2.2. Microsoft Word 2010 dasturining foydalanuvchi interfeysi
Dastur ishga tushirilganda ekranda dastur oynasi paydo bo’ladi va bu oyna
dasturning grafik interfeysi deb ataladi. Microsoft Word 2010 dasturining grafik
interfeysiga bir qancha yangi elementlar kiritilganki, ular foydalanuvchi uchun
matnli hujjatlar bilan ishlashda anchagina qulayliklar tug’diradi. Ular quyidagi
elementlardir:
Sarlavha satri.
Bu satrda dastur oynasi ustida amallar bajarish muloqot
oynasini ochish tugmasi
; tez murojaat paneli; hujjat va dastur nomi; dastur
oynasini boshqaruvchi 3 tugmacha joylashgan. Quyidagi rasmga qarang.
Sarlavha satriga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib, uning chap tugmasi ikki
marta ketma-ket bosilsa, dastur oynasi ekran rejimidan oyna rejimiga o’tadi, yoki
aksincha, oyna rejimida turgan bo’lsa ekran rejimiga o’tadi.
Buyruqlar lentasi nomlari satri.
Bu satrda standart holatda “Файл” nomli
ofis tugmasi
(
Microsoft Office Backstage
)
va “Главная”, “Вставка”, “Разметка
страницы”, “Ссылки”, “Рассылки”, “Реsензирование”, “Вид” kabi 7 ta lenta
nomlari keltiriladi. Lekin yuqorida ta’kidlanganidek, foydalanuvchi yangi lenta
qo’shishi mumkin. Bundan tashqari hozirgi zamonaviy ba’zi bir amaliy dasturlar
Microsoft Word dasturi bilan integratsiyalanishi oqibatida ularning buyruqlari
joylashgan shu dastur nomi bilan nomlanuvchi lentalar ham paydo bo’lishi mumkin.
Masalan, Promt tarjimon dastur kompyuterga o’rnatilganda Microsoft Word dasturi
lentalar satrida “Promt” nomli lenta paydo bo’ladi.
Buyruqlar lentasi satri
. Bu satrda tanlangan buyruqlar lentasi nomi ostida
berilgan va kichik piktogrammali tugmachalarga bog’langan buyruqlar guruhlarga
ajratilgan holda keltirilgan. Ular guruhlarda bajaradigan vazifasiga ko’ra, ya’ni
bajaradigan amali mantiqan bir-biriga yaqin bo’lganlari bir guruhga birlashtirilgan.
Quyidagi rasmda “Главная” buyruqlar lentasidagi barcha asosiy buyruqlar “Буфер
обмена”, ”Шрифт”, ”Абзац”, ”Стили” deb nomlanuvchi buyruqlar guruhiga
birlashtirilgan holda keltirilgan. Har bir buyruqlar guruhi och qora rangli gorizontal
chiziqlar bilan chegaralangan panellarda joylashgan. Quyidagi rasmga qarang.
2.4-rasm.
Buyruqlar lentasining panellari
Bu buyruqlar guruhi panelining quyi o’ng qismida
joylashgan
ko’rinishdagi tugmani bosish orqali buyruqlar guruhi nomi bilan nomlanuvchi
muloqot oynalarni ochish mumkin. Masalan, ”Шрифт” buyruqlar guruhi panelining
quyi o’ng qismida joylashgan
ko’rinishdagi tugma bosilsa, ”Шрифт” nomli
muloqot oyna ochiladi. Bu oynada buyruqlar lentasida mavjud bo’lmagan
buyruqlarni topish mumkin. Quyidagi 6-rasmga qarang.
2.5-rasm.
”Шрифт” nomli muloqat oyna
Do'stlaringiz bilan baham: |