Tozalovchi xuqnalar. Yo‘g‘on ichakka davolash va diagnostika maksadida suyuklik kiritish muolajasi xukna deb aytiladi. Xuknalar tozalovchi, moyli, sifonlilarga bo‘linadi.
Tozalovchi xuknalar qaynatib sovutilgan suvda kilinadi, xarorati 37-38 S bo‘lishi kerak.
Klizmalar uchun rezinali ballon ishlatiladi:
• Chakalokka № 1 ballon-(25 ml sig‘imli)
• 1 oyli bolaga № 2 ballon - (50 ml sig‘imli.)
• 6 oygacha - №3 va №4 ballonlar-(75-100 ml sig‘imli)
• 1 yoshda №5 ballon- ( 150 ml sig‘imli)
• 2-3 yosh № 5-6 ballonlar ( 180-200 ml sig‘imli)
• 6-12 yoshdagilarga №6 ballon- ( 200-250 ml sig‘imli)
• katta bolalarga Esmarx krujkasi ( 0,5-0,75 litr)
Bolani chap yoni bilan yotqizib, oyoqlari bukilgan va qoringa tortilgan xolatda yotadi. Vazelin surtilgan ballonni oxirgi uchini to‘g‘ri ichakka 6-8 sm kiritiladi, keyin esa ballon kisiladi. Tozalangandan so‘ng ballonni qismasdan uchini chikariladi.
Yog‘li klizmalar - ichakni yumshoq tozalash uchun qo‘llaniladi. Ularni 38-39 S gacha isitilgan zig‘ir, paxta, vazelin moylari bilan kilinadi. U xuddi tozalovchi klizmadek o‘tkaziladi, lekin bunda trubka uchi to‘g‘ri ichakka 10-12 sm yuboriladi. Klizmadan so‘ng bola korniga yotqizib ko‘yiladi. Bola tagiga klenka ko‘yish kerak.
Sifonli (tozalovchi) katta yoshli bolalarga ichakni to‘lik tozalash uchun ko‘yiladi. Uzunligi 1 metr, diametri 1,5 sm bo‘lgan rezina naycha yoki shisha naycha bilan birlashtirilgan 2 yo‘g‘on Meʼda zondi, 1l sig‘imdagi voronka , krujka,chelak,vazelin,fartuk,37-38S gacha isitilgan 10-12 l suv To‘g‘ri ichakka uchini yuboriladi, u rezinali trubka orqali varonka bilan bog‘langan. Varonkaga toza suv kuyiladi. Keyin varonkani uchini to‘g‘ri ichakdan chikarmasdan turib tushiriladi va bunda suv va axlat qaytib chikadi. Bu muolajani toki toza suv chikkuncha qaytariladi.
Davolovchi xuknalar- bu xuknani o‘tkazishdan 20-30 dakika avval ichakni axlatdan tozalash kerak. Davolovchi xuknalar 1 yoshli bolalar uchun 20-35 ml, 5 yoshdan 10 yoshgacha 50 ml, katta bolalarga 50 dan 75 ml gacha. Suyuklik xarorati 40 S bo‘lishi kerak. Bolani chap yonboshga yotqizib, uchi to‘g‘ri ichagiga 10-12 sm yuboriladi. Ko‘prok mikroklizmada og‘riksizlantiruvchi va uxlatuvchi, xamda tinchlantiruvchi vositalar yuboriladi.
Pediatriyada ko‘prok kraxmalli xukna qo‘llaniladi. Bunda bitta klizmaga 1 osh
koshik kraxmal ishlatiladi.
Taninli xukna - / 1 koshik tanin 1 stakan suvga/
Moychechakli xukna - / 15 gramm moychechak 2 dakika 250 ml suvda qaynatilib, 40-41 S gacha sovutilib ko‘yiladi./
Do'stlaringiz bilan baham: |