Soliq akademiyasi


Mavzu bo’yicha tayanch iboralar



Download 1,17 Mb.
bet6/14
Sana23.03.2017
Hajmi1,17 Mb.
#5134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:


  • ishlab chiqarish hajmi;

  • mahsulot nomenkulaturasining tavsifi;

  • mahsulot assortimentining tavsifi;

  • mahsulot assortimentini tahlil etish uslublari;

  • ishlab chiqarish maromiyligi;

  • ishlab chiqarish maromiyligini buzilish sabablari;

  • maromiylikni korxona iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’siri;

  • mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar tasnifi;

  • tadbirkorlik omili;

  • mehnat omili;

  • tovar-moddiy zahiralar bilan ta’minlanganlik omili;

  • asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili.


Takrorlash uchun savollar





  1. Xo’jalik subektlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini tahlil etishning ahamiyati nimalarda ko’rinadi?

  2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o’rganishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo’ladi?

  3. Qanday axborot manbalaridan foydalaniladi?

  4. Mahsulot hajmini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ifodalab bering?

  5. Yalpi va tovar mahsuloti deganda nimani tushunasiz?

  6. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va uning dinamikasi qanday tahlil etiladi?

  7. Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti qanday tahlil etiladi?

  8. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi nima?

  9. Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishidan ko’rilgan brak qanday tahlil etiladi?

  10. Maromiylikning buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?

  11. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsatib bering?


6-MAVZU: MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR SOTISH HAJMI VA ULARNING O’ZGARISHIGA TA’SIR ETUVSHI OMILLAR TAHLILI
O’rganiladigan savollar:


  1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning mahsulot sotish jarayonlarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va manbalari

  2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish rejasining bajarilishi va dinamikasini tahlili

3. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

4. Mahsulotlarni sotish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini tahlili

5. Mahsulot sifatining tahlili

6. Sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini jamlash




  1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning mahsulot sotish jarayonlarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va manbalari

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha firma va kompaniyalarda mahsulotlarni eng avvalo sotish uchungina ishlab chiqarishni tashkil etadilar. Faqatgina buyurtmachi talabi asosida va iste’molchilarning didini mo’ljallab, barcha talabni qondirish maqsadida sifatli tovarlar ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Mahsulotlarning o’z muddatida sotilishi ishlab chiqarishni maromida davom etishini ta’minlaydi, boyliklarning aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar qoplanadi va firma foyda ko’rishni mo’ljallaydi. Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so’nggi bosqichidir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to’lovlarni amalga oshiradi, ya’ni, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini bajarishga, nobyudjet fondlariga ajratmalarni to’lashga, o’z ishchi va xizmatchilari bilan mehnat haqi yuzasidan to’lovlarni bajarishga, olgan kredit va qarzlarini qaytarishga, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlarni amalga oshirishga harakat qiladi. Bu hisob-kitoblarning o’z vaqtida bajarilishi turli xil jarima, iqtisodiy ogohlantirishlar va penyalar to’lashdan korxonani qutqaradi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’z vaqtida sotilishi korxonaning ijobiy moliyaviy natijaga erishishi, dividend to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirishi, mulk va mablag’larning uzluksiz hamda samarali aylanishi kabi ko’pgina moliyaviy ahvol munosabatlarini yaxshilash imkoniyatini tug’diradi. Sotish jarayonini muddatida bajarilishi korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot jarayonlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi, pul oqimlarini ijobiy bo’lishini ta’minlaydi. Bu fikrlarni oddiy ifodalash maqsadida quyida Mablag’larning korxona va firmalardagi harakat qilishini chizma shaklda keltiramiz:


Sotish bo’yicha rejaning bajarilishida Tayyor mahsulot va uning sifati muhim o’rin tutadi.



Tayyor mahsulot deb - barcha ishlov operatsiyalaridan o’tib, Tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, texnik nazoratdan o’tgan mahsulotga aytiladi. Tayyor mahsulot tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo’jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.

Sotish uchun mo’ljallangan mahsulot tovar mahsuloti deb nomlanadi. Uning tarkibiga sotish uchun mo’ljallangan Tayyor mahsulotlar, yarim Tayyor mollar, buyurtmachi korxona va muassasalar uchun bajarilgan sanoat xarakteriga ega bo’lgan ishlar kiradi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida narx turlari ko’payadi: ulgurji, chakana narxlardan tashqari yana ichki, xalqaro narxlar mavjuddir. Ichki narx tovarlarga davlat ichkarisidagi belgilangan narx, xalqaro narx esa tovarlarga xalqaro bozorda belgilangan narxdir. Bo’lardan tashqari Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ikki xil narx amal qiladi :



  1. Erkin narx.

  2. Davlat tomonidan belgilanadigan narx

Davlat tomonidan belgilanadigan narx keyinchalik qisqarib boradi, erkin narxning doirasi kengayib boradi. Korxonalar o’z ishlab chiqargan mahsulotlarini erkin narxda iste’molchilar bilan kelishilgan narxda sotishga intiladilar. Kamyob mollarni tovar birjasi orqali sotish, kim oshdi savdosi orqali sotish keng rivojlanadi.

Omborga qabo’l qilingan va xaridor korxonalariga jo’natilgan mahsulot buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha aks etiriladi. Biroq sexlardan mahsulot omborga qabo’l qilinganda uning haqiqiy tannarxi ma’lum bo’lmagani uchun mahsulot harakatini hisobda qabo’l qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda hisobga olinadi, ya’ni baholanadi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning mahsulot (ish, xizmat)larni sotish jarayonlarini tahlil qilishda moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


  1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmi bo’yicha belgilangan biznes-rejaning asosliligini aniqlash;

  2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish rejasining umumiy hajmda hamda shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda bajarilishiga ob’etiv baho berish;

  3. Mahsulot (ish, xizmat)larning sifat ko’rsattkichlarini o’rganish va ularning sotish hajmiga ta’sirini aniqlash;

  4. Mahsulot sotish hajmlarining dinamik o’zgarish sabablarini aniqlash va baho berish;

  5. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash va ularga baho berish;

  6. Shartnoma majburiyatlarini buzilishi, bajarilmaslik sabablarini aniqlash va unga baho berish;

  7. Mahsulot sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatib berish.

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish jarayonlarini tahlil etishda tahlil uchun kerakli bo’lgan axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

  • sotish jarayonlari bo’yicha dastlabki buxgalteriya hisobi ma’lumotlari;

  • “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” ma’lumotlari;

  • “Korxona (birlashma)ning mahsuloti bo’yicha hisobot”i ma’lumotlari;

  • boshqa qo’shimcha ma’lumotlar.


2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish rejasining bajarilishi va dinamikasini tahlili

Mahsulot sotish rejasini bajarilishi iste’molchilarga jo’natilgan tovar qismini o’rganishdan boshlanadi. Chunki jo’natilgan tovar bilan sotilgan mahsulot vaqt jihatdan farqlanadi. Iste’molchilarga jo’natilgan tovar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan muddat davomida hisob schyotiga pulni kelib tushmasligi tufayli korxonaning moliyaviy holati izdan chiqadi. Buning natijasida korxonaning byudjet, bank, mol yetkazib beruvchilarga bo’lgan qarzi ortib boradi, to’lov qobiliyati pasayadi. Bugungi kunda tovarlar uchun to’lov muddati 3 oy, ya’ni 90 kalendar kuni qilib belgilangan. 3 oydan oshgan qarzlarni muddati o’tgan qarz deb ataladi. Muddati o’tgan qarzlarni surunkali davom etishi bankrotlikka sabab bo’ladi.

Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)- xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o’zi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talabini to’la hajmda qondirshga qodir emasligi, shu jumladan, byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni ta’minlashga qodir emasligi.

O’zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi “bankrotlik alomatlari” deb ataladi. Bu moddada quyidagilar qayd etilgan. Yuridik shaxsning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran 9 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etadi.

Jismoniy shaxsning (tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiraYotgan shaxsning) pul mablag’lari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to’lov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran 6 oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, agar majburiyatlarning summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan oshib ketgan bo’lsa, uning bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.

Qarzdorning to’lov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora- tadbirlarni qo’llash lozim:



  • Ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;

  • Norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;

  • Debitorlik qarzlarni undirish;

  • Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;

  • Qarzdorning talabidan o’zganing foydasiga voz kechish;

  • Qarzdor majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi;

  • Qarzdorning to’lov majburiyatini tiklashning boshqa usullari.

Jo’natilgan tovarlarni tahlili uchun ma’lumotlar tezkor hisob va dastlabki hujjatlar hamda hisobotdan olinadi. Tovarlar iste’molchilarga tuzilgan shartnoma asosida jo’natiladi.
3. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
Rivoj topayotgan Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishdan ko’ra ko’proq ularni sotish muammosi oldingi o’ringa chiqadi. Korxonalar erkin faoliyat yurituvchi sub’ektlar sifatida oldi-sotdi munosabatlarini ham mustaqil belgilaydilar. Mahsulot, ish va xizmatlarni oldi-sotdi jarayonlari bozor munosabatlarining negizida turadi. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish mulkiy munosabatlardan kelib chiqqan holda o’zaro shartnomaviy kelishuvlarga tayanadi. Respublikamizdagi soliq qonunchiligiga asosan mahsulot ortib jo’natilgan va hisob hujjatlari qarshi tomonga (xaridor va buyurtmachilarga) taqdim etilgan bo’lsa, mahsulot sotilgan deb hisoblanadi. Mahsulotlarga egalik huquqi ular ortib jo’natilgan paytdanoq korxonadan chetlanadi va qarshi tomonga o’tadi. Ular bo’yicha hisob-kitoblar tomonlarning o’zaro kelishuvida hal etiladi.

Mahsulotlarni sotilgan deb hisoblashning odatda ikki sharti, ya’ni ular ortib jo’natilgan va korxona hisob raqamiga puli kelib tushishini xarakterlovchi “kassali usul” hamda ortib jo’natilgan va hisob hujjatlari taqdim etilgan paytdanoq sotilgan hisoblanuvchi “hisobga olish usul»i xarakterlanadi. Mulkga egalikning yangi huquqiy aspektlarida asosan ikkinchi usul tarkiblanadi. Shuningdek, butun butun hisob-kitoblar tizimi ham ushbu qonuniyat asosida tuziladi. Oldi-sotdi munosabatlarida yagona belgi shuki, ortib jo’natilgan yoki sotilgan mahsulotlar bo’yicha Mablag’larni undirib olish bevosita mulk egasining muammosidir.

Shartnomaviy munosabatlarda uning sub’ektlari o’zaro kelishuvining huquqiy aspektlari ifodalanadi, mahsulotlarni sotuvchi va sotib oluvchilar, ularning majburiyatlari, hisob-kitoblarning shakli, davri va shartlari, ularning buzilishida qo’llaniladigan choralar, ularning tartibga solinishi aks ettiriladi. Mahsulotlarni sotish ulgurji va chakana narxlarda amalga oshiriladi. Korxona tomonidan qo’llaniladigan narxlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.

Tahlilda mahsulot, ish va xizmatlarni sotish rejasining bajarilishi va dinamikasi, uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o’rganiladi. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi chizma va jadval misolida ko’rishimiz mumkin:

Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun tovar balansini tuzamiz. Tovar balansi ko’rsatkichlari Tayyor mahsulot xarakati nomli ma’lumotnomadan olinadi. Bu hisobot shaklida tayyor mahsulotning yil boshiga, yil oxiriga bo’lgan qoldig’i, ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hamda sotilgan mahsulot ulgurji bahoda va ishlab chiqarish tannarxida ifodalangan.

4.Mahsulotlarni sotish bo’yicha shartnoma majburiyatlari-ning bajarilishini tahlili

Istiqlol islohotlari tufayli boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari o’rnini egallagan Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida shartnoma barcha mulk shaklidagi korxona, muassasi va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni o’rnatuvchi asosiy huquqiy hujjatga aylandi. Yaqin o’tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan. Ammo, yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi xukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish uchun qo’llaniladigan bir vosita hisoblangan xolos. Qolaversa, ilgarilari shartnomaga uni tuzgan tomonlarning istak va manfaatlarini ifoda etuvchi to’la huquqli yuridik hujjat deb ham qaralmasdi. Ularni qo’llanilishi cheklangan bo’lib, hattoki, fuqarolarning o’zaro bitim tuzishi qonun yo’li bilan jazolanadigan ayb-chayqovchilik sifatida, qoralanar edi. Shu ma’noda, shartnomaning huquqiy maqomini tamomila o’zgartirish va umuman, shartnoma tuzish madaniyatini yuksaltirish borasida mamlakatimizda jiddiy ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga loyiqdir. Endilikda, shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to’lovlar tarzida amalga oshrilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o’rnida xizmat qila boshladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xo’jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to’g’risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.

Shartnoma ijrosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo’yadi, har ikki tomondagi korxonalar ishchilarining maosh ololmasligiga sabab bo’ladi.

Xo’jalik shartnomalarining malakali va puxta tuzilishi tomonlar majburiyatlarni noto’g’ri talqin etishlariga, sheriklardan biri shartnomaga noinsof munosabatda bo’lganida yoki uni beixtiyor buzib qo’yganida bu holat boshqa tomonga zarar keltirishiga imkon bermaydi. Korxona rahabarlari va tadbirkorlarning barchasida ham o’z faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bog’liq ma’suliyat hissi shakllangan, deb bo’lmaydi. Huquq idoralari o’tkazgan tekshirishlarda ayrim korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan shartnomalarni tuzish va ijro etishda qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ko’plab aniqlangan. Aksariyat rahbarlarda hozirgacha mulkdorlik tuyg’usi shakllanib ulgurmagan. Ba’zi rahbarlarda o’z xo’jaligining moddiy-moliyaviy natijalariga e’tiborsizlik kayfiyati qonun va sudlarga nisbatan nopisandlik bilan qarash holatida namoyon bo’lmoqda.

Sotish rejasining bajarilishi umumiy hajmda bajarilishidan so’ng shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda sotish rejasini bajarilishini aniqlash lozim. Bu ko’rsatkich orqali korxonaning shartnomaviy majburiyatlarga bo’lgan munosabatlariga va faoliyatiga baho beriladi.
5. Mahsulot sifatining tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahsulot sifatini yaxshilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sifat deganda mahsulotning tovarlilik darajasi va uning xaridorlar dididagi yuqori tasnifiy belgilarga hamda Mazkur mahsulot uchun belgilangan mamlakat va xalqaro standart me`rlariga egaligiga aytiladi. Tovarlilik darajasi uning taklif elementi sifatida o’z xaridoriga ega ekanligini, tasnifiy belgilari esa texnik-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik-iqtisodiy belgilarning muvofiqligini xarakterlaydi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga doimo katta e’tibor berib kelingan, chunki, aynan mahsulot sifati iste’molchilar ehtiyojini yaxshiroq qondirishga imkon beruvchi tovarlar mo’l-ko’lligi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining pul ko’rinishidagi ifodasining oshishiga, shuningdek, xalq xo’jaligi tarmoqlarida kapital qo’yilmalardan tejab qolish va foyda miqdorining o’sishiga imkoniyat beradi.

Mahsulot sifatini ikki kategoriya bo’yicha tarkiblash mumkin:


  • Oliy sifat kategoriyasi;

  • Birinchi sifat kategoriyasi.

Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o’rganiladi.

Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo’lgan talabni to’laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati ko’rsatkichlar sistemasi bilan o’lchanadi. Xarakterli hossalariga ko’ra o’z belgilangan hossasiga loyiqligi, pishiq va puxtaligi, chidamliligi, xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi ko’rsatkichlariga ko’ra farqlanadi.

Sifatni yaxshilanishi ishlab chiqarilgan mahsulotni qiymat shaklida ortishiga, foydani ko’payishiga olib keladi.

Mahsulot sifatini ifodalovchi ko’rsatkichlar sistemasi:



  1. Jami ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushi;

  2. Attestatsiyadan o’tgan va o’tmagan mahsulotlarni tutgan ulushi;

  3. Oliy nav (kategoriya)dagi mahsulot ulushi;

  4. Jahon standarti talablariga javob beradigan mahsulot ulushi;

  5. Eksport qilinadigan mahsulot ulushi, shu jumladan, yuqori rivojlangan sanoat korxonalariga;.

Umumiy ko’rsatkichlardan tashqari har bir mahsulotni individual xususiyatlari ham sifatni ifodalaydi. Masalan, sutning yog’lilik darajasi, ko’mirni issiqlik darajasi, ayrim mahsulotlarni chidamliligi, pishiq-puxtaligi; mahsulotni estetik ko’rinishga ega bo’lishi; texnologiyaga mosligi va h.k.

Reklamatsiya – bu iste’molchi tomonidan mahsulot sifati xususida bildirilgan e’tiroz demakdir.

Iste’molchi mahsulot yetkazib beruvchiga garantiya muddati davomida reklamatsiya bildirishi va jarima undirib olish huquqiga ega. Mahsulot butlangan (komplekt)ga ega bo’lishi kerak. Shundagina u tayyor mahsulot deb hisoblanadi.

Yengil sanoatda mahsulot nav (sort)larga bo’linadi. Mahsulot nav (sort)larga bo’linganda uning sifatini quyidagi ko’rsatkichlar orqali ifodalash mumkin:

1. O’rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti.

2. O’rtacha mahsulot birligini sotish bahosi.

Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi:



  • Foydalanilayotgan xom-ashyo va materiallar sifati;

  • Xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;

  • Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi;

  • Ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag’batlantirilishi va hakozo.

Bizning Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy ko’rsatkich bu O’zbekiston Davlat Standartlashtirish Qo’mitasi tomonidan belgilangan ko’rsatkichlardir.
6. Sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini jamlash

Sotish hajmini tahlilining xotima qismida ishga solinmagan ichki imkoniyatlar hisobiga mahsulot hajmini oshirish imkoniyatlari aniqlanmog’i lozim. Ishga solinmagan imkoniyatlar sotish hajmini oshirishga, foyda va rentabellikni ko’paytirishga qaratilmog’i lozim. Belgilanadigan tadbiriy choralar korxonaning barcha bo’g’inlarini o’z ichiga olishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy holat, moliyaviy natijalarni samaradorligini oshirishga qaratilmog’i lozim.

Mahsulot sotish hajmini oshirish rezervlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: raqobatga bardosh, yuqori talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarish, tayyor mahsulot qoldig’ini belgilangan me’yor darajasida saqlash, sifatsiz mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda realizatsiya qilish, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish, ombordagi tayyor mahsulot kamomadini (inventarizatsiya natijasiga ko’ra) undirib olish, mahsulot sifatini oshirish va h.k.

Tahlil natijalariga ko’ra korxona mahsulot sotish hajmini oshirish imkoniyatlariga ega.




Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish