«Soha iqtisodoyoti va menejment» fanidan Ma’ruzalar tuplami Nukus-2020 Ma’ruza 1


Narx shakllanishi va ishlab chikarish resurslaridan foydalanish



Download 0,51 Mb.
bet22/52
Sana23.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#178073
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Soha iqtisodiyoti va menejment maruza(1)

Narx shakllanishi va ishlab chikarish resurslaridan foydalanish
Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga utish davrida narx va tariflarining kuyidagi turlari muomalaga kirib keldi:

  • davlat tomonidan belgilanadigan cheklangan narx va tariflar:

  • korxona va tashkilotlar tomonidan mustakil belgilanadigan narx va tariflar:

  • shartnoma (erkin) narx va tariflar.

Davlat tasdiklaydigan cheklangan (preyskurant), shartnoma va mustakil tasdiklanadigan narxlar (tariflar) olingan maxsulot (bajarilgan ) uchun xisob-kitob kilishda foydalaniladi.
Davlat tomonidan belgilangan maxsulot va xizmatlarning narx va tariflari, ularning axamiyatiga karab Respublika Vazirlar maxkamasi, Respublika moliya vazirligi va maxalliy xokimiyatlari tomonidan tasdiklanadi.
Kayd kilingan narx turlari, ularning vazifalari va foydalanishlariga karab ulgurji, xarid, kurilishning smeta qiymati,limit narxlari, chakana narxlar va xizmat kursatish tariflariga bulinadi.Bu narxlar turlarining xar biri ayrim kurinishlarga bulinadi.
Ulgurji narxlar - davlat korxona va tashkilotlari uz maxsulotlarini boshka davlat yuridik shaxslarga, kooperativ va moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlariga xamda turli vositachi savdo korxonalariga kutarasiga sotadigan baxolardir.
Ulgurji narxlarning xozirgi bozor munosobatlariga utish davridagi xususiyati shundan iboratki, maxsulotlar bu narxlar buyicha mulkchilik shaklining (davlat sektori ichida ) uzgarmagan sharoitida sotiladi yoki sotish jarayonida davlat mulkini kolxoz-kooperativ yoxud boshka mulkchilik shakliga almashuvi sodir buladi.
Xozir ulgurji narxlar iste’molchilarning roziligi bilan korxonalar va ta’minotchilar tomonidan shartnoma asosida belgilanmokda.
Shartnoma ulgurji narxlarni aniklashda maxsulot tayyorlashga (xizmat kursatishga) sarflanadigan barcha xarajatlar ya’ni tannarx (Mt) olinadigan foyda (Kf) mikdori (rentabellikni belgilaydigan barcha chegaralovchi normativlar bekor kilingan (xamda kushimcha qiymat Kk soligi xisobga olinadi.Uni kuyidagi formula kurinishida ifodalash mumkin:
BshkMt Kf - Kk
Kushimcha qiymat soligi konchilik sanoatida xom ashyo ishlatilmaganligi sababli tovar maxsuloti qiymatidan, mashinasozlik va boshka sanoat tarmoklarida esa mexnat xaki amortizatsiya va foyda yigindisi summasidan 25 foiz mikdorda olinadi.
Kushimcha qiymat soligi xam foyda kabi moddiy ishlab chikarish xodimlari mexnati bilan yaratilgan jamiyatining sof daromadi ifodasidir.
Kushimcha qiymatga kuyiladigan soliq maxsulot sotilgandan keyin odatda umumxalk extiyoji uchun davlat byudjetidan butunlay va darxol utkaziladi.
Davlat kushimcha qiymat soligi mikdorini tartibga solish orkali muayyan narxlar siyosatini utkazadi.
Shartnoma ulgurji narxlar (tariflar) tayyorlovchilar bilan birga barcha iste’molchilar (axolidan tashkari ),shu jumladan, vositachilar (ta’minotchi sotuvchi, xarid kilib sotuvchi korxona va tashkilotlar xamda boshkalar) urtasida xisob-kitoblar olib borishda kushimcha qiymat soligini xisobga olgan xolda kullaniladi. Bu narxlar (tariflar) bozordagi talab va taklifga maxsulotlar xizmatlar sifati va iste’mol xususiyatlariga karab aniklanadi.
Bunda maõsulot etkazib beruvchi bilan iste’molchi urtasida xarajatlarni taksimlanishiga karab franko-maxsulot junatish stantsiyasi narxlari, agarda maxsulot ta’minoti bir shaxar ichida amalga oshirilsa, franko-maxsulot etkazib beruvchi korxona ombori narxlari belgilanadi.
Mustakil belgilanadigan narx va tariflar korxonalar, tashkilotlar, shirkatlar tomonidan ishlab chikarish-texnikaviy maksadlariga muljallangan va qishloq xujalik maxsulotlariga , xalk iste’mol mollariga va xizmatlariga , xamda uzining extiyojlari uchun chikarilib shaxsiy savdo tarmogida sotiladigan maxsulot va xizmatlarga tasdiklanadi.
Shuni ta’kidlamok kerakki, xalk xujaligida bozor iqtisodiyoti mavkeining oshib borishi natijasida ishlab chikarish vositalarining ulgurji savdosi, korxonalarning bevosita tugridan-tugri xujalik alokalari rivojlanib, shartnoma va mustakil tasdiklanadigan narxlar doirasi kengayib boradi.
Chakana narxlar ulgurji va xarid narxlardan kelib chikadi. Respublika davlat narxlar kumitasining karoriga binoan vatanimizda chikariladigan va xorijdan keltiriladigan xalk iste’mol tovarlari (xizmatlari)ga xam shartnoma narxlar belgilash koidasi keltirilgan Unga muvofik vatanimizda ishlab chikarilgan tovarlar uchun shartnoma ulgurji narxlariga (Bshu) kushimcha qiymatga kuyiladigan soliq bilan birga savdo (Sxf) tashkilotlarining xarajat va foydalarini uz ichiga olib shakllanadi. Buni kuyidagicha ifodalash mumkin:
BshkBshu Sxf
Savdo ustamasining kushimchasining shartnoma ulgurji narxlarining kushimcha qiymat bilan birga agar belgilangan bulsa aktsiz soligi xam kiradi, 20% Uzok shimol mintakalariga tenglashtirilgan joylarda 30% dan oshmasligi kerak.
TARIFLAR - narxlarning bir shaklidir. Ular transport vositalarida yuk tashish, aloka tarmoklarining xizmati, elektr energiyasidan foydalanganlik tulovlarining narxlaridir. Tariflar tabakalashtiriladi.Masalan , temir yul , avtomobil va xavo, dengiz daryo tarnsportlarini tarifi turlichadir. Undan tashkari transport tariflari yuklarning xiliga, tashish uzokligiga, tezligiga va transport vositalarining yuklanganlik darajasiga karab tabakalashtiriladi.
Aloka xizmati tariflari xizmat kursatish turiga karab pochta, telegraf , telefon va radio alokalariga bulinadi.Shuningdek xar bir xizmat kursatish turi xizmat kursatishning uzokligiga va boshka omillarga karab uzining ichki tabakalashtirilgan tariflariga ega. Elektroenergiyaning tariflari jugrofiy mintakalar energo tizimi buyicha va kator boshka kursatkichlarga karab tabakalashtiriladi.
Shartnoma tarif mikdorlari tashish xarajatlarini, aloka xizmatlari, elektroenergiya ishlab chikarish va xokazolar bilan boglik bulgan xarajatlarni koplash va xizmat kursatkichilarni etarli mikdorda foyda bilan ta’minlashni va kushimcha qiymatga bulgan soligni xisobga olgan xolda aniklanadi.
Xarid narxlari - davlat narxlari bulib, unga kura davlat va kooperativ tashkilotlari, jamoa xujaligi, davlat va boshka qishloq xujalik maxsulotlarini sotib oladi. Xarid narxlari davlat tomonidan belgilanadi.
Kurilishning smeta qiymati yoki muayyan kurilish ob’ektlarining smeta qiymati. Ular kurilgan ob’ektlar yoki bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar bilan pudratchi tashkilotlar orasida xisob-kitob kilishda xamda kapital qiymatlar xajmini aniklashda va boshka xisoblashlarga foydalaniladi.
Bozor munosobatlarining kengayishi odatdagi kat’iy narxlar yalpi tizimini asta-sekin yukka chikarib bormokda.Shu bilan birga eng muxim turdagi maxsulotlar ruyxati buyicha barkaror narxlar saklanib kolmokda.Boshka narxlar asosan talab va taklif orkali bozor iqtisodiyotining ob’ektiv konuni asosida shakllanmokda.
Bozor iqtisodiyotining xayotga kirib kelishi ishlab chikarishda va savdo erkin va cheklangan narxlarni joriy kilishga olib keldi.Erkin narxlar davlat tomonidan belgilanmay, balki bozor iqtisodiyoti munosobatlarida talab va taklif asosida shakllanadi. Cheklangan narxlar bozor iqtisodiyoti sharoitida, xalkni ijtimoiy jixatdan ximoya kilish maksadida , narx-navolarning bir yula oshib ketmasligi uchun davlat tomonidan nazorat kilinib, belgilanadi. Bundan narxlarning saklanib turishi axolining iste’molida juda katta urin egallab, turmush darajasiga bevosita ta’sir etadigan mollarga taalluklidir.Eng kup iste’mol kilinadigan ozik-ovkat va sanoat mollari narxlarini tula bozor ixtiyoriga kuyib bulmaydi. Chunki mollar takchilligi va pul kadrsizlanishi davom etayotgan davrda ularning narxini yanada oshirib axoli iste’moliga juda ogir ta’sir kursatadi, turmush darajasining pasayishi tezlashtiradi. Shuning uchun xam bunday mollarning narxi tulaligicha davlat ixtiyorida bulishi va bozorda mul-kulligini ta’minlash va ularning narxlari pasaya borishi bilan talab va taklif muvozanati orkali narx belgilash tartibiga utish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti munosobatlari rivojlanib borgani sari, davlat nazorat kilinadigan narxlarga xam erkin tus berib boriladi. Cheklangan narxlarda maxsulotlarning qiymati yukori bulgan xolda ularga past narx belgilanadi. Lekin korxonalar uz xarajatlarini koplab , ma’lum mikdorda foyda olishlari kerak, uning uchun bozor iqtisodiyotiga utish davrida ishlab chikaruvchilar xisob narxlari deb atalgan xam ishlab chikarish xarajatlari yotgan bulib , ularga korxonani texnikaviy va ijtimoiy rivojlanishini, xamda davlat byudjetiga tulovlarni foyda ulushi birga ta’minlovchi foyda mikdori aniklanib kushiladi. Bunga kushimcha qiymatga bulgan soliq xam kiritiladi.
Cheklangan narxlar bilan xisob narxlari orasidagi tafovut korxona kuradigan ziyon mikdorini aniklashga imkon beradi. Bu ziyonni davlat dotatsiya berish yuli bilan koplaydi.
Xisob narxlari orkali korxonalar shu jumladan, shaxta yoki razrezlar uzlarining maxsulot ishlab chikarishga ketgan xarajatlarini, davlat byudjetiga tulanadigan tulovlarni ta’minlash va iqtisodiy ragbatlantirish jamgarmalarini tashkil kilish uchun zarur bulgan foydani yaratish imkoniyatiga ega buladi.
Preyskurantlar va ulgurji narxlarni frankolashtirish maxsulotlar, yarim maxsulotlar uchun xisob-kitoblar preyskurantlar asosida, kat’iy narxlarda olib borilar edi.
Endilikda bozor iqtisodiyoti munosobatlariga utish sharoitida ta’minotchi va iste’molchi korxona xamda tashkilotlar uzaro xisob-kitoblarini erkin shartnoma narxlarida olib boradilar. Birok shunga karamay, bu shartnoma narxlarini belgilashda xam ular preyskurantlardan foydalanadilar.
Preyskurantlar - bu muayyan gurux tovar va xizmatlarning tasdiklangan tuplami bulib, ular tarmok ichida xar xil maxsulot turlari guruxlar buyicha tasniflanadi.
Sobik Ittifok Narxlar kumitasi tomonidan tasdiklangan preyskurantlarga binoan kora metallurgiya sanoati maxsulotlari 25, rangli metallurgiyada 14 guruxga bulinadi. Xar guruxga ayrim preyskurantlar ishlab chikilgan. Misol uchun 01-01 sonli preyskurantida “Kora metallurgiya ruda va flyuslarining narxlari” 02-02 sonli preyskurantida «Rangli metallurgiyaning ruda va kontsentratlari xamda yarim maxsulotlari ulgurji narxlari” belgilangan.Bu preskurantda boksitlarni , rangli metalli mis, mis-ruxli rudalarni, mis-nikelli oksidlangan rudalarni , kurgoshin -ruxli va boshka xildagi ruda, xamda uzida turlicha mikdorda foydali komponentlarga ega bulgan kontsentratlarning yagona narxlari belgilangan. Preyskurant buyicha , bozor iqtisodiyoti munosobatlariga utgancha , rudadagi 1t misning baxosi 7800 sum va xokazo mikdorida belgilangan edi. Preyskurantdagi narxlar buyicha korxonalar, tashkilotlar uzaro xisob-kitob kilar edilar. Endilikda bozor iqtisodiyoti sharoitlariga utish munosobatlari bilan moddiy texnika, energiya resurslari narxlari, ishchilarning ish xaklari bir necha barobar oshgani sababli konchilik va foydali kazilmalarni kayta ishlovchi sanoat maxsulotlari narxlari xam shunga mutanosib ravishda oshdi.
Sanoat maxsulotlarini ishlab chikaruvchidan iste’molchiga tashish transport yul xarajatlari franko bilan boglik.
Mana shu xarajatlarni maxsulot etkazib beruvchi bilan iste’molchi urtasida kanday taksim bulishiga karab, narxlarni frankolashtirish, bir-biridan fark kiladi.
Sanoatda frankolashtirishning kuyidagi kurinishlari keng tarkalgan.
Junatish stantsiyasi franko-vagon narxi.
Bunda junatish stantsiyasidan to iste’molchi omborgacha bulgan yuklash, tushirish va yul xarajatlari iste’molchi xisobiga utkaziladi. Kabul kilish stantsiyasi franko-vagon narxi. Bu xolda xamma xarajatlar ta’minotchi zimmasiga yuklanib, maxsulot ustiga kuyiladi.
Kattik yokilgi va rangli metallar uchun asosan junatish stantsiyasi franko-vagon narxlari belgilanadi.
Neft, neft maxsulotlariga, kora metallarga kabul kilish stantsiyasi franko-vagon narxlari belgilanadi.
Bulardan tashkari kuyidagi ulgurji narxlar kullaniladi:
maxsulot etkazib beruvchi ombori franko narxlari , bu narxlarda maxsulotni chikaruvchi korxona yoki boshka ta’minotchi tashkilot omboridan to iste’molchi omboriga etkazib berishgacha bulgan transport va yuk ortish-tushirish xarajatlarini iste’molchi kutaradi. Maxsulot etkazib beruvchi bu xarajatlardan ozod buladi: iste’molchi ombori franko-narxlari, bunday narxlarda maxsulot etkazib beruvchi maxsulot tushiriladigan stantsiya franko narxlardagi transport xarajatlarini tulash bilan maxsulot stantsiyaga etkazib berilgandan keyin iste’molchi omboriga tushirishgacha bulgan xarajatlarni xam tulaydi.
Frankolashtirishning boshka xillari xam bor, ular kam uchraydi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish