YaSТning eng kam miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan, soliq to’lovchining asosiy faoliyat turidan kelib chiqadigan stavka bo’yicha aniqlanadi. U hisobot davri uchun (chorak - mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun, oy - qolganlar uchun) o’sib bormaydigan yakun bilan hisoblab chiqariladi. Bir nechta turg’un savdo shoxobchalariga ega bo’lgan savdo korxonalari ularning har biri bo’yicha YaSТning eng kam miqdorini savdo shoxobchasi joylashgan joyda belgilangan qat’iy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib belgilaydilar.
YaSТning hisob-kitob summasibutun korxona bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni qo’llamagan holda hisobot davri uchun soliq solinadigan yalpi tushumni (o’sib bormaydigan yakun bilan aniqlanadi) YaSТning belgilangan stavkasiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi (2012 yilga chakana savdo korxonalari uchun stavkalar PQ-1675-son qarorga 9-2-ilovada belgilangan).
Agar YaSТning eng kam miqdori hisob-kitob summasidan ko’p bo’lsa, oshgan summaga YaSТ qo’shimcha hisoblab yoziladi(2134-son Nizomning 7-bandi).
MISOL. Chakana savdo qiluvchi kichik korxona Angrenda nooziq-ovqat tovarlarini sotadi. I chorak uchun yalpi tushum 30 000 ming so’mni, shu jumladan plastik kartochkalar qo’llagan holda 19 ming so’mni tashkil qildi.
I chorak uchun YaSТning hisob-kitob summasi 1 200 ming so’mni (30 000 x 4%), YaSТning eng kam miqdori esa 1 226,94 ming so’mni (62 920 x 6,5 x 3, bu yerda 62 920 so’m - belgilangan EKIH, 6,5 - qat’iy belgilangan soliq stavkasi, 3 - chorakdagi oylar soni) tashkil qiladi.
YaSТning hisob-kitob summasi eng kam ish haqi miqdoridan oz. Тegishincha, YaSТni qo’shimcha hisoblab yozish summasi aniqlanadi - 26,94 ming so’m (1 226,94 - 1 200). Uni plastik kartochkalarni qo’llagan holda tovarlar realizatsiyasidan tushumdan olinadigan soliq stavkasini 10%ga kamaytirish tarzidagi imtiyozni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan YaSТga qo’shish kerak.
Plastik kartochkalarni qo’llagan holda olingan tushumga (19 000 ming so’m) pasaytirilgan stavka bo’yicha soliq solinadi - 3,6% (4 - 4 x 10%), 11 000 ming so’m tushumga esa 4%lik stavka bo’yicha YaSТ solinadi. Shu tariqa, imtiyozni hisobga olgan holda YaSТ 1 124 ming so’mni (19 000 x 3,6% + 11 000 x 4%) tashkil qiladi.
Qo’shimcha hisoblashni inobatga olgan holda I chorak uchun 1 150,94 ming so’m (1 124 + 26,94) YaSТ to’lanadi.
Hisob-kitob qilingan YaSТ eng kam miqdordan oshib ketgan taqdirda qo’shimcha hisoblash amalga oshirilmaydi, byudjetga YaSТ hisob-kitobi bo’yicha, ya’ni imtiyozni inobatga olgan holda hisoblab chiqarilgan summa to’lanadi.
Yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan tushum soliq to’lovchining yalpi tushumiga to’liq miqdorda qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |