“Soliq hamkor” axborot tizimida soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida xabar berish hamda mobil ilovada xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasining 1 foiz miqdoridagi mablag‘ni qaytarish bo‘yicha ommaviy oferta



Download 182,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana10.06.2022
Hajmi182,44 Kb.
#650921
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
e4e480827ebad32e017f124c4554002f

III. VAKOLATLAR VA KAFOLATLAR
3.1. “Soliq
hamkor” axborot tizimidan foydalanayotgan va mobil ilovada xarid chekini 
ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxs o‘zining vakolatlarini aniq bilishini hamda muloqotga 
layoqatliligini, shuningdek, “Soliq
hamkor” axborot tizimidan firibgarlik yoki boshqa noqonuniy 
maqsadlarda foydalanmasligini tasdiqlaydi va kafolatlaydi
.
IV. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Taraflar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va ushbu ofertada ko‘rsatilgan 
huquqlarga ega bo‘ladilar va javobgar hisoblanadilar. Jumladan, DSQ O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari, oferta va Reglamentda ko‘rsatilgan boshqa sabablarga ko‘ra 
jismoniy shaxsga “Soliq_hamkor” axborot tizimiga kirishni va ulanishni tushuntirishlarsiz rad 
qilish huquqiga ega. 
4.2. DSQ quyidagi huquqlarga ega: 
- elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi nusxasiga ega bo‘lish, elektron hujjatning qog‘oz 
shakli qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi; 
- jismoniy shaxsdan ushbu oferta shartlari asosida qo‘shimcha maʼlumotlarni talab qilish; 
- DSQdan “Soliq_hamkor” axborot tizimida berilgan xabarlar bilan bog‘liq masalalar 
bo‘yicha jismoniy shaxsning taqdim etilgan uyali aloqa telefoni, “hamkor@soliq.uz” elektron 
pochtasi orqali va soliq organlari idoralarida shaxsan uchrashuv asosida maʼlumot olish. 
4.3. Xabar bergan va xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxs 
quyidagilarga majbur: 


- “Soliq_hamkor” axborot tizimidan foydalanish hamda mobil ilovada xarid chekini 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘ralayotgan shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘liq va to‘g‘ri taqdim 
etishi; 
- bank plastik kartasi hisob raqamini taqdim etish; 
- elektron hujjatlarni, foto va video maʼlumotlarni belgilangan tartibda saqlanishini 
taʼminlash; 
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu oferta 
shartlariga amal qilish. 
4.4. Xabar beruvchi va xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxs 
ofertani qabul qilganda, DSQ quyidagi huquqlarga ega: 
4.4.1. Texnik, tashkiliy, yuridik yoki boshqa sabablarga ko‘ra, tushuntirishlarsiz xizmat 
ko‘rsatishni rad qilish; 
4.4.2. Kelib tushgan hujjatlarda zararli dasturlar, viruslar va boshqa taʼqiqlangan 
maʼlumotlar mavjud emasligini tekshirish; 
4.4.3. Jismoniy shaxslarning tizim servislariga kiruvchi internet manzillarini saqlab borish, 
foydalanuvchilarni identifikatsiyalash uchun tizimga kiruvchi brauzer va boshqa platformalardagi 
(cookies) sessiyaviy maʼlumotlarni saqlab qo‘yish; 
4.4.4. “Soliq_hamkor” axborot tizimini uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun boshqa har 
qanday himoya choralarini ko‘rish; 
4.4.5. Agar jismoniy shaxs ushbu oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki lozim 
darajada bajarmaganda, jismoniy shaxsni oldindan xabardor qilib, uni to‘xtatilish sabablarini 
bartaraf qilgunga qadar ushbu shartnomani amal qilishini to‘liq yoki qisman to‘xtatish; 
4.4.6. “Soliq_hamkor” axborot tizimiga kirish yopilgan vaqt DSQ tomonidan ushbu 
ofertani bekor qilish va xizmat ko‘rsatishni tugatish vaqti deb hisoblanadi. 
4.5. Oferta jismoniy shaxs yoki xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jismoniy 
shaxs tomonidan qabul qilingandan keyin, DSQ quyidagilarga majbur: 
- qonun hujjatlariga asosan elektron va yozma hujjatlarni saqlanishini taʼminlash, agarda 
jismoniy shaxs tomonidan DSQning ushbu xizmati tanlangan bo‘lsa; 
- “Soliq_hamkor” axborot tizimi uzluksiz va kechayu-kunduz ishlashini taʼminlash, 
xatolarni to‘g‘rilash va profilaktika uchun zarur uzilishlar bundan mustasno; 
- Jismoniy shaxsga o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari yakuni bo‘yicha 1(bir) ish kunida 
xabarni elektron shaklda yoki SMS xabar yuborish. Jismoniy shaxs xabarlarni qabul qiladi. 
Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng, yaʼni nazorat tadbiri natijalariga ko‘ra berilgan xabarning 
tasdiqlanganligi bo‘yicha bayonnoma yoki sud qarori taqdim etilgach, moliyaviy jarima summasi 
undirilgandan so‘ng 5(besh) kalendar kun ichida undirilgan summadan hamda xarid chekini 
ro‘yxatdan o‘tkazgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ofertada ko‘rsatilgan 
rag‘batlantirish summasini jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan bank plastik kartasi hisob 
raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘lab berishi lozim. 


4.6. DSQ rag‘batlantirish summasini to‘lab berganligi to‘g‘risidagi xabar orqali jismoniy 
shaxsni ogohlantirishi shart. Rag‘batlantirish summasi to‘lab berilganligi to‘g‘risidagi xabar 
yuborilgan vaqtdan boshlab, ushbu oferta bo‘yicha shartlar DSQ tomonidan bajarilgan 
hisoblanadi. 
Nazorat tadbiri natijalariga ko‘ra berilgan xabardagi soliq huquqbuzilishi tasdiqlanmagan 
taqdirda, DSQ jismoniy shaxsni ogohlantirishi shart. Bu o‘z o‘rnida jismoniy shaxsga 
rag‘batlantirish summasini olmasligini bildiradi. 

Download 182,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish