Yuridik shaxslar yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob - kitoblarni o’zlari to’lovchilar sifatida ro’yxatga olingan tuman soliq inspeksiyalari bilan yuritadilar.
Хo’jalik hisobida bo’lgan korxonalar va tashkilotlar bo’yicha: Pensiyajamg’armasigaajratmalarni hisobgaolishdaquyidagischyotlardanfoydalaniladi:
4520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga bo’nak to’lovlari";
6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar".
4520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga bo’nak to’lovlari" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya jamg’armasiga hisobot davrida o’tkazib berilgan bo’nak to’lovlari hisobga olinadi.
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D - t 4520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga bo’nak to’lovlari"
K - t 5110 - "Hisob - kitob schyoti";
6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar tomonidan Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Pensiya jamg’armasiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha provodkalar beriladi:
Kapital qo’yilmalar bo’yicha sug’urta to’lovlari hisoblandi: D - t 0810 - 0890;
K - t 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar".
Хarajatlarga tegishli sug’urta to’lovlari hisoblandi: D - t 2010, 2310, 2510, 9420;
K - t 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar".
Хodimning ish haqidan ushlanadigan sug’urta to’lovlari hisoblandi: D - t 6710 - "Хodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar";
K - t 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar".
Hisobot davri yakunida Pensiya jamg’armasiga ilgari to’langan bo’nak to’lovlari yakuniy hisob - kitob qilish uchun 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar" schyotiga o’tkaziladi: D - t 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar"
K - t 4520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga bo’nak to’lovlari".
Shundan so’ng Pensiya jamg’armasiga bo’lgan qarz to’lovlari o’tkazib beriladi: D - t 6520 - "Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar";
K - t 5110 - "Hisob - kitob schyoti".
Yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sug’urtasi xarajatlari bo’yicha to’lovlar hisobi va hisoboti.
Pensiya jamg’armasi shakllanishining boshqa elementlari ham bor:
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining’ 15 - moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo’lganlarga pensiya to’lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag’lar;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 14 - moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12 - moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to’lash xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag’lari.
Amaliyotning ko’rsatishicha, ishlab chiqarishda jarohat olish ehtimoli doim bo’ladi. Shu sababli ayniqsa ishlab chiqarish baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga duchor bo’lgan kishilarga qonun hujjatlarida kafolatlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan.