Soliqni to’lovchilar bo’lib quyidagilar; - Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Soliq solinadigan faoliyat turlarining ro’yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi soliq to’lovchilar faoliyatning Soliq to’lash tatbiq etiladigan qismiga doir soliq solishning boshqa tartibini tanlash huquqiga ega emas.
Soliq to’lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo’yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan soliqlarni to’lashlari shart.
Asosiy faoliyat turi bo’yicha Soliqni to’lovchilar bo’lgan yuridik shaxslar uchun Soliq kodeksining 132-moddasida nazarda tutilgan boshqa daromadlarga soliq solinmaydi, dividendlar va foizlar, birgalikdagi faoliyatdan olingan daromadlar, shuningdek ijaradan olingan daromadlar bundan mustasno.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda umumbelgilangan soliqlar yoki yagona soliq to’lovi joriy etiladi.
Soliq kodeksi 370-moddasida ko’rsatilgan, faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Soliq kodeksining 372 va 373-moddalarida nazarda tutilgan tartibda soliqni to’laydi.
1-MISOL. Korxonaning asosiy faoliyat turi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash (Тoshkent sh.). Asosiy faoliyat turidan tashqari, ilgari foydalanishda bo’lgan yumshoq mebelni sotishdan (200 ming so’m) va bo’sh joyni ijaraga berishdan daromad olingan. Korxona MCHJning ta’sischilaridan biri ham hisoblanadi. Yil yakunlari bo’yicha unga 7 200 ming so’m miqdorida dividend hisoblangan. Korxona asosiy faoliyat turi bo’yicha (avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash) har oyda quyidagilarni to’lab boradi: - egallagan yer maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan soliq*; - Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo’yicha pulli xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im, u joylardagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan o’rnatiladi (O’zR Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan chegaralangan stavkalardan oshmagan miqdorda**). Dividenddan soliq to’lov manbaida ushlab qolinadi va u 720 (7 200 x 10%***) ming so’mni tashkil qiladi. Korxona dividend shaklidagi daromadni dividend solig’ini chegirib qolgan holda korxonaga 6 480 (7 200 - 720) ming so’mni o’tkazib beradi. Mol-mulkni ijaraga berish faoliyati boshqa faoliyat turi hisoblanib, bu bo’yicha alohida hisob yuritish va soliqlarni umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan tartibda to’lash kerak bo’ladi (Soliq kodeksi, 371-modda). Agar korxona ishchilar soni bo’yicha kichik korxona va mikrofirma hisoblansa, soliq solish tizimini tanlash huquqiga egadir. Agar yirik korxona hisoblansa, soliqlarni (foyda solig’i, QQS va boshqalar) umumbelgilangan tartibda to’lashi kerak. Ilgari foydalanishda bo’lgan yumshoq mebelni sotishdan olingan daromad (200 ming so’m) Soliq kodeksining 132-moddasiga asosan boshqa daromad hisoblanib, unga soliq solinmaydi (Soliq kodeksi 371-moddaning 4-qismi). Soliqni hisoblab chiqarish yangi shakllarda kuyidagicha belgilangan.
15-chizma