23
hayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in’ikos etgan. Shu bilan birga uy hayvonlari g’am
tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi o’troq holda hayot kechirayotgan
odamlarning tevarak-atrofni o’ziga buysundirish, ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini
tuhunishda muhim rol’ o’ynaydi.
Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda
kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda
bajarilgan. Ularning tashqi bezagiga e’tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik hum yuzasi
chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy
buyumlar ishlash san’ati ham keng tarqala boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya
borgan. Bu o’rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi bo’rtma tasvirlar, jangchilar obrazi
diqqatga sazovordir. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan.
Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan.
O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo
bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda.
Хususan, 2000 yilda Janubiy Тurkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning
biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi.
Janubiy Тurkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis Т.
Sharlachlarning fikricha, bu hildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin
shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200
yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo’lib, undagi mixxat
yozuvlar «Lukaks xo’jalik va qullar hukmdori», deb o’qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza
davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o’zaro aloqalardan dalolat
beradi.
Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham
piktografik beigi-yozuvlar topilgan. Тadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton
yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning
bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini
ko’rsatadi. Shuningdek, Sheroboddagi G’oz qishlog’i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan
tosh o’g’ir (keli) topilgan bo’lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo’lgan piktorafik belgi-yozuv
mavjud. Sh. Shaydullayev bu beigini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri «haqiqat»,
yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, «charxpalak» deb o’qilishi mumkinligini taxmin qiladi.
Хullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o’lkamiz hududlarida yozuv paydo bo’lganligi
ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga yanada oydinlik kiritishi
shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: