o’zgaruvchi = funktsiya nomi (haqiqiy parametrlar);
Rasmiy va haqiqiy parametrlar soni, ularning toifasi va kelish tartibi albatta bir biriga mos bo’lishi lozim. Rasmiy va haqiqiy parametrlar nomlari bir xil bo’lishi mumkin. Funktsiyani bosh funktsiya ichida e’lon qilinganida haqiqiy parmetrlar nomlarini ko’rsatmasdan, faqat ularning toifalarini keltirish ham mumkin, masalan: float max(float , float );
Funktsiyalar main ( ) funktsiyasidan avval ham, keyin ham aniqlanishi mumkin. Agar bosh funktsiyadan avval aniqlangan bo’lsa, uni main ( ) funktsiyasi ichida alohida e’lon qilish shart emas, agar bosh funktsiyadan keyin keladigan bo’lsa, uni main ( ) funktsiyasi ichida albatta e’lon qilish kerak. Masalan quyidagi dasturda funk nomli funktsiya main bosh funktsiyasidan keyin e’lon qilingan va aniqlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |