Microsoft Office Backstage”
deb
nomlanuvchi va qisqacha “Office” tugmasi deb ataluvchi tugma kiritilgan.
Tez murojaat panelida (Quick access panel) hujjat bilan ishlashda ko’p kerak
bo’ladigan deb qabul qilingan buyruqlar keltirilgan va ularga tez murojaat qilish
imkoni yaratilgan.
2.10-rasm.
Microsoft Word 2010 dasturi interfeysi
“Файл” nomli “Office” tugmasi ostida berilgan dastur interfeysi menyusida
hujjat bilan ishlovchi buyruqlar keltirilgan. Bu buyruqlarning har biri o’zining
muloqot oynasiga egadir. Quyidagi rasmga qarang.
2.11-rasm.
“Файл” offis tugmasining buyruqlari
Bu
yerdagi buyruqlar quyidagi vazifani bajaradi:
hujjat faylni aktiv papkaga saqlash;
hujjat faylni yangi nom bilan aktiv papkaga
saqlash;
mavjud hujjat fayllarni ochish;
aktiv hujjatni yopish;
hujjat fayli haqida ma’lumotlar olish
oxirgi tahrirlangan 25 ta fayl royhatini
yang hujjat faylni ochish
bosmaga chiqarish
hujjat faylni har xil axborot manbalariga saqlash,
turini o’zgartirish va uzatish;
MS Word dasturida ishlash boyicha yordamchi ma’lumotlar
olish;
dastuni foydalanuvchi istagiga hos qilib sozlash oynasini
ochish va sozlash ishlarini bajarish.
dasturdan chiqish
2.3. Yangi hujjat fayli yaratish va ular bilan ishlash
Microsoft Word 2010 dasturini ishga tushirish «Пуск»→ «Все
программы»→ «Microsoft Office»→ «Microsoft Word 2010» ketma-ketlikda ishga
tushiriladi. Unda yangi fayl tashkil etish uchun «Файл» tugmasi bosilib
«Создать» buyrugi beriladi.
Matnlar kiritishda, avvalo matn nimalardan tashkil topadi, ya’ni matnning
tashkil etuvchi elementlari haqida bilimga ega bo’lish lozim. Demak, matn – belgi,
so’z, qator, matn bo’lagi, abzats (xat boshi), sahifa kabi tashkil etuvchilardan iborat.
Belgi (belgi) – bu matnning eng kichik elementidir. U o’lchov, yozilish usuli
(oddiy, qalin, yozma, chiziqli), rang, shrift, pozitsiya (yozilish o’rni) kabi
hususiyatlarga egadir. Belgilar ketma-ketligi yordamida – so’z, matn bo’lagi,
abzats, matn sahifasi kabi obektlarni tashkil etadi
So’z – bu ikki tomondan ajratuvchi belgilar (bo’sh joy belgisi, nuqta, vergul
va h.k.) bilan chegaralangan belgilar ketma-ketligidir. So’zning birinchi (oxirgi)
belgisi mavjud va undagi belgilar soni cheklangan (so’z o’zunligi).
Matn bo’lagi — matnning belgilab olingan qismi.
Abzats — ikkita “Enter” ( ) belgisi orasiga olingan so’zlar va belgilar
ketmaketligidir.
Sahifa — bu hujjat faylining bir varog’idir.
Asosiy global obekt — matnning o’zidir. Qo’shimcha xususiyatlari: matn
boshi va oxiri, matndagi qatorlar soni, matnning varoqda joylanishi kabilar.
Kompyuterga matn kiritish qoidalari quyidagicha:
1.
Belgi kursor turgan joyga kiritiladi.
2.
Sichqoncha ko’rsatkichi kursorni kerakli joyga tez olib borish uchun
ishlatiladi va matn terish jarayonida qatnashmaydi.
3.
“ENTER” tugmachasini faqat abzats oxirida bosish zarur.
4.
Matnni o’rtaga joylashtirish, abzats masofasini qoyish va matnni bir
tomonga surish uchun «Probel» (bo’sh joy belgisi) tugmachasidan
foydalanish tavsiya etilmaydi.
5.
Matn terish jarayonida uni tez-tez xotiraga saqlab qoyish lozim.
6.
Sahifalarda tartib raqamlar klaviaturadan kiritilmaydi.
7.
Matn nomidan keyin va matnga tegishli bo’lgan bo’limlar nomidan keyin
nuqta belgisi qoyilmaydi. Agar matn nomi bir necha gapdan hosil bo’lgan
bo’lsa ham oxirgi gapdan keyin nuqta belgisi qoyilmaydi. Tartib
nomerlaridan keyin matn nomlari matn bilan bir qotorda yozilganda bo’sh
joy bilan ajratilishi shart.
8.
Tinish belgilaridan oldin bo’sh joy qoyilmaydi. Tinish belgilaridan keyin
bo’sh joy qoyilishi shart. Tire ikki tomonlama bo’sh joy bilan ajratiladi.
Defiz bo’sh joy bilan ajratilmaydi.
9.
Indeks va ko’rsatkichlardan oldin va keyin elementlar terilganda bo’sh
joy belgisi qoyilmaydi. Masalan, H
2
O, м
3
/c kabi holatlarda.
10.
Familiya va initsiallar terilganda har xil qatorlarda bir-biridan ajratilgan
holda yozilishi mumkin emas.
11.
Qator oxirida predlog, bo’g’lovchilardan boshlanadigan gaplarni, gap
o’rtasida bitta harfli bo’g’lovchi va predloglarni qoldirib bo’lmaydi.
12.
Foiz belgisi (%) tegishli bo’lgan sonlarga qoyiladi va ajratib yozilmaydi.
Matnlarni kiritish, asosan, klaviatura orqali bajariladi. Matnlarni kiritish
uchun klaviaturada mavjud bo’lgan harf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar
kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq o’ng tomonga
suriladi. Satrning o’ng chegarasiga yetgandan so’ng matn avtomatik ravishda
keyingi satrga o’tadi.
MS Word hujjati faylini saqlash uchun “Файл\Сохранить” buyrug’i beriladi.
Agar hujjat fayli nomini boshqa nom ostida saqlash kerak bo’lsa, “Файл\Сохранит
как” buyrug’i beriladi.
Kompyuterdagi mavjud MS Word hujjati faylini ochish uchun esa
“Файл\Открыть” buyrug’i beriladi va “Открытие документа” muloqot oynasidan
kerakli papka va fayl tanlananib “Ok” tugmasi bosiladi.
Tayyor hujjat faylini bosmaga chiqarish uchun “Файл\Печать” buyrug’i
beriladi. Bunda pechat nomli muloqot oyna ochiladi. Bu oyna yordamida hujjat fayli
kerakli nusxada bosmaga chiqariladi.
Hujjat bilan ishlashni yakunlash uchun “Файл\Закрыть” buyrug’i beriladi.
Dastur oynasini yopish uchun “Файл\Выход” buyrug’i beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |