Солиқ академияси



Download 1,7 Mb.
bet23/42
Sana09.02.2017
Hajmi1,7 Mb.
#2130
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42

SHuningdek, o‘qituvchi-pedagog pedagogik muloqotni tashkil qilar ekan, talabalarda noxush

kechinmalar, salbiy tuyg‘ularning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi va guruhda ishchanlik, ko‘tarinkilik,

hamkorlik va ijodkorlik vaziyatini yarata bilishi juda ahamiyatlidir.

Xullas, oliy o‘quv yurtlarida pedagogik muloqot turli vaziyatlarda, ya’ni darsda va kurs ishlari,

referatlar tayyorlashda hamda pedagogik amaliyot jarayonida ro‘y beradi va talabaning bo‘lajak mutaxassis

sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari talabalar bilan o‘tkaziladigan turli ijtimoiy,

madaniy-ma’rifiy mavzularga bag‘ishlangan munozaralar ham ularning ma’naviy yuksalishiga xizmat

qiladi.


Talabaning erkin mulohaza yuritishi, xulosalarini aniq bayon qilishi, o‘zgalar fikriga e’tiborli,

sabr-toqatli bo‘lishi muloqotni tashkil qilishning muhim shartlaridandir.


Buguni talaba – ertangi etuk mutaxassis sifatida shakllanar ekan, uning ko‘z o‘ngida unga sabr-

toqat va mehr-shafqat bilan saboq bergan ustozlari gavdalanadi. O‘zgalar bilan insoniylik nuqtai

nazaridan muomalada, munosabatda, muloqotda bo‘ladigan o‘qituvchi-pedagoglar o‘z shogirdlari qalbida

mangu saqlanib qoladilar va yo‘lchi yulduzdek ularning hayot yo‘lini yoritib, yuksaklikka chorlaydilar.

Tayanch iboralar:

Muloqot, muomala, ta’lim, tarbiya, madaniyat, muomala madaniyati, insonparvar, axloq, shaxs,

pedagogik muloqot, muomala testi, kommunikativ, interaktiv, perseptiv, fikr, erkin fikr, mutaxassis

Nazorat uchun savollar

1. Muloqot deganda nimani tushunasiz?

2. SHaxslararo insonparvar-axloqiy muloqotning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

3. “Muloqot va faoliyat” tushunchasini izohlang.

4. Muomala nima?

5. Muomala madaniyati nima?

6. Pedagogik muomala nima?

7. Pedagogik muloqot yuksak malakali mutaxassis shaxsini shakllan-tirishda qanday ahamiyatga ega?

Asosiy adabiyotlar

7. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1997.

8. Ataeva N. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va

texnologiya, 2011 yil.

9. Rashidov H.F. va boshqalar. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi.

/O‘quv-uslubiy qo‘llanma (Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun). –T.:

O‘MKHTTKMO va UQTI, 2007. – 200 b.

10. Sarsenbaeva R.M., Doniev B.B. Umumiy pedagogika. /O‘quv-uslubiy qo‘llanma.

Samarqand: SDCHTI, 2008. – 80 b.

11. Mavlonova R., To‘raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.

12. Yo‘ldoshev J., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: Iqtisod-

moliya, 2009. – 608 bet.

www.bilimdon.uz. – O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus pedagogik

vazirligining veb sayti.

6-mavzu: O‘QUV-TARBIYAVIY VAZIYATLARNI LOYIHALASHTIRISH

ASOSLARI

Reja:


1. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalash

2. Loyihalash jarayonining ob’ekti va muammolari

3. Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish

4. Oiladagi tarbiyaviy majburiyatlar va vazifalar

5. Tarbiya – o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatida

1. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni loyihalash.

Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo‘lib, uning natijasi, ko‘p jihatdan, tayyorlangan

didaktik loyihaga bog‘liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. Talabalarning bilish

faoliyatini didaktik loyihaga ko‘ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har

qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo‘lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham

kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko‘p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo‘lganidek,

didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo‘lgan masofada ta’limning samarali

usullari, vositalari ko‘p topiladi. Bu erda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo‘lib, ta’limning samarali

shaklini tanlashda o‘qituvchiga yordamga keladi.

Demak, maqsaddan etalonga etib kelguncha o‘qituvchi (pedagog) va talaba ongi juda ko‘p

hodisalar bilan uchrashadi. Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va ta’lim mazmunini atroflicha

tahlil qilish yo‘li bilan o‘quv-tarbiya jarayonining umumiy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, pedagog va
talaba maqsadlarining uchrashgan nuqtalarida (o‘qitish maqsadi, o‘qish maqsadi) ta’limning didaktik

maqsadini belgilash asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yo‘llari bilan mo‘ljaldagi etalonga

erishishdir. Umuman, ta’lim jarayonini loyihalash haqida gap ketganda o‘zaro daxldor quyidagi hodisalarni

bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi: ta’limni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshirish; ta’limning

joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihaga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish; ta’limni takrorlash va

yakuniy nazoratdan iborat. Pedagog ta’lim natijasini tez-tez tekshirib, talabalarni o‘zlari erishgan

yutuqlardan ogoh qilib turadi va talabalar o‘zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini

yanada ko‘paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. Talabalar ta’limning

zaruriyligini, ular ta’lim jarayonining haqiqiy sub’ektiga aylangan paytida sezishadi.

Ta’lim jarayoni bo‘yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat: ta’lim loyihasini tayyorlash va

loyihani amalga oshirish.

1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o‘qituvchi yoki ekspert a’zolari tuza olish

faoliyatining mahsuli bo‘lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida pedagog va talabalarning

kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi.

Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan

boshlanadi. Tahlil ma’lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko‘nikma va malakalar, ijodiy faoliyat

tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi.

Keyin ta’lim mazmuni o‘rganiladi, u yoki bu mavzuni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, ta’limning

didaktik maqsadi, pedagog va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari,

beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo‘yicha o‘tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari,

etalon darajasida o‘zlashtirish usuli oldindan belgilab qo‘yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim

modelini yaratishga olib keladi.

2. Ta’lim loyihasini amalga oshirish. Ta’lim loyihasi bevosita ta’lim sharoitida amalga

oshiriladi. Bu jarayonda quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:

- o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha maqsad, vazifalar bilan talabalarni oldindan tanishtirish,

muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalari, mustaqil bajariladigan ishlarni, ularni bajarish tartibi,

paytini e’lon qilish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish, o‘zlashtirish me’yorlarini

aytib berish;

- talabalarni faol, mustaqil faoliyatga rag‘batlantirish, ular diqqatini bo‘lim yoki mavzu

mazmuniga tortish, uni qanday o‘rganish zarurligini aytib berish, bilishga qiziqish uyg‘otish, o‘qish-

o‘rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg‘otish, emotsiyalar, tafakkur hodisalari, bilimlarni

o‘quv holatlariga tatbiq etish yo‘llari orqali mavzu bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, to‘plangan ma’lumotlar

yuzasidan joriy nazoratni tashkil etish, mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga oid o‘zgarish, qo‘shimcha,

tuzatishlarni belgilash;

- bo‘lim yoki mavzu bo‘yicha to‘plangan bilimlarga ishlov berish.

Ta’lim jarayoni stoxastik xarakterga ega. Unda kutilgan va kutilmagan, rejalashtirilgan,

favqudlodda va tasodifiy hodisalar ham uchrab turadi. O‘rganilgan bilimlarga ishlov berish jarayonida ham

joriy nazorat natijalariga asoslanib loyihaga yangi o‘zgarish, qo‘shimcha va tuzatishlar kiritiladi;

- bo‘lim yoki mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalarni murakkab

o‘quv holatlariga tatbiq qilish, oraliq nazorat natijalariga ko‘ra mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha axborot

to‘plash, to‘plangan axborotlarga ishlov berish jarayonlarida talabalar erishgan yutuqlarni tahlil qilish,

talabalarning bilim va malakasi, ijodiy faoliyat tajribasidagi kamchiliklarini ko‘rsatish, guruhdagi har bir

talabaga yakuniy nazoratgacha bajariladigan qo‘shimcha topshiriqlarni berish, ularni o‘quv materialini

yanada atroflicha o‘zlashtirishga rag‘batlantirish;

- yakuniy nazoratning asosiy vazifasi talabalarning ma’lumot va ta’lim mazmuni elementlarini

etalon darajasida o‘zlashtirishlarini aniqlash, etalon darajasidan past o‘zlashtirgan talabalarni ogohlantirish,

qo‘shimcha topshiriqlar berish kabilardan iborat.

2. Loyihalash jarayonining ob’ekti va muammolari. Loyihalash hozirgi kunda pedagogik

jarayonning muhim tomonlaridan bo‘lib, malakali ishlab chiqilgan pedagogik jarayon texnologiyasi va

boshqa ob’ektlar o‘qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilarni shaxs sifatida shakllantirishda salbiy ta’sir

etuvchi faktorni yo‘qotib, shu bilan birga har bir ta’lim oluvchiga pedagogik tizim tomonidan qabul

qilingan individual sharoitlar yaratadi.

Pedagogik loyihalashning umumiy algoritmi quyidagilardan iborat:

Loyihalash ob’ektining tahlili.

Loyihalash shakllarini tanlash.

Loyihalashtirishni nazariy ta’minlash.

Loyihalashtirishni metodik ta’minlash.

Vaqt bilan ta’minlash. (ma’lum vaqt va hajmda ishlash).

Loyihalashni moddiy va texnik ta’minlash.

Loyihalashni huquqiy ta’minlash. (pedagogik tizim va jarayonda)


Kompyuter orasidagi aloqani yo‘lga qo‘yish.

Hujjatlarni rasmiylashtirish.

Loyihaga mutaxassislarning bahosi.

Loyihalarni tasdiqlash va foydalanishga berish.

Loyihani tasdiqlashda birinchi o‘rinda tayyorlangan loyiha kafedra himoyasiga beriladi, so‘ngra

tegishli markazlarga yuboriladi. Bu markazlar loyihaning yutug‘i, maqsadi, o‘quv materiallarining

mazmuni, metodlari va shakllariga o‘z bahosini chiqaradi.

3. Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish

Ta’limda yoshlarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish, ularning qobiliyati va

iste’dodlarini rivojlantirish jarayonida baholash va bilimlarni tekshirib turish muhim ahamiyat kasb etadi.

Baholash ta’lim tizimida foydalanilayotgan metodlar qanchalik samarali ekanligini, talabalarning

o‘zlashtirish darajasini aniqlashga yordam beradi. Albatta ta’lim tizimini samarali bo‘lishi pedagog

kadrlarning tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Pedagog birinchi galda o‘z kasbini sevishi, hurmat qilishi,

talabaga katta qiziqish va mehr bilan qarashi, jamiyat oldidagi o‘zining katta mas’uliyatini his qila olishi

shart. Pedagog har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi,

o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat

uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan

bo‘lishi pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olishi, o‘z faoliyatini tahlil qila olishi va

xulosalar chiqara olishi kerak.

Ta’lim oluvchilarning asosiy o‘quv faoliyati bilimlarni o‘zlashtirish bo‘lib, quyidagi

komponentlarni o‘z ichiga oladi: o‘quv materiallarini qabul qilish, fikrlash, egallab qolish va qo‘llash. Bu

komponentlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, o‘quv jarayonida ketma-ket qo‘llanilib butun bir o‘quv

jarayonini tashkil etadi.

Ta’lim oluvchining o‘quv materialini qabul qilishi.

O‘quv materialini qabul qilish o‘quv jarayonining eng muhim qismidir. O‘quv materialini

yaxshi qabul qilinishi o‘quv ishlab chiqarish faoliyatida mustahkam fundament rolini o‘ynaydi.

O‘quv materialini samarali o‘zlashtirishning ichki sharoitlari.

O‘quv materialini samarali o‘zlashtirish uchun eng avvalo ta’lim oluvchining ichki ehtiyoji

bo‘lishi kerak. Ichki o‘zlashtirish javob bergandan imtihongacha esda saqlanib javob berib bo‘lganidan

keyin esdan chiqadi. O‘zlashtirishning muvaffaqiyati ta’lim oluvchining faoliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

CHunki ta’lim oluvchi berilayotgan materiallarga qiziqsa va o‘z ustida ishlasa o‘zlashtirishning eng yuqori

cho‘qqisiga erishishi mumkin.

O‘zlashtirishning ichki faktlaridan yana biri berilayotgan materialni ta’lim oluvchi

tomonidan tushunishdir. CHunki ta’lim oluvchi mavzuni tushunmasa, qancha o‘z ustida ishlamasin, oldingi

mavzular bilan bog‘liq bo‘lmasa, mavzuning o‘zlashtirilishi sodir bo‘lmaydi va juda sayoz bo‘ladi.

Qabul qilishning tashqi faktorlari.

O‘quv materialini qabul qilishning asosiy faktorlari asosan o‘quv materialining

mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Uning qiyinligi, o‘quv materialida qo‘llaniladigan texnik materiallar aniq va

abstraktligiga, amaliyotga bog‘liqligiga qarab farq qiladi.

Eslab qolish.

O‘quv materialini qabul qilishning eng muhim komponenti bu yangi materialni eslab

qolishi va xohlagan vaqtda uni nazariy va amaliy qo‘llay olishdir. Ta’lim oluvchi o‘quv materiali bilan faol

ishlaganda uni yaxshi eslab qolib, samarali qo‘llaydi. Eslab qolishning eng asosiy samaradorligi ta’lim

oluvchining irodaviy xususiyatlariga bog‘liq.

Bilimlarni qo‘llashda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

Bizga ma’lumki bilimlarni amaliy faoliyat davomida qo‘llay bilish, bilimlarni egallaganlik

darajasini ko‘rsatadi. Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish, ya’ni laboratoriya ishlarini bajarish

davomida egallagan bilimlar asosida uy vazifasini bajarish, bilimlarni mustaqil egallashdan iborat. Bu

jarayonda bilimlar kengayib mukammallashib chuqur o‘zlashtirilgan bilimga aylanadi.

Ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishda o‘z ustida mustaqil ish olib borishi ham

muhim ahamyait kasb etadi. SHaxsiy bilimlarni oshirish, ta’lim olishning alohida turi hisoblanib, o‘z-

o‘zini o‘qitish jarayoni ko‘proq ta’lim oluvchining zimmasiga yuklatiladi. Bu jarayonda ijtimoiy-

psixologik shartlar quyidagilar hisoblanadi:

Ta’lim oluvchining shaxsiy kasbiy malakasining yuqoriligi.

Mutaxassislarning bilim darajasi mehnatni raqobatbardoshligini ko‘taradi.

Hozirgi zamon texnologiyalari va mutaxassislar faoliyati ishsizlikni keltirib chiqarib, ishsizlarni

yangi mutaxassislik turiga qayta o‘qitishni taqoza etadi.

Dunyo iqtisodiyotining rivojlanishi mutaxassis kadrlar bilimini mukammallashib boriga olib

keladi.

Ta’limning samaradorlik mezoni


Asosiy samaradorlik kriteriyasiga mutaxassislik kiradi:

malakaviy faoliyatda mustaqillik hissi;

mehnat xavfsizligiga amal qilgan holda texnik talablarni bajarish;

ishlab chiqarishda vaqt va normalarni bajarish;

kasbiy faoliyatda fikrlash va o‘z-o‘zini nazorat qilib borish;

mehnat madaniyatiga qat’iy amal qilish;

mehnat faoliyatiga ijodiy yondoshish;

bajarilgan ish uchun mas’uliyat his qilish kabilar kiradi.

4. Oiladagi tarbiyaviy majburiyatlar va vazifalar.

Oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan

boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy

munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u

ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.

Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham

jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Buni biz 1998 yil mamlakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi misolida ko‘rishimiz

mumkin. SHu munosabat bilan hukumatimiz ishlab chiqqan tadbirlar oilani ijtimoiy muhofaza

qilish, oilada yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, oilaning huquqiy tamoyillarini

kengaytirish va boshqa oilani mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. Prezidentimiz

I.A.Karimov aytganlaridek: ”Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila ahil va

totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik

hukm suradi. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir”.

SHuni unutmaslik lozimki, farzandlarimizning har tomonlama kamol topishi uchun qulay

sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. YOsh avlod hayotining ko‘p

qismi oilada o‘tadi. SHu boisdan turmushning murakkab muammolari bilan oilada tanishadilar.

Oiladagi mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-

qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosimlar tarbiyaning qudratli quroliga

aylanadi.

Kelajagimizning qanday bo‘lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq.Bu

qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog‘liq. Oilaviy tarbiyaning murakkabligi

shundaki, har bir oila o‘ziga xos bir olam. U tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon

qiladi.


Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan yosh

avlod farovonligini ta’minlash mumkin. Oila tarbiyasidagi yutuqlar ota-onalarga pedagogik

bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar almashishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga

qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir.

Har bir ota-ona o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va mas’uliyatlarini chuqur

anglashlariga bog‘liqdir. Bundan tashqari normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri

kundalik rejim, bolani kitobga va o‘qishga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishlari ham

muvaffaqiyat garovidir.

Ko‘rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham aqlli, farosatli,

tafakkuri chuqur - bir so‘z bilan aytganda kamolotli farzand tarbiyalash muammosi dolzarbdir.

Xalq bunday fazilatli insonlarni sevadilar, e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.

Bunday tafakkurga boy kamolotli farzand tarbiyasining sarchashmasi oiladan boshlanadi.

Oila ana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim? Oila o‘zi nima va uning maqsad,

vazifalari nimalardan iborat?

Oila – voyaga etgan ikki jinsning sevish, ardoqlash, hurmat qilish asosida, ixtiyoriy

ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.

Mo‘‘jazgina bir qal’a qurildi. Endi bu qal’ada bekinmachoq o‘ynalmaydi. YOshlikdagi

o‘yinqaroqlik, beboshlik, erkalik, beparvolik o‘rnini sezgirlik, mas’uliyat, andisha, javobgarlik

kabi fazilatlar egallay boshlaydi. Bunga har bir yosh tayyorlanib, mas’uliyat ko‘nikmasini his

qilib, oila maqsad va vazifalarini tushunib, uqib bormog‘i lozim.

Oila maqsadi – ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda

tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.


Oila vazifasi – er-xotinning birgalikda xo‘jalik yuritish asosida oilani ham ma’naviy, ham

iqtisodiy jihatdan ta’minlash hamda jamiyatga sog‘lom, aqlli, har tomonlama barkamol

farzand tarbiyalash.

Ota-onaning farzand oldidagi va aksincha farzandning ota-ona oldidagi

majburiyatlari

Komil farzandli bo‘laman, baxtli oila quraman degan maqsad bilan oila qurdingiz. Ammo

bu maqsadga erishish farzand tarbiyalashdagi muhim omillarni, farzand oldidagi burchlarni bilib

ish ko‘rishni taqozo etadi.

Ota-onaning farzand oldidagi burch va majburiyatlari

farzandga chiroyli ism qo‘yish (farzandingiz o‘z ismini o‘zgalarga aytganda orlanmasin);

savodini chiqarish, iqtidoriga qarab bilim berish, imkoniyatiga yarasha o‘qitish va kasb-hunar

o‘rgatish;

- uylantirish. turmushga chiqarish;

- uyli-joyli qilish;

- farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo‘lish.

Farzandning ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari

- Ota-onaning pand-nasihatlariga quloq solish, ularga har doim yordam berish, mehribon,

e’tiborli bo‘lish, oila ishlariga ham ma’naviy, ham iqtisodiy yordam berish;

- har bir farzand o‘z singil va ukalariga mehribon, yo‘lboshchi va yo‘ldosh, odobda,

axloqda, ishda, ilm-hunar o‘rganishda o‘rnak bo‘lish;

- ota-onalarining nimaga muhtoj ekanliklarini qalban his qilish, ularga bu borada amaliy

mehribonlik ko‘rsatish;

-oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini minnat qilmaslik;

- tavallud, bayram va hayit kunlarida yo‘qlab turishni kanda qilmaslik;

- keksa ota-onalariga alohida g‘amxo‘rlik qilishi, shirin muomalada bo‘lishi, orzu-

niyatlarining amalga oshishida yordam berish;

- vaqti-soati etib, bandalikni bajo keltirsalar, izzat-ikrom bilan oxirgi manzilga kuzatish,

ma’rakalarini kamtarona, dabdabasiz, qarindosh-urug‘lar, uni bilgan, hurmat qilgan eng yaqin

odamlar bilan o‘tkazish.

Oila a’zolarining huquqlari

Oilada va jamiyatda er va xotin teng huquqlarga ega. Bu erda qonunda belgilangan

huquqlar haqida gap ketmoqda. Bunday tenglik saylash, saylanish, kasb tanlash, ishlash, bilim

olish, o‘ziga yor tanlash va hokazo huquqlarda o‘z ifodasini topadi. Lekin ikki jinsning biologik,

ruhiy tuzilishi nuqtai-nazaridan bunday tenglik yo‘q. SHuning uchun ayol va erkakning oilada

ro‘zg‘or tebratish, farzandlarni tarbiyalash, farzandlarning oila yumushlari va vazifalaridagi

mehnat taqsimoti masalalaridagi huquq va burchlarida birmuncha tafovutlar mavjud.

Erkakning vazifasi – oilani ma’naviy, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash. Ayoli va

farzandlarining tashvishlariga sherik bo‘lish. Oilaga soya solayotgan xavf-xatarlarga qalqon bo‘la

bilish. Oila a’zolariga g‘amxo‘r bo‘la bilish.

Ayolning vazifasi – oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanish. Ularni oq yuvib, oq

tarash. Erkaknning tashib kelgan oziq-ovqatlarini pishirish, mehmon kutish. Er va bolalarini ishga

va o‘qishga kuzatish, kutib olish.

Er va ayolning vazifalari yuqorida sanab o‘tilganlardangina iborat emas, albatta. Bu

vazifalarning barchasini sanab o‘tishning hech qanday iloji yo‘q. Oila sharoitidan kelib chiqqan

holda, har bir inson o‘z tafakkurini ishga solib, vazifalarini belgilab olmog‘i va ularni shunday

bajarmoqlari lozimki, uyga kelgan har bir mehmon tuz-nasibasini totib, qaytayotganida oila

a’zolari orasidagi o‘zaro hurmat, ularning har birini aqlu farosatiga tasannolar o‘qib ketsinlar.

Oila deb atalmish aravani tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga elkadosh bo‘lishini,

o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan farzandlar ulardan o‘rnak oladilar

va ularga o‘xshashga harakat qiladilar. CHunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi

mumkin, ammo ko‘rganini hech esidan chiqarmaydi. Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech

qachon esdan chiqarmaslik lozim.

Aytaylik, bozordan shirinlik xarid qildingiz, kelgan zahotiyoq uni kichigingizga berdingiz-

u, hech kimga ko‘rsatma dedingiz. U esa bolaligiga borib, shirinlikni hamma akalariga ko‘z-ko‘z

qilib chiqdi. Lekin ularga yo‘q. Ular o‘ksinishadi. Kichik bo‘lgan yaxshi ekan deyishadi. Hamma
narsa kichikka, sovg‘a ham, shirinlik ham, erkalatish ham, deb bolalar orasidagi yakkalik, o‘zini

uzoq tutish kayfiyatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uyga

biror narsa xarid qilib, olib kelganingizda har doim uni adolatli taqsim qiling. Taqsimlash


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish