Sohaning faol va nofaol terminlari



Download 0,54 Mb.
bet5/11
Sana01.03.2023
Hajmi0,54 Mb.
#915446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sohaning faol va nofaol terminlari

O‘zbek yozuvlari tarixi.
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun, u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.

Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun,nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan».Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir.Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.





Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.

So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol-xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilanjoylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir. Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni emas),takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi.





Til aloqa-munosabat vositalaridan biridir.Yozuv juda qadimiydir va vaqt jihatidan chegaralanmagan. Zero, Xorazmiy, Ibn Sino va Navoiyning asarlari yozuvda aks etgani uchun ham shu kungacha saqlangan.



O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib keldi. Miloddan oldingi asrlardanoq ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar.



Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arab raqamlariga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar ancha ixchamlashgan.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish