Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va moddiy qiymatliklarga bo’lgan ehtiyoji-talabi uzluksiz o’zgarib – ortib boradi. Talab o’zgarishi (elastikligi) mavjud bo’lib, u -
Baholar o’zgarishi va holati;
-
Xaridorlar miqdori va ularning didi, istagi;
-
Iste’molchilarning pul daromadi;
-
O’rnini almashtirish mumkin bo’lgan yoki o’rnini bosadigan tovarlar xajmi;
-
Inflyatsiya ehtimoli kabilarga bog’liqdir.
Bo’larni ayni vaqtda talabni belgilovchi omillar deyish mumkin. Bo’larning ichida eng muximlari tovarlar va xizmatlar bahosi xamda iste’molchilarning pul daromadlari hisoblanadi.
Bozordagi taklif etilgan tovarlar miqdorini bir necha omillari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
-
Taklif etiladigan tovarlar bahosi;
-
Ishlab chiqarish texnologiyasi;
-
Tovar ishlab chiqaruvchilarning miqdori;
-
Ishlab chiqarish omillari bahosi;
-
Soliq va subsidiyalar;
-
Baholarning oshish ehtimoli va hakozolar.
Taklif miqdoriga kuchli ta’sir etuvchi omil bo’lib - bu tovarlarning bozordagi sotiladigan bahosi hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi shu mahsulotni yaratish uchun ketgan o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarning miqdori hamda ko’zlangan foyda normasiga aloqadordir
Taklif bozor tovar bilan to’la ta’minlangandan keyin o’zgarmasdan bir me’yorda bo’lishi ham mumkin, bunda baho oshib borishi bilan bozorga chiqariladigan tovar ko’payishining zarurati bo’lmay qoladi. Shunda ishlab chiqarish xajmi ham o’zgarmay, taklif ham bahoga bog’liq bo’lmagan holda barqarorlashishi mumkin.
Taklifning o’zgaruvchanligi, umuman talab o’zgaruvchanligiga o’xshab, tovar bahosining o’zgarish, taklifning o’zgarish darajasini aniqlash uchun taklif o’zgaruvchanligi ko’korxonalasatkichi (K) qo’llaniladi. Unga ko’ra,
Agarda, K>1 bo’lsa, taklif o’zgaruvchan;
K=1 bo’lsa, noo’zgaruvchan;
K<1 bo’lsa, mutloq noo’zgaruvchan bo’ladi.
Talab va taklifni ifodalashda asosiy ko’rsatkichlardan bo’lib, yana quyidagilar hisoblanadi:
-
Jami talab ko’rsatkichi. Har bir iste’molchining o’z, shaxsiy talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha iste’molchilar talabi yig’indisidan kelib chiqadi. Shunday ekan, jami talab ko’rsatkichi narxlarning muayan darajasida barcha iste’molchilar sotib oladigan tovarlar miqdorining ifodasi sifatida keladi.
-
Jami taklif ko’rsatkichi. Bu ko’rsatkichning shakllanishi ham xuddi talabniki singari, jami taklif yig’indisidan kelib chiqadi. Bu esa jami sotilishi lozim bo’lgan Tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.
3. Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo’lgan talabni tahlil etishning asosiy maqsadi bo’lib – korxona mahsulotiga bo’lgan talab darajasini aniqlash hamda buyurtmalar portfelini tashkil etish hisoblanadi. Buyurtmalar portfeli korxonaning quvvati va undan kelajakdagi foydalanish darajalariga bog’liq bo’ladi. Agar korxona mahsulotiga bo’lgan talab qaysidir sabablarga ko’ra pasayadigan bo’lsa, bunga mos ravishda buyurtmalar portfeli ham qisqaradi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayishi, mahsulot tannarxining oshishi hamda korxona zarar ko’rish ehtimoli kuchaya boradi. Bu jarayon uzoq davom etadigan bo’lsa korxonani bankrotlikkacha olib borishi mumkin.
Bozor muvozanatining muhim elementi bo’lgan talab va taklifni, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish asosida korxonaning ishlab chiqarish sur’ati va uning tuzilishiga baho beriladi. Talab – iste’molchilar tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdoridir. Uni to’lovga qobil ehtiyoj deyish ham mumkin. Talab iqtisodiy kategoriya bo’lib, uning darajasiga ko’plab omillar ta’sir etadi, ya’ni taklif etilayotgan tovar bahosi, uning sifati, xaridorlarning daromadlari, xarid qobiliyati, o’rindosh tovarlarning bahosi, iste’molchilarning daromadlari va tovar bahosini o’zgarishi, bozorning tovarlar bilan to’yinganligi hamda jamg’armalar bo’yicha foiz stavkalarining o’zgarishi kabi omillardir.
Omillarning talab hajmi o’zgarishiga ta’sirini quyidagi bog’lanishlarda talab funksiyasida ifodalash va aniqlash mumkin, ya’ni:
QD = f/P, PA, PB, , I, T, SG’.
Bu yerda:
P, PA, PB – turdosh tovarlar bahosi;
I – aholining pul daromadlari;
T – aholining didi va nimani afzal ko’rishi;
S – mulkiy jamg’arma.
Agar tovarlar bahosidan boshqa jami omillar o’zgarmas deb olinsa, talab funksiyasi faqat baho funksiyasiga teng bo’ladi. Ya’ni,
QD = f/ P ga teng bo’ladi.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarilishidan oldin uning iste’mol hususiyatlari tahlil qilinadi, hamda raqiblarning mahsulotlari nimaga sotilayotganligi sabablari o’rganiladi.
O’rganish amaliyoti shu narsani ko’rsatdiki, iste’mol hususiyati, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarishi uning hayotdagi o’rnini beqiyos qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga ko’ra uch turga ajratiladi:
-
Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari;
-
Ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondira bilishligi;
-
Tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni to’ldiruvchi erganomik hususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayan vazifani bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va xidi kabi tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari o’rganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
-
Oiladagi roli, majburiyat doirasiga ko’ra;
-
Boshqa odamlar bilan munosabatiga qarab;
-
Guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
-
Katta jamoatchilikka qo’shilishi bilan va hakozolar.
Hozirda talab va taklifni o’rgangan holda mahsulot ishlab chiqarish korxonalarning gullab - yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mahsulot, ish va xizmatlarga bo’lgan bozor talabining maksimal darajada qondirilishi bozor mexanizmining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona faoliyati eng avvalo, bozor regulyatorlari asosida tartiblanadi. Bunda iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi e’tiborga olinadi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida bozordagi talab orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir ko’rsatiladi. Bu esa ma’lum darajada iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif muvozanatlashuviga zamin yaratib berishi mumkin.
Bozordagi yangi tovar Tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita talabni hisobga olish lozim:
-
Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatiga qarab shakllantirish;
-
G’oyani ko’tarib chiqish va tovarlarning ilk nusxalarini sotish o’rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Biz uchun eng asosiysi istiqbolli g’oyani tanlash muhim hisoblanib, bu yerda ekspertlardan tuzilgan guruhlari tomonidan miyaga hujum usuli orqali ma’lum tovar uchun talab o’rganiladi. Ushbu o’rganish esa ma’lum tovarlar partiyasi uchun talabning darajasini ifodalab beradi.
Bozordagi taklif darajasi esa tovarning "bozor testi" orqali har bir bozorda mahsulotni oz-ozdan sotib ko’rish orqali aniqlanadi.
Tahlil ishlari albatta axborot manbaiga tayanishi lozim. Chunki ular korxonalarning bozorda:
-
aniq ustivorlikka erishishga;
-
moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga;
-
tashqi muhitni nazorat qilishga;
-
strategiyani boshqarishda;
-
samaradorligini yaxshilashga va hakozolarni amalga oshirishga sabab bo’ladi.
Har bir ishni amalga oshirilishi uning ma’lum bir axborot manbaalariga tayanishni taqozo etadi. Xuddi shu fikrdan kelib chiqqan holda bu mavzuning tahlilida ham manbaalarga tayanamiz. Ma’lumotlar avvalo ikkilamchi yig’ish va baholashdan boshlanadi. Ular ichki va tashqi axborotlarga bo’linadi.
Ichki ma’lumotlar quyidagi tarkibdan tashkil topadi:
-
Korxona rejalari va ularning bajarilishi;
-
Sotish to’g’risida ma’lumotlar;
-
Foyda va zararlar;
-
Haridorlar bilan hisob- kitoblar;
-
Tovar zaxiralari;
-
Iste’molchilarning arizasi;
-
Natijalarni solishtirish uchun me’yorlar va boshqalar.
Tashqi ma’lumotlar esa,
-
Davlat va nodavlat tashkilotlarning axbarotlari;
-
Statistik ma’lumotlar va boshqalarga asoslangan holda uzatiladi.
Hozirgi sharoitda bozordagi talab va taklifni o’rganishda asosiy e’tibor bozordagi mahsulotga bo’lgan talab hajmining va strukturasining o’zgarishi hamda uning daromadlilik darajasini o’rganishga qaratilmog’i lozim. Ko’p yillik tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, tovarlarning to’rt xil kategoriyasi mavjud bo’lar ekan:
-
«yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o’sishga olib keladigan;
-
«sog’in sigirlar» kategoriyali tovarlar – og’ir iqtisodiy davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj bo’lmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;
-
«og’ir bola» kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar bo’lib, reklamaga muhtoj bo’lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo’lgan, hozircha foyda keltirmayotgan, ammo, kelajakda «yulduz» tovar bo’lishi mumkin bo’lgan;
-
«o’lik yuk» yoki «omadsiz» kategoriyali tovarlar – bugungi kun talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o’sishga imkoniyat bermaydigan, foyda keltirmaydigan.
tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o’rganish ham muhim hisoblanadi.
4. Raqobat darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi aniqlanayotganda, uningn boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarini mavjudligi, umum e’tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar miqdori bilan baholanadi. Mahsulotning raqobatbardoshliligini baholashda xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi. Chunki tovar xaridor talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:
-
texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo’llash va tavsiya etish markazlari)
-
ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi);
-
estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko’rinishi);
-
me’yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me’yorlarga va standartlarga mos kelishi);
-
iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko’rsatiladigan servis xizmati, vositalar o’lchami, xaridorlarning ayni vaqdagi ehtiyojlarini qondira olishi).
Har bir istemolchi o’z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotib oladilar. Bu esa o’z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning hatti - harakatlaridan shuni ko’rish mumkinki, ular tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) nisbatan yuqori bo’lsa o’sha mahsulotni ko’proq tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) quyidagi, ko’rinishni oladi.
R=S/X;
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo’ladi:
-
O’rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;
-
O’xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko’rsatkichlarini belgilash;
-
O’z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik ko’rsatkichlarini aniqlash.
Raqobat - lotincha so’zdan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun ko’rash, korxonalar o’rtasidagi sof ko’rashni bildiradi. Uning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish hisoblanadi.
Raqobat turiga ko’ra ikkiga bo’linadi:
-
Sof raqobat;
-
G’irrom raqobat.
Sof raqobat bozor talablariga ko’ra vijdonan ko’rashishni bersa, g’irrom raqobat uning aksini ta’minlaydi.
Jaxon bozori tajribasidan raqobat quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
-
Kuchlar teng va strategiyalar o’xshash bo’lsa, bozorda muvozanat uzoq saqlanmaydi, ular orasida kelishmovchilik susaymaydi;
-
Sizning raqibingiz xamma narsadan xabardor deb biling;
-
Raqibingizning g’ashini keltiruvchi xarakat qilmang;
-
Sizning xarakatingiz imkoningiz darajasida ekaniga raqibingizni ishontiring.
Bozorda korxonaning tutgan ulushiga qarab raqobat ko’rsatkichlari aniqlanadi:
a) Ilg’or - 40 foiz;
b) Ilg’orga davogar - 30 foiz;
v) Davomchilari - 20 foiz;
g) Bozorda uncha omadi kelmagan - 110 foiz
Ushbu ko’rsatkichlarga asoslangan holda ham ularning raqobat darajasini aniqlashimiz va baho berishimiz mumkin.
Hozirgi zamonaviy sharoitda boshqarishda iqtisodiy uslubni birinchi o’ringa qo’yilishi xo’jalik hisobidagi korxona va uning sex, uchastkalarini asosiy prinsipi bo’lib, bunda moliyaviy va boshqaruv tahlili muhim ahamiyatga egadir. Faqat moliyaviy va boshqaruv tahlili tufayli jamoa faoliyatining iqtisodiy natijalari ob’ektiv baholanib korxonani har bir bo’limi, har bir ishchini umumiy natijadagi ulushi aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlilisiz xo’jalik mexanizmini to’g’rilash va uni takomillashtirishni amalga oshirib bo’lmaydi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlab qolmay, balki moddiy resurslardan oqilona tejamkorlik bilan foydalanishni rag’batlantiradi, shu bilan birga ishlovchilarni tejamkorlik ruxida tarbiyalaydi.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: | 1>
Do'stlaringiz bilan baham: |