________ chorak uchun xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi to’g’risidagi
MA’LUMOТNOMA-HISOB-KIТOB
(qurilish tashkilotlari tomonidan to’ldiriladi)
|
Bunda, yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari bo’yicha soliq hisoboti to’lash muddatlari saqlangan holda hisob-kitoblarni taqdim etish chorakka o’tkazilgan va birlashgan hisob-kitobda quyidagi satrlar nazarda tutilgan:
- chorakning birinchi oyi oxiriga;
- chorakning ikkinchi oyi oxiriga;
- chorakning uchinchi oyi oxiriga.
va
- chorakning birinchi oyi uchun;
- chorakning ikkinchi oyi uchun;
- chorakning uchinchi oyi uchun.
Yagona ijtimoiy to’lov va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari hisob-kitobi Soliq kodeksining 306-moddasiga asosan 011-satr "O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs - O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari (**) bilan to’ldirilib, unda tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar, biroq O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmagan miqdorda ko’rsatiladi.
Hisob-kitobning 1-ilovasi "Yagona ijtimoiy to’lov hisoblanmaydigan to’lov turlari" va Hisob-kitobning 2-ilovasi "Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari hisoblanmaydigan to’lov turlari" Soliq kodeksining 308-moddasi talablariga asosan qayta ko’rib chiqilgan.
"Yagona ijtimoiy to’lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida"gi nizom (AVdagi qayd soni 2095, 2010 yil 13 aprel) asosida to’ldiriladigan Ma’lumotnoma-YaIТning eng kam miqdori hisob-kitobi va Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi to’g’risida nizom (AVdagi qayd soni 2200, 2011 yil 23 fevral) asosida chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tomonidan to’ldiriladigan xodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondi to’g’risidagi ma’lumotnoma-hisob-kitob yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari bo’yicha soliq hisoboti tarkibiga kiritilib ular alohida topshirilmasdan hisob-kitob bilan birga topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |