MAVZUNING MAZMUNI
Bolaning garmonik asab-ruxiy rivojlanishini nafaqat yetarli va to‘lik ovqatlanish orqali, balki yoshiga karab to‘g‘ri kun tartibini tashkil qilish,tarbiyalash,ozodalikka rioya qilish bilan erishiladi.To‘g‘ri tarbiya berish,o‘z ichiga jismoniy,ruxiy.estetik,mexnat,axlok va odob tarbiyalarini olib bularga, bola xayotining 5-7 yoshida o‘rnatiladigan jismoniy, aqliy, axlokiy, mexnat va estetik rivojlanishlari komplekslarini o‘z ichiga oladi.
Tarbiya va rivojlanish - bu shaxs shakllanishini ikki tomonlaridir. Kichik yoshdagi, yaoni uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda jismoniy tarbiya, katta bolalarda esa aqliy tarbiya birinchi o‘rinni egallaydi
Tarbiyaning quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur: oddiydan- murakkabga, engildan- kiyinga, aniqlikdan- mavxumlikka o‘tishni,tarbiya vositalarining birligi va o‘zgarmasligi ,raxbarlantirish va mustaqillikni rivojlantirish, individual yondashuv,ko‘p tanbex beravermay ketma-ket man kilinishlarga yo‘l ko‘ymaslik kerak.
Tarbiya muovafakiyatli chiqishi uchun bolani sevish, erkalash , xurmat, ijobiy xissiyotlarni yaratish muxitida amalga oshirilsa ,zero bu xar bir go‘dak uchun xayotiy zaruratdir. Bolaga bularni zaruriyati vitaminlar, to‘yimli ovqatlardan kam emas. Aks xolda bolalar sovuqqon, asabiy tund bo‘lib etishadilar. Ota-onalar bolaning ilk tarbiyachisidir. Ammo tibbiy xodim shuningdek bolalar tarbiyasida aktiv qatnashishi zarur, zero tarbiya usullarini egallamay turib davolash, parvarish qilish va profilaktika o‘tkazish mumkin emas. Go‘dakning xakikiy extiyojini qondirishning yagona usuli-uni bola xayotining asosi bo‘lgan kun tartibiga o‘rgatishdir, shuningdek uykuning almashinuvini o‘z ichiga olgan to‘g‘ri va tabiiy asoslangan kun tartibini tuzish va uni bajarish orqali boshlash lozim. Shunda tarbiyalash va parvarish ishlarni asosiy xolatlari bir - biriga mos keladi.
To‘g‘ri kun tartibi bosh miya po‘stlok qismidagi ko‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlariga yaxshi taʼsir ko‘rsatib, bolani yaxshi rivojlanishi va kerakli xarxarxarakatni tez bajarishini.xushchakchak,yaxshi feolli.vazifalarni tez o‘rganadigan bo‘lib o‘sishini taominlaydi.Bola xayotinig 2-oyining oxiridayok uyku va bedorlikning almashinuv tartibi xosil kilinadi , yaoni vaqtga nisbatan shartli refleks xosil bo‘ladi. Bunda go‘dak tez uxlab koladi, qattiq uxlaydi va xotirjam uyg‘onadi. Buning uchun bolalar faqatgina aniq bir vaqtda , iloji boricha uykuga ketishini tezlashtirishga taʼsir kiluvchi ochik tug‘ilganda uxlashga yotqizishlari lozim, chunki toza tug‘ilgan uxlatish taʼsiriga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |