“SOHIBQIRON” DRAMASI testi.
1. Agar ko’nglum shod etsa o’sha Sheroz jononi
Qaro holiga baxsh etgum Samarqand-u Buxoroni
Bayt muallifini toping/
a)Sadiy Sheroziy b)Ahmad Yassaviy
c)Alisher Navoiy d)Hofiz Sheroziy
2. Boz ustiga hovliqqanda mozorga bor,deb
Bejiz aytib ketmaganlar qadim bobolar.parcha qaysi asardan?
a)“Sohibqiron” b) “Ulug’bek xazinasi” c)“Abulfayzxon” d) “O’tkan kunlar”
3. Qaysi asarda Darxon ona timsoli uchraydi?
a)“Sohibqiron” b) “Ulug’bek xazinasi”
c)“Abulfayzxon” d) “O’tkan kunlar”
4. Atalani sovutmasdan ichib,og’zi kuygan qahramon
a)A.Temur b)Qosim c)Boyazid d)Ali Qushchi
5. Adolat va dini islom posboni..
a)Amir Temur b)Qosim c)Boyazid d)Ali Qushchi
6. Xushxabar yetkazgan Qosim qanday mukofot bilan taqdirlanadi?
a)tilla tanga b)uy c)yuqori lavozim D)rafiqa
7. O,Ollohning marhamati bunchalar kengdir,
Bir bandasin daqiqada ko’kka ko’tardi.Jumla muallifini aniqlang
a)Yassaviy b)H.Sheroziy c)Aloviddin d)Boyazid
8. Amir Temur Boyazid yurtidan nimani olib ketadi?
a)Qur’on kitobini b)sultonning tillalarini c)Boyazid o’g’illarini d)hech narsa olib ketmaydi
9. Boyazidning o’g’illari berilmagan qatorni toping
a)Iso,Muso b)Mustafo c)Sulaymon d)Arabshoh
10. Boyazid sulton kim uchun islom yo’rig’ini buzgan edi?
a)Mariya b)Amir Temur c)tillalar d)taxt
11. Jang paytida Shohrux Boyazidning qaysi farzandini qo’lga oladi?
a)Iso b)Muso c)Mustafo D)Sulaymon
12. Qirol Sharlning elchisi..
a)Ioan Sultoniy b)Shiltberger c)Shabli d)Olchiq
13. Bovarlar vakili ,Genrixning elchisi
a)Ioan Sultoniy b)Shiltberger c)Shabli d)Olchiq
14. Dunyoni buzadigan narsalar
a)gumon b)mish-mish c)tilla d)a,b
15. Ovropani Boyaziddan siz qutqardingiz
Oltin haykal munosib sizga
Jumla muallifini aniqlang .
a)Ioan Sultoniy b)Shiltberger c)Shabli d)Borchiq
16. Agar biron kishi Hindistondan Bolqonga qadar boshi uzra marvaridni laganda olib o’tsa ham bir dona ham tilla to’kilmaydigan yurt egasini toping
a)A.Temur b)Boyazid c)Genrix D)Sharl
17. Sizning Elis deb atalmish istehkomingiz esda qoldi deb A.Temur kimga aytadi?
a)rus elchisi b)Sharl elchisi
c)Genrix elchisi d)Hofiz Sheroziy
18. Amir Temur kimlarni Oltin O’rdadan ozod qilgan edi?
a)rus elchisi b)Sharl elchisi
c)Genrix elchisi d)Hofiz Sheroziy
19. Makka yo’lida karvonlarni talovchi qaroqchidan bezor bo’lib kelgan shaxsni aniqlang
a)Olchiq b)Shabli c)Ioan Sultuniy d)Hofiz Sheroziy
20. Chaqmoq laqabli hukmdorni qanday jazolaydi?
a)O’ldiradi b)qul qiladi
c)o’lpon to’lash va tavba qilish d)surgun qilish
21. Dunyodagi eng betakror shahar
a)Samarqand b)Buxoro c)Xiva d)a,b
22. Shirin xayo bandasi bo’lgan shaxslarni toping
a)sartarosh b)shoir c)o’qituvchi d)tarixchi
23. Siyosatga aralashib turk sultonlarini kamsitgan shoir
a)Hofiz Sheroziy b)Firdavsiy c)A.Navoiy d)Gadoiy
24. O’z lafzini tinglash uchun Hofiz she’rini
Qayta boshdan zabt etardim Sheroz yerini.Jumla muallifini toping
a)Amir Temur b)Boyazid c)Aloviddin d)Sharl
25. Takabburning quroli
a)qo’rqoqlik b)korchalonlik c)o’jarlik d)gumon
26. Amir Temurning oti
a)G’irko’k b)Jiyronqush c)Boychibor d)Kuno’g’lon
27. Amir Temurning Qora Hisor tomonlarga jo’natilgan,suyukli nabirasi va valiahdini toping
a)Shohrux b)Mirzo Ulug’bek
c)Muhammad Sulton d)Mironshoh
28. 3 nafar xayolkash g’alati mullavachchalar qaysi asarda uchraydi?
a)“Sohibqiron” b) “Ulug’bek xazinasi”
c)“Abulfayzxon” d) “O’tkan kunlar”
29. Sohibqiron”dramasida keltirilgan
“Kun hamalga kirdi” g’azali muallifini toping
a)Ogohiy b)A.Navoiy c)Rabg’uziy d)Bobur
30. Quyidagi vorislarni to’g’ri joylashtiring
1.Shohrux 2.Umarshayx 3.Mironshoh
a.Ulug’bek b.Ibrohim Sulton c.Injil Mirzo d.Sidi Ahmad
a)1-a 2-b 3-c,d b)1-a,b 2-d 3-c c) 2-a 1-b 3-c d)1-c 2-a 3-d
31. Qosimbekning rafiqasini toping
a)Xonzodabegim b)Bibixonim
c)Zubayda d)Gavharshodbegim
32. Sarandib elchisini toping
a)Ioan Sultoniy b)Shiltberger
c)Shabli d)Borchiq
33. Ispaniya elchisi
a)Ioan Sultoniy b)Klavixo
c)Shabli d)Borchiq
34. Oddiygina kiyik bolasin
Asrab qolgan
Noil erur Jannat vasliga jumla muallifini toping
a)Konfutsiy b)H.Sheroziy c)Rabg’uziy d)A.Yassaviy
35. O’ldirmasang o’ldirurlar,tinchgina qo’yamas
Bir yog’ini tiklasang gar dunyo devorin
Nurab keta boshlar ekan ikkinchi yog’i.Parcha qaysi asardan olingan?
a)“Sohibqiron” b) “Ulug’bek xazinasi” c)“Abulfayzxon” d) “O’tkan kunlar”
36. A.Temur A.Yassaviy maqbarasidan chiqayotganda kimga duch keladi?
a)Xizr b)A.Yassaviy c)H.Sheroziy d)Itolmas
37. Ikki dunyo savob erur har qandayin ish
Ayt-chi Temur,sen besabab qon to’kkanmi san?Jumla muallifini toping
a)Hofiz Sheroziy b)A.Yassaviy c)A.Navoiy d)Gadoiy
38. Hur vatan uchun,
Bahodirlar, Hamdast bo’lib Qalqing oyoqqa. Jumla muallifini toping
a)Qosimbek b)Barlos bahodir c)Bibixonim d)Pirmuhammad
39. Temur “Tuzukot” kitobini kimga beradi?
a)Qosimbek b)Barlos bahodir
c)Bibixonim d)Pirmuhammad
40. Bamisoli qo’sh yulduzni yetaklagan oy qaysi asarda uchraydi?
a)“Sohibqiron” b) “Ulug’bek xazinasi”
c)“Abulfayzxon” d) “O’tkan kunlar”
41. Amir Temur tog’asi Jonuzoqning o’g’li….
a) Sharif b) Rahim c) Qosim d) Anvor
42. Jangda qo'shinning Obong'or qismi kimning izmida edi?
a. Mironshox b. Umarshayx c. Ulug`bek
d. Amir Temur
43. Turk sultonlari bilan jangda Samarqanddan kim yetib kelishi kerak edi?
a. Mironshox b. Qosimbek c. Ulug`bek
d. Muhammad Sulton
44.Hatto dunyo sohiblarini,ya’ni podshohlarni ham o’ziga bosh egdirgan hunar egalarini toping
a)kulol b)sartarosh c)etikdo’z d)to’quvchi
45. Odamzodni bir daqiqa bejilov qo’ysang
G’ajib tashlar,yeb bitirar bir-birlarini.
Qo’ni-qo’shni uluslarning hukmdorlari Shamshirimdan qo’rqadi shonimdan emas.Mazkur parcha kimga tegishli ?
c)Amir Temur d) Boyazid a) Qora Yusuf b) Xizr
46. O’z she’rini o’chmas qilib shamshirga o’ygan qahramon..
a)Shohrux Mirzo b)Boyazid sulton
c)Amir Temur d)Mirzo Ulug’bek
47 Sohibqiron” dramasida Xuttalon hokimi berilgan o’rinni toping
a)Xoja Yusuf b)Aloviddin c)Amir Husayn d)Kayxusrav
48. Balx shahrida Said Baraka bilan suhbatdosh bo’lib yashagan shaxsni toping
a)Kayxusrav b)Amir Husayn
c)Uljoy Turkon d) Buqalamun
49. Umrida bir bor bo’lsa ham kitob ko’rmay ulg’aygan inson?
a) Amir Husayn b)Aloviddin c) Xoja Yusuf d)Kayxusrav
50. Amir Temurning nazdicha, kim yetti iqlimda hamma tilni biladi?
a) Bibixonim b) Itolmas
c) Shohruh d) saroybon
51. Sohibqiron”dramasida masjidlarning mablag’larini kayf-safo uchun saroy qurdirishga sarflagan qahramonni toping
a)Kayxusrav b)Amir Husayn
c)Uljoy Turkon d) Buqalamun
52. chopag’on… Bizlar mingan bedovlardan ko’ra uchqur u.Nuqtalar o’rnini to’ldiring
a)xayol b)umr c)lahza d)til
53. Lashkarini siylamagan xasis amir…
a)Amir Husayn b)Boyazid sulton
c)Amir Temur d)Mironshoh
54. Madrasaga berkingan Amir Husaynni tanib qolib sohibqiron saroyiga olib kelgan shaxsni aniqlang
a)Xoja Yusuf b)Aloviddin c)Barlos Bahodir d)Kayxusrav
55. Har 800 yilda yulduzlarning o’rni o’zgarib jadiy burji kiyik shaklida ko’ringanda tavallud topgan shaxslar berilmagan qatorni toping
a)Iskandar b)Rasul Akram
c)Amir Temur d)Boyazid
56. Sijistonda yaralanib bir oyog’I va bir qo’li nogiron bo’lgan qahramon..
a)Shohrux Mirzo b)Boyazid sulton
c)Amir Temur d)Amir Husayn
57. Sohibqiron”dramasida ikki o’t orasida jizg’anak bo’lgan qahramonni toping
a)Kayxusrav b)Amir Husayn
c)Uljoy Turkon d) Buqalamun
58. G’ubori yo’q sahro guli..
a)Bibixonim b)Uljoy Turkon
c)Zubayda d)Xonzodabegim
59. Amir Temur tomonidan dordan olib qolingan sarbadorlar vakilini toping
a)Qosimbek b)Kayxisrav
c)Mavlonzoda d)Ibn Arabshoh
60. Nafsim meni yo’ldan urib xor ayladi.
Termiltirib haloyiqqa zor aylading” Bayt muallifini aniqlang
a)Hofiz Sheroziy b)Ahmad Yassaviy c)Mir Said Baraka d)Shayxulislom
61. Buqalamun farang elchilarini qayerga boshlab kelishi kerak?
A) Samarqandga B) Anqara atroflariga
C) Keshga D) Buxoroga
62. Alloh nimaniki xohlasa agar
Irodasi bilan shuni hukm qilgaydir.Misralar muallifini aniqlang
a)Hofiz Sheroziy b)Ahmad Yassaviy c)Mir Said Baraka d)Shayxulislom
63. Sirdaryoning bo‘ylarida Jetega qarshi jangda qancha askar nobud bo’lgan?
A)30 ming B)25 ming C)20 ming D)10 ming
64. Davlat boshqaruvi uchun zarur bo’lgan yo’riqni Chingiz nima deb atagan?
a)Tuzuk b)To’lg’ama c)Yaso d)Qoida
65. Davlatning asosiy tayanchi berilmagan jihatni toping
a)yagona shoh b)mo’l xazina
c)yengilmas lashkar d)xalq ko’magi
66. Payg’amabarimiz yoshlariga yetganda Yoshi
Etak siltab bu dunyoning tashvishlariga
Yer ostiga krib ketgan shaxsni toping a)Hofiz Sheroziy b)Ahmad Yassaviy c)Mir Said Baraka d)Shayxulislom
67. Sohibqiron dramasida yosh olim Arabshohning yurti .
a)Samarqand b)Shom c)Buxoro d)Xiva
68. Yurish qilish lozim bo‘lsa yiroq ellarga
Tadorigin ko‘rmoq kerak … yil avval.
Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) 1-2 B) 2-3 C) 3-4 D ) 4-5
69. Eronda jang mahali tug’ilgan qahramon
a)Jahongir mirzo b)Ulug’bek c)Pirmuhammad d)Itolmas
70. O’z ismining ma’nosini bilmasdan Amir Temur saroyidan quvilgan elchi..
a)Shabli b) Shabxun c)Borchiq d)Sharif
71. Laqabi Buqalamun bo’lgan qahramonning asl ismi..
a)Borchiq b)Itolmas c)Shabli d)Arabshoh
72. Shatranj ilmining jahongiri..
a)Bahodir barlos b)Pirmuhammad c)Aloviddin d)Itolmas
73. "Men musulmon amiriman!
Nasabim turkiy!",- ushbu misralar kimga tegishli?
a. Amir Temur b. Muhammad Sulton c. Ulug`bek
d. Boyazid
74. Amir Temur Alovuddin bilan bo"lgan shatranj o'yinida avval qaysi donalarni yuradi?
a. Piyodalarni b. Fillarni c. vazirni d. Shohni
75. Alovuddin bilan bo'lgan o'yinda Alovuddin Amir Temurga qaysi donalarni yurishni maslahat beradi?
a. Asp b. Ruhlarni c. vazir d. Piyoda
76. A. Temur Boyazidga sening yurtingga yurish qilsam ham faqat oladiganim bir narsa deb nimani aytadi?
a. Xazina b. Qur'oni Karim c. saroy d. Firdavsiy
77. "Men bir .....
Sen esa ...., notavon ....",- nuqtalar o'rnig mos javobni qo'ying.
a. Sulton, turkiy Boyazid b. Lang, ko'r, so'qir
c. lang, o`jar, ko`ngil d. Dono, ablah, qattol
78. Qosimbekka atalgan sovg'a?
a. Amir Temurning nabirasi b. Bir sandiq oltin
c. dorug`alik d. Boyazidning kesilgan boshi
79. Musulmonchilikdan chiqqan obraz?
a. Boyazid b. Ioan c. Borchiq d. Shiltberger
80. Karvon yo'lovchisi kim edi?
a. Bibixonim b. Xofiz Sheroziy c. S Sheroziy
d. Ioan
81. "Shohnoma" da kimlar kamsitilgan?
a. Turk sultonlari b. o'ruslar c. fransuzlar
d. ovrupa
82. Sulton Boyazidning jang boshlashdagi bahonasi nima bo‘lgan?
a) qo‘rqoqlikka yo‘yish b) laqab tirkash
c) xotinlarni taloqqa chiqarish sharti d) haqorat qilish
83. Hofiz Sheroziy kimni "Sulton ul-Orifin
Turkistonlik avliyo
Sohib hikmat",- deya ataydi?
a. Firdavsiyni b. Sheroziy c. Xizr d. Yassaviy
84. Jahongir(Amir Temur)ni g'alaba kunlari kelish oldi arining uyasiga cho'p tiqqan obraz?
a. yasovullar b. miroblar c. quruvchilar
d. dorug'a
85. Ulug'vor muhitda o'zini eplolmaydigan xalq?
a. Fransiyaliklar b. Bolgarlar c. Turkiya d. Ruslar
86. Amir Temurga qaysi xalq oltin haykal qo'ymoqchi bo'ladi?
a. bavarlar b. bolgarlar c. turklar d. fransuzlar
87. Qosimbekning otasi qayerda bo'lgan jangda vafot etgan edi?
a. Keshda b. Dehlida c. Rusiyada d. Usmonli
88. Amir Temur Boyazidning ayoli Maryamni kimning nikohiga beradi?
a. Dorug'a b. Itolmas c. Borchiq d. Qosimbek
89. Qirol Sharlning elchisi?
a. Shiltberger b. Joan c) Itolmas d. Borchiq
90. Amir Temurning haykallari?
a. Qurgan shaharlari b. Fransiya qirollarining elchilari c. shogirdlari d. Oltin-u xazinalari
91. "Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin,
Buzilgaydir o'rmonning ham qonuniyati",- ushbu misralar muallifi va kimga atalgan?
a. Amir Temur Sheroziyga b. Yassaviy Sheroziyga
c. Boyazid o`g`liga d. Amir Temur Boyazidga
92. Agarda u bo‘lmasa edi Kurashlarning va janglarning dolg‘alarida, toshga aylanardi balki bu yurak. Diqqat kimga yoki nimaga qaratilgan?
a) Shatranj o‘yiniga b) Boyazidga
c) Bibixonimga d) iymoniga
93. 2 tomonlama jang qaysi edi?
a. Turklar va shatranj b. Turklar va Chin
c. o`zi bilan o`zi jang d. Boyazid bilan Genrix
94. Xoch nimaning ramzi?
a. Xristianlik dinining b. Cherkov uslublari d. Sharq- u G'arb bog'liqligi
95. Bizning oddiy: «…»dan yov juda qo‘rqar.
Nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z turkumidagi so‘z qo‘yilishi darkor?
a) ot b) sifat c) undov d) taqlid
96. Ajdahodek o't purkaguvchi yarog'?
a. To'lg'ama b. Naftandoz c. miltiq d. Asp
97. Raqibni dovdiratadigan usul?
a. To'lg'ama b. Asp c. otda hujum d. Shatranj
98. Amir Temurdan o'lpon talab qilgan xalq?
a. chin b. bavarlar c. ruslar d. turklar
99. "Shohnoma" asari muallifi?
a. H. Sheroziy b. Firdavsiy c) S. Sheroziy d. Yassaviy
100. Ayoliga sarhush holda qo’l ko’targan shahzoda
a)Mironshoh b)Shohrux
c)Umarshayx d)Jahongir
101. Tunda yovning atrofida gulxanlar yoqing.
Necha yuzlab miltillagan cho‘g‘larni ko‘rgach…
Bundan maqsad nima?
A) shabxun usulini qo‘llash. B) yovni qo‘rqitish.
C) chekinganlik belgisi. D) jangga hozirlik ishorasi.
102. Buyuk Temur vorislariga qarata maydonda nimangiz egilmasin deydi?
A) qalqoningiz B) qilichingiz
C) bayrog‘ingiz D) ruhingiz
Do'stlaringiz bilan baham: |