NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
Mol-mulk solig’i bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Yer solig’i bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi bo’yicha soliq hisoboti shakliga to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha soliq hisoboti shaklini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
6-MAVZU: KICHIK BIZNES SUB’EKТLARI ТOMONIDAN ТO’LANADIGAN SOLIQLAR VA MAJBURIY ТO’LOVLAR HISOBI
REJA.
Yagona soliq to’lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi.
Yagona yer solig’i va hisoboti.
Тadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi.
Тayanch so’zlar:
(Тadbirkor, mikrofirma, kichik korxona, yagona soliq to’lovi, yagona yer solig’i, qat’iy soliq, soddalashtirilgan hisob, soddalashtirilgan hisobot, soliq hisobi, soliq hisoboti)
1. Yagona soliq to’lovini hisoblash va hisob kitoblarni taqdim etish tartibi.
Iqtisodiyotimizning muhim tayanchiga aylanib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash, soha uchun soliq yukini kamaytirish ishlari va to’lanadigan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bilan birga soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan soliqlar ham amal qiladi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi deganda – soliq solishning ayrim toifadagi soliq to’lovchilar uchun belgilanadigan hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lashning, shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus qoidalari qo’llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi tushuniladi.
2005 yil 20 iyunda Prezidentning "Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko’rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo’naltirilgan va asosiy masalalar tartibga solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o’zgarishi, birxillashtirilgan soliq to’lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to’lovi to’lovchilari uchun imtiyozlar va qo’shimcha preferensiyalar berilishi.
Yagona soliq to’lovini to’lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo’l va ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi jamg’armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida to’lanmaydi.
Soliq Kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi mumkin:
yagona soliq to’lovi;
yagona yer solig’i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |