilda soliq islohotlari ishlab chiqiladi, garchi ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichiga tegishli soliq joriy etish zarurligi haqidagi qarashlar birinchi marta Germaniyada bir asr oldin nazarda tutilgan edi. 1974 yil noyabr oyida QQS Buyuk Britaniyada umumiy savdoga qo'shilish uchun to'lanadigan narxning bir qismi sifatida savdo sotiq muomalasiga kiritildi. Ushbu vaziyatda QQS o’z davridagi ba’zi bir soliq muammolarini islohot qilgandi. Xususan, Buyuk Britaniyada so’z borayotgan davrda turli xil ishlab chiqarish mahsulotlari uchun savdo va istemol soliqlari turli stavkalarda baholanar edi. Barcha ishlab chiqarish mahsulotlari uchun bir xil stavkadagi soliqning joriy etilishi ko’zlangan maqsadga erishishning mufassal yo’li edi. Uzoq bo’lmasada o’z tarixiga ega soliq turi hozirga kelib o’z amal maydonini kengaytirmoqda. Buning eng asosiy sababi turli davlatlar mahsulot ekspor import muomalasida yuzaga keluvchi harajatlar nomutanosibligidir.
“O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” 2019-yil 30-dekabrdagi O’RQ-599-son O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan QQS summasi o’rnini qoplash tartibi to’g’risida nizom tasdiqlandi va unda yuzaga keluvchi soliq munosabati yuzasidan bahsli masalalar yoritildi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i solish ob'ekti tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishi bo‘yicha aylanmalar hisoblanadi, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi) uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotilishiga doir aylanmalar deganda yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar tushuniladi. Tovarlarning sotilishida o‘zi ishlab chiqargan va chetdan sotib olingan barcha tovarlarning sotilishiga doir aylanmalar soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida iste'molchilik maqsadi va qiymatiga ega bo‘lgan hamma narsa (tovar, mahsulot, ko‘chmas mulk, shu jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek elektr va issiqlik energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar hisoblanadi. Ishlarning sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, ta'mirlash, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyiha-qidiruv, restavratsiya qilish va boshqa ishlar qiymati soliq solish ob'ekti hisoblanadi.
Xizmatlar sotilishida quyidagi qiymatlar soliq solish ob'ekti hisoblanadi:
-yo‘lovchilar va yuk transporti, shu jumladan, gaz, neft, neft mahsulotlari, elektr va issiqlik energiyasini tashish (uzatish)ga doir xizmatlar, tovarlarni yuklab jo‘natish, yukdan tushirish, qayta yuklash, saqlashga doir xizmatlar;
-mol-mulk va ko‘chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish xizmatlari;
-vositachilik xizmatlari;
-aloqa, maishiy, uy-joy-kommunal xizmatlar;
-reklama xizmatlari;
-ma'lumotlarni ishlash va axborot ta'minotiga doir xizmatlar;
boshqa xizmatlar.
Shuningdek, quyidagilar ham soliq solinadigan aylanmalarga kiradi:
a) tovarlar, ishlar va xizmatlarning, shu jumladan, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarning sotilishi bo‘yicha, korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, shu jumladan, o‘z xodimlariga iste'moli uchun korxona ichidagi aylanmalar;
b) tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslarga, shu jumladan, korxona xodimlariga bepul berilishi yoki haqini qisman to‘lab berilishiga doir aylanmalar;
v) garovdagi buyumlarning sotilishi, shu jumladan, ularning garovni tutib turuvchiga u garov majburiyatlarini ta'minlamaganidagi berilishiga doir aylanmalar.
Lotereya biletlarini sotish lotereya tashkilotchisi uchun soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi. Bunda korxonalar (qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar) tomonidan lotereyalar tashkilotchisiga ko‘rsatiladigan lotereya biletlarining sotilishi (tarqatilishi)ga oid xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘iga umumiy belgilangan tartibda tortiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan ob'ekt bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlar (shu jumladan MDH mamlakatlaridan import qilinadigan tovarlar) hisoblanadi.
Soliq qonunchiligida tovar deganda iste'molga mo‘ljallangan va qiymatga ega hamma narsa (ishlar, xizmatlardan tashqari) (uskunalar, mahsulotlar, xom-ashyo, materiallar, elektr, issiqlik va energiyaning boshqa turlari, transport vositalari va tovar-moddiy boyliklar) tushuniladi.
Tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ga muvofiq respublika hududiga import qilinadigan ishlar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan ob'ekt hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilishga doir operatsiyalar, shu jumladan sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
2) ssudalarni berish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar. Ssudalarni berish va uzatishga (uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit) bank mijozlari hujjatlarini tayyorlash (TIAni tayyorlash uchun shartnoma bo‘lmagan holda), kreditni rasmiylashtirish; uchun hujjatlar paketini ko‘rib chiqish (arizani ko‘rib chiqish, kreditni to‘lay olish qobiliyatini baholash, kreditning bahosini (foizini) aniqlash, kredit shartnomasini tayyorlash va tuzish), ssuda hisobvarag‘i va kredit liniyasini ochish, kreditga (kreditlashga) xizmat ko‘rsatish, ssudalarning maqsadli ijro etilishini nazorat qilish kiradi;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar. Pul omonatlariga daxldor operatsiyalarga jismoniy va yuridik shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazish, qo‘yilmalardan qo‘yilmalarga summalarni o‘tkazish va ularni rasmiylashtirish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga o‘tkazish kiradi.
4) xorijiy valyuta va qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan pullar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar, numizmatika maqsadlarda foydalaniladiganlaridan tashqari.
5) qimmatli qog‘ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar, ularning tayyorlanishi va saqlanishiga doir operatsiyalardan tashqari. Qimmatli qog‘ozlar muomalasiga tegishli operatsiyalar deganda qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisiga tegishli operatsiyalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlar egasining almashinishiga olib keladigan boshqa harakatlar tushuniladi;
6) maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig‘imlar undiriladigan xatti-harakatlar. Mazkur imtiyoz litsenziya (ruxsatnoma), ro‘yxatdan o‘tkazish va patentlarga oid bojlar va yig‘imlarning hamma turlariga, shuningdek davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, boshqa vakolatli organlar yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlarni berishda undiradigan bojlar va yig‘imlarga nisbatan qo‘llaniladi;
7) bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalarida saqlanishi, kasallar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn qilish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk ob'ektlarini xarid qilish huquqi uchun patent bojlari, ro‘yxat yig‘imlari va ruxsatnoma to‘lovlari va boshqa belgilangan sohalar QQS to’lovida imtiyozlarga ega sohalar hisoblanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, shuningdek soliq qonunchiligida ko‘rsatilgan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ni qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan sotib oladilar. Bunda sotib olingan moddiy resurslar (ishlar, xizmatlar)ga doir qo‘shilgan qiymat solig‘i ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga kiritiladi. Savdo, ta'minot-sotish va tayyorlash korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘ini xarid qilingan tovar qiymatiga kiritadilar.
Ko’rinib turganidek ushbu soliq turining joriy etilishi ko’plab oldi sotti muomalasidagi muammolarni bartaraf etgan bo’lsada kamchiliklari ham mavjud. Bartaraf etishning eng maqbul usuli jahon tajribasidan kerakli andozalar olish va ularni milliy iqtisodimizga va soliq tizimimizga moslashtirish hisoblanadi. Misol uchun Xitoy tajribasida ko’rish mumkinki birinchi guruh iste’mol mahsulotlari to’liq mamlakatda ishlab chiqarilgan holda QQS dan ozozd etilgandir. Yana ba’zi Yevropa mamlakatlarida transport vostilaridan foydalanish ham ushbu soliq turidan butunlay ozod etilgan. O’zbekistonda ham ushbu soliqning yana ham milliy soliq tizimiga mos mavjud iqtisopdiy vaziyatdan kelib chiqqan shakli va imtiyozlari qayta ko’rib chiqilishi davr taqazosibo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |