Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


YO’qotilgan ish haqi (daromad) -



Download 2,31 Mb.
bet146/177
Sana31.12.2021
Hajmi2,31 Mb.
#260376
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177
Bog'liq
Soliq akademiyasi

YO’qotilgan ish haqi (daromad) - Mehnat kodeksi 190-moddasining birinchi qismiga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan zarar jabrlanuvchining mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to’lovdan iboratdir. Kasbga oid mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (ТMEK) tomonidan aniqlanadi va Mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnatga layoqati yo’qotilishi darajasini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq sog’liqqa shikast yetkazilishi oqibatlariga bog’liq holda 5%dan 100%gacha doirada belgilanadi.

Fuqarolik kodeksining 1007-moddasiga ko’ra jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig’i undiriladigan o’rindoshlik ish joyi bo’yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug’ruq ta’tillari davri uchun to’langan nafaqalar kiritiladi. Ushbu barcha ish haqi turlari (daromadlar) soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi.

Jabrlanuvchining yo’qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo’yilmalari yoki paylari bo’yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to’lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to’xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).

O’rtacha oylik ish haqi xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to’lash qoidalarining (bundan keyin - Qoidalar) II bo’limi bilan belgilangan tartibda aniqlanadi.

12 oydagi ish uchun o’rtacha oylik ish haqi (daromad) ish haqining umumiy summasini (daromadni) 12 ga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda 12 oydan kam ishlagan taqdirda, o’rtacha oylik ish haqi (daromad) haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo’lish yo’li bilan hisoblab chiqariladi.

Jabrlanuvchi to’liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko’ra bundan oldin to’liq ishlanmagan oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish mumkin bo’lmaganda hisoblashdan chiqariladi. Agar jabrlanuvchi zarar yetkazilgan paytda ishlamayotgan bo’lsa, uning xohishiga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo’lgan ish haqi (daromadi) yoxud mazkur joyda uning malakasidagi xodimga to’lanadigan, ammo EKIHning 5 karrasidan kam bo’lmagan odatdagi haq to’lash miqdori hisobga olinadi (FK 1007-moddasining oltinchi qismi).



MISOL. Хodim 2012 yil martida mehnatda mayib bo’ldi. Kasbiy mehnatga layoqatning yo’qotilgan darajasi ТMEKning xulosasiga ko’ra 40% qilib belgilandi.

Хodimning asosiy ish joyidagi ish haqi 600 000 so’mni tashkil qilgan (mehnatda mayib bo’lgan yildan avvalgi yil mobaynida). shuningdek u fuqarolik-huquqiy shartnoma bo’yicha joriy yilning apreli, iyuni va dekabrida 350 000 so’mdan olgan.

O’rtacha oylik daromadni hisoblaymiz:

[(600 000 x 12) + (350 000 x 3)] / 12 = 687 500 so’m.

Qoplanadigan yo’qotilgan daromadni hisoblaymiz:

687 500 x 40% = 275 000 so’m.

Agar mehnatda mayib bo’lishi oqibatida jabrlanuvchi avvalgi ishini bajara olmasa, ish beruvchi uning xohishiga ko’ra ТMEKning xulosasiga muvofiq o’z hisobidan uni yangi kasbga o’rgatishi ham shart. O’rgatish vaqtida jabr-lanuvchiga mehnatda mayib bo’lishiga qadar olgan o’rtacha oylik ish haqi (daromad) to’lanishi kerak.

Mazkur to’lovlar har oyda amalga oshirilishiga qaramay, uzrli sabablar bo’lgan taqdirda sud ish beruvchining imkoniyatlarini hisobga olib, jabrlanuvchining talabi bilan unga tegishli to’lovlarni bir yo’la, lekin 3 yildan oshmagan vaqt uchun to’lashni belgilashi mumkin (FK 1014-moddasining ikkinchi qismi).


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish