VII. «Sog'lom bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari bajarilishi to'g'risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog'ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish
|
115.
|
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so'zlagan ma'ruzasi va «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi matnini o'z ichiga olgan «Sog'lom bola yili» broshyurasini tayyorlash va nashr etish.
|
2014 yil
I chorak
|
O'zMAA, «O'zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi
|
Byudjet mablag'lari doirasida
|
Byudjet mablag'lari
|
Broshyura.
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturining mohiyati va ahamiyatini aholiga etkazish.
|
|
116.
|
Aholining barcha qatlamlari o'rtasida quyidagi yo'nalishlarda «Sog'lom bola yili» Davlat dasturining maqsadi va vazifalari to'g'risida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish:
ommaviy axborot vositalarida «2014 yil — Sog'lom bola yili», «Sog'lom bola — sog'lom va ahil oila mahsuli», «Bolalar sporti», «Sog'lom bola — kelajagimiz», «Sog'lom oila», «Nikoh va oila», «Ta'lim va yoshlar», «Bir bolaga etti mahalla bosh-qosh» maxsus ruknlarini tashkil etish;
«Oila — mahalla — maktab» kontseptsiyasiga bag'ishlangan maqolalar va ko'rsatuvlar e'lon qilishni davom ettirish;
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishda OAVning o'rni va ahamiyati» mavzuida respublika videoanjumanini tashkil etish;
sog'lom bolani tarbiyalash, oilani mustahkamlash, sog'lom va barkamol avlodni shakllantirish masalalariga bag'ishlangan kitoblar turkumini nashr etish
(20 nomda).
|
Jadvalni tasdiqlash —
2014 yil
I chorak
Amalga oshirish — Yil davomida
|
MTRK, O'zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O'zA, O'zMAA, EOAVMA, ommaviy axborot vositalari, Mustaqil bosma OAVni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari
|
450,0
|
Ijrochilar mablag'i
|
Tadbirlarni o'tkazish jadvali.
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturi vazifalari va natijalari to'g'risida aholini keng xabardor qilish. Uning ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash.
|
|
117.
|
«Sog'lom bola — sog'lom kelajak», «Oila», «Sog'lom bola», «O'zingni angla», «Onalar maktabi», «Sog'lom farzand — yurt tayanchi», «Ayol baxti», «Dugonalar», «Ayol va zamon», «Chevarlik», «O'z qo'ling bilan yasa», «Chizish», «Onam bilan oshxonada» ko'rsatuvlarini tayyorlash.
Milliy televidenieda bolalar ongining rivojlanishi, bilimlarining kengayishiga xizmat qiladigan Xalqaro bolalar va ma'rifat kanallari ko'rsatuvlarini namoyish etish.
|
Yil davomida
|
Oliy ta'lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura IAM, «Kamolot» YoIH, MTRK, O'zA, Davlat aloqa qo'mitasi, «O'zbekkino» agentligi
|
700,0
|
Ijrochilar va homiylar mablag'i
|
Tadbirlarni o'tkazish jadvali.
Aholining sog'lom bola tug'ilishi, onalik va bolalik muhofazasi, onalar va bolalar sog'lig'ini mustahkamlash masalalaridagi xabardorligini oshirish.
Oilada o'zaro hurmat va mehribonlik, yuksak axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirish.
Bolalarni ma'naviy va estetik barkamol etib tarbiyalash.
|
|
118.
|
Aholining barcha qatlamlari o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish uchun foydalanish maqsadida broshyura tayyorlash, chop etish va tarqatish;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so'zlagan ma'ruzasi mazmun-mohiyatini o'rganish bo'yicha talabalar va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari uchun o'quv-metodik to'plam tayyorlash va shu asosda maxsus o'quv kursini tashkil etish orqali «Sog'lom avlod yili: mohiyat va mazmun» mavzuida keng targ'ibot ishlarini tashkil etish.
|
2014 yil fevralь-mart
|
Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura IAM, «Kamolot» YoIH, «Tasviriy oyina» IU, MTRK, Davlat aloqa qo'mitasi, tegishli vazirlik va idoralar
|
150,0
|
Ijrochilar va homiylar mablag'i
|
Tadbirlarni o'tkazish jadvali.
Broshyura va o'quv-metodik to'plam.
«Sog'lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalarini aholi ongiga singdirish. Aholining dastur ijrosi borishi to'g'risida xabardorligini oshirish.
|
|
119.
|
«O'zbekiston — baxtli bolalar mamlakati» va «Farzandlari sog'lom yurt qudratlibo'lur,qudratli elning farzandlari sog'lom bo'lur» mavzuida fotoko'rgazmalar tashkil etish.
|
2014 g.
II — IV chorak
|
Badiiy akademiya, O'zA,
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi
|
150,0
|
Ijrochilar mablag'i
|
Fotoko'rgazmalar.
Mamlakatimizda bolalar manfaatlarini ta'minlash, xotin-qizlar faolligini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyati va natijalari hamda Xalqimizning bunyodkorlik ishlarini yoritib beradiganfoto materiallarni e'lon qilish.
|
|
120.
|
O'zA saytida «Sog'lom bola yili» mavzuida fotosuratlar galereyasini yaratish va uni muntazam yangilab borish.
|
Yil davomida
|
O'zA
|
7,0
|
O'zA mablag'lari
|
O'zA saytida (8 tilda) mamlakatimizda «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarni har tomonlama ochib beruvchi foto materiallarni joylashtirish.
|
|
121.
|
Bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan «Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur, qudratli elning farzandlari sog'lom bo'lur» telemarafonini o'tkazish.
Maktab-internatlar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o'rtasida «O'zbekiston — bolalar nigohida» rasmlar ko'rgazmasini tashkil etish.
|
2014 yil
iyunь
|
MTRK, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, «Mahalla» jamg'armasi, Badiiy akademiya, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
40,0
|
Ijrochilar mablag'i
|
Ijrochilar qarori.
Bolalarning har tomonlama barkamol bo'lishini ta'minlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish.
|
|
122.
|
Internet tarmog'idagi ommaviy resurslarda respublikada amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati natijalari, bola huquqlarini himoya qilish borasida ko'rilayotgan choralar hamda «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi tadbirlarini yoritishga doir sahifalar yaratish.
|
Yil davomida
|
«Kamolot» YoIH
|
60,0
|
«Kamolot» YoIH mablag'lari
|
Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosati hamda sog'lom va barkamol avlodni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida keng tushuntirish ishlarini olib borish va dunyo jamoatchiligiga etkazish.
|
|
123.
|
O'zbek Xalq ertaklari asosida sarguzasht janridagi «Ertaklar olamida» to'liq metrajli badiiy filьm;
|
Yil davomida
|
«O'zbekkino» agentligi,
Moliya vazirligi
|
1510,0
|
Byudjet mablag'lari
|
Bolalar kinematografiyasi saviyasini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga ehtirom va milliy an'analarga hurmat ruhida tarbiyalashga birlamchi e'tibor qaratish.
|
|
o'zbek Xalq ertaklari asosida «Chiroq ko'targan mushuk» to'liq metrajli animatsionmulьtfilьm;
|
2014-2015 yillar
|
|
203,6
|
|
|
zamonaviy fantastika janrida «Sehrli qalpoqcha — 2» badiiy filьmi;
|
2014 yil
|
600,0
|
|
«Zumrasha» bolalar hajviy kinojurnalining 12 qismi;
|
Muntazam
|
820,4
|
|
yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga bag'ishlangan 4 ta hujjatli filьm yaratish orqali yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
Yil davomida
|
104,6
|
|
124.
|
Zamonaviy axborot texnologiyalari, yo'ldoshli aloqa kanallaridan foydalangan holda xorijda «Sog'lom bola yili» Davlat dasturi mazmun-mohiyati va natijalari to'g'risida tizimli axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
|
Yil davomida
|
MTRK, «Jahon» axborot agentligi, O'zA, «Uzbekistan Today» axborot agentligi, O'zMAA
|
60,0
|
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat
fondi mablag'lari
|
Tadbirlar reja jadvalini tasdiqlash to'g'risida ijrochilarning qarorlari.
Jahon jamoatchiligini «Sog'lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning mazmun-mohiyati va natijalari to'g'risida keng xabardor qilish.
|
|
125.
|
«Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur» va «O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari» mavzularida plakatlar to'plamlarini tayyorlash va chop etish.
|
2014 yil
I-II chorak
|
Ma'naviyat targ'ibot markazi, Milliy g'oya va mafkura IAM, «Ma'naviyat» nashriyoti,
«Tasviriy oyina» IU, Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi
|
200,0
|
Ijrochilar va homiylar mablag'i
|
Ijrochilarning qarorlari.
Aholi, ayniqsa yosh avlod dunyoqarashi va intellektual darajasini kengaytirish, ma'naviy, asl milliy qadriyatlar, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, san'at va sport olamiga oshno etish.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dasturni amalga oshirishda 2014 yilga rejalashtirilgan jami xarajatlar:
4 509,2 mlrd so'm va ekvivalentda 302,9 mln dollar.
|
|
|
|
|
|
Shundan:
|
|
so'm hisobida
|
|
AQSh dollari hisobida
|
Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag'lari
|
—
|
1 701,5 mlrd so'm
|
—
|
2,0 mln dollar
|
Ijrochilar va homiylar mablag'lari
|
—
|
997,1 mlrd so'm
|
—
|
0,5 mln dollar
|
Tijorat banklari kreditlari
|
—
|
1 810,6 mlrd so'm
|
—
|
|
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag'lari va grantlari
|
—
|
|
—
|
300,4 mln dollar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |