Laboratoriyada tekshirish uchun siydik yig‘ish
Statsionar bo‘limlaridagi hamma bemorlardan laboratoriya lekshiruvi uchun albatta siydik olinadi. Tekshirish natijasining to‘g‘riligi va ko‘yilgan tashxisning aniqligi siydik olish usulining to‘g‘riligiga, idish va bemorni to‘g‘ri tayyorlashga bog‘lik.
Siydik taxlili bemorni umumiy tekshirishda muxim o‘rin tutadi. Bu tekshirish buyrak faoliyatidagi u yoki bu xolatni aniqlabgina kolmay, balki kator aʼzo va tizimlardagi kamchiliklar haqida xam xulosa chikarishga imkon beradi.
a) Umumiy tekshirish uchun siydik yig‘ish. Umumiy taxlilga siydikning rangi, tinikligi, nisbiy zichligi (solishtirma og‘irligi), uning reaksiyasi va patologik elementlar borligini aniqlash kiradi. Umumiy taxlil uchun siydikni tungi uykudan so‘ng ertalab 100-200 ml miqdorda olinadi va 30-60 dakika ichida laboratoriyaga jo‘natiladi. Siydikni bemor statsionarga kelgan kunning ertasiga ertalab olinadi va 10 kundan keyin yana bir marta tekshiriiadi. Bemorlarga bir kun avval ismi-sharifi, sana va tekshirish maksadi yozilgan toza idish beriladi. Ayol bemor siydik olishdan oldin tagini yuvishi kerak. Siydikning o‘rta porsiyasi olinadi. Tekshirish natijasi noto‘g‘ri chikmasligi uchun idishni tozalab yuvish lozim, aks xolda noto‘g‘ri tashxis ko‘yilishi mumkin. Xayz ko‘rish davrida siydik taxlili tavsiya kilinmaydi, bordi-yu bunga zarurat bo‘lsa, siydikni kateter yordamida. ayolning tashqi jinsiy aʼzolarini zararsizlantiruvchi eritma (furasilin. kaliy permanagantning kuchsiz eritmasi va b.) bilan artgandan so‘ng olinadi.
Siydikni uzok vaqt saqlash uning fizik xossalari o‘zgarishiga, bakteriyalar ko‘payishiga va siydik cho‘kmasidagi elementlar parchalanishiga olib keladi. Siydikni laboratoriyaga tez yetkazish imkoni bo‘lmasa, uni salqin joyda saklab turiladi.
b) Siydikni Addis-Kakovskiy usuli bo‘yicha tekshirish. Siydikni olishdan avval, ayol tashqi jinsiy aʼzolarini yaxshilab yuvishi lozim. Oldin shishaga konservant - bir necha timol kristallchasi yoki 2 kristallcha formaldegid yoki 0,5 ml xloroform solinadi. Addis-Kakovskiy usuli bo‘yicha hisoblash kamerasida siydik elementlari sanaladi. Siydikning kunlik umumiy miqdoridagi elementlar soni hisoblab chikariladi. Bu usul bo‘yicha siydikni 10 soat ichida yig‘ish lozim. Soat 22:00 da bemordan qovuqni bo‘shatish va tunda siymaslik so‘raladi. Ertalab soat 8:00 da ertalabki siydikning hammasi laboratoriyadan olingan maxsus idishga yig‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |