Aa – aksioner
|
Qq – qism
|
Bb – byudjet
|
Rr – rentabellik
|
Dd – delegatsiya
|
Ss – ssuda
|
Ee – eksport
|
Tt – tadbirkor
|
Ff – foiz
|
Uu – ulgurji
|
Gg – garov
|
Vv – veksel
|
Hh – hamkor
|
Xx – xususiy
|
Ii – import
|
Yy – yig‘imlar
|
Jj – jamgarma
|
Zz – zarar
|
Kk –kompaniya
|
O‘o‘ – o‘lja
|
Ll – litsenziya
|
G‘g‘ – g‘azna
|
Mm –marketing
|
Sh sh– shartnoma
|
Nn – narx-navo
|
Ch ch – chakana
|
Oo – omonat
|
Ng ng – teng
|
Pp – pul
|
Yozuv haqida umumiy tushuncha. O‘zbek yozuvlari tarixi.
O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar. Markaziy Osiyo eng qadimgi madaniyat va ma’rifat o‘choqlaridan biridir. Bu hududda yashagan xalqlar juda qadimdan yozuv madaniyatiga ega bo‘lganlar. Arxeologik tekshirishlar Xorazmda yashagan xalqlar eramizning boshlaridayoq (III asr) ancha rivojlangan yozuv sistemasiga ega ekanliklarini isbotlab berdi. Tojikiston hududidagi Mug‘ tog‘ida (Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida) qazuv ishlari (1933-yil) VIII asrda so‘g‘d yozuvida bitilgan qimmatli hujjatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Sibirda, Mo‘g‘ulistonda, Qozog‘iston va Markaziy Osiyoning turli joylarida ikki xil turk yozuvi yodgorliklari topildi. Bu yozuv yodgorliklari, keyin aniqlanishicha, qadimgi turk va qadimgi uyg‘ur yozuv yodgorliklari bo‘lib chiqdi. Bu yozuvlarning ahamiyati juda kattadir. Turk xalqlarining tarixi uchun ham, turk tillari tarixi uchun ham bu yodgorliklar g‘oyat qimmatlidir. Shu bilan birga bu yozuvlarning etnografik ahamiyati ham bordir. Qadim zamonlarda turk xoqonlarining qabriga o‘lgan kishining tarjimai holi, qilgan ishlari, olib borgan urushlarini aks ettiruvchi bitik toshlar qo‘yar ekanlar. Shuningdek, bu yozuvlar qadimgi turk davlatining qurilishi, ijtimoiy tuzumi haqida ham ancha yaxshi tasavvur beradi.
Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab Enasoy va O‘rxun (Shimoliy Mo‘g‘uliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlar G‘arbiyYevropa run yozuvlariga o‘xshash bo‘lganligi uchun ularni runik yozuvlar nomi bilan ham yurgizdilar. Runik yozuvlar (“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alfavit (fonetik) yozuvning ancha takomillashgan turidir. Bu yozuvlarda tilda mavjud bo‘lgan har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘llangan. 28 tovushni ifoda etish uchun alohida belgilar olingan. Shu jumladan, to‘rtta belgi unli tovushlar uchun (a-a.., i-i, o‘-u, o-u) ishlatilgan. Bundan tashqari, til oldi va til orqa (yumshoq-qattiq) d, y, l, n, q, s, t, r tovushlari uchun har biriga alohida-alohida belgilar (16 harf) ishlatilgan; shuningdek, (lt, nt, nch) tovush birikmalari uchun ham alohida belgilar olingan. Bundan tashqari, ko‘pgina tovushlarning ifodasi bir necha shaklga ega bo‘lgan. Shunday qilib, runik yozuvlarda hammasi bo‘lib 72 belgi qo‘llangan.
XIX asr oxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham Markaziy Osiyoda topildi. X-XV asrlarda yaratilgan bu yodgorliklarning ko‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Qadimgi uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng eskisi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” asaridir (“Vena nusxasi”). Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, “Me’rojnoma” (XIV asr), Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari, To‘xtamishxon va Temur Qutlug‘ning yorliqlari mana shu uyg‘ur alifbosida bitilgan. \Ma’lum tarixiy sabablarga ko‘ra, arab alifbosi Markaziy Osiyo xalqlarining yozuvlarini asta-sekin siqib chiqardi. Lekin bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga Markaziy Osiyo xalqlarining (turk xalqlari va tojiklarning) yozuvlari ham ishlatilganligi ma’lum. Bizning davrimizgacha yetib kelgan “Qutadg‘u bilik” (XI asr), “Hibatul-haqoyiq” (XII asr) asarlarigina emas, balki XIV-XV asrlarda yaratilgan ayrim yodgorliklarning ham uyg‘ur yozuvida bitilganligi, hatto “Oltun yorug‘” yodgorligining XVII asr oxirlarida yozilganligi uyg‘ur alfavitining juda uzoq davrlargacha saqlanib kelganidan darak beradi.Qanday bo‘lmasin, arab yozuvi mahalliy xalqlarning tiliga mos kelishkelmasligidan qat’i nazar, islom dini kirgan joylarda keng tarqalgan.Arab yozuvida bitilgan eng eski turk tillari yodgorligi (“Qutadg‘u bilik”ning uch nusxasidan ikkitasi, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari) XI asrga taalluqlidir. O‘zbek xalqi bunyodga kelgandan beri yaratilgan yodgorliklarning deyarli hammasi mana shu arab alfavitidadir. O‘zbek xalqi tarixida yaratilgan juda ko‘p yodgorliklarni har tomonlama o‘rganish, umuman, xalqimiz madaniyatini, adabiyotini, tarixini o‘rganish uchun arab yozuvini bilishimiz zarur bo‘ladi. Arab alifbosiga asoslangan yozuv xalqimizning ming yillik tarixi davomida qo‘llanib keldi va 1930-yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rus alifbosiga o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to‘la ifodalay oladigan yozuvga-alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi. Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbodagi ba’zi harflar jahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga kirishimizda ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirish mumkinligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6 - mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Qarorga binoan, lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 harf va 3 harflar birikmasidan iborat etib belgilandi. Yangi alifbo asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-sonli qaroriga ilova tarzida “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” tasdiqlanib, unli harflar bilan tovushlar mutanosibligi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi 1995- yil 24- avgustda 339-sonli qaror bilan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ni tasdiqladi. Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arabcha raqamlarga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar ancha ixchamlashgan. Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilishidagi holat alohida izohlangan; men, sen olmoshlariga -ni, ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmasligi va yozilmasligi aniq qilib tushuntirilgan va hokazolar.
“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi” 26 harf va 3ta harfiy birikma va tutuq belgisidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |