37
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson
shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi -
bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib
xizmat qildi.
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim
jihatlaridan biri shundaki, bu
yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu
Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi.
Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy
madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi.
Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat”
(Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833)
davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman
soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo
namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.
Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam
olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan
son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab
tiliga tarjima etildi va
xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon
madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining
gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy
obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar,
ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan
Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir.
Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari
«Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay
jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan
Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni,
qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik,
yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy
o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida,
savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar,
minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab
karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l
va boshqa joylarda
ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda
10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, Х I asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning
«qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining
sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir.
Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni
bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni,
saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari
porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».
2
X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm Ma’mun
akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi.
Yurt
obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy
ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki,