40
Agar bolada burch hissi ancha kuchli rivojlangan bo’lsa, uning hayoti o’z burchlarini
bajarishga intilish, buni uddalay olmaganda o’z-o’zini aybdor his etish bilan o’tib ketadi.
Undan ko’ra o’zingizga “mening baxtli bo’lish va o’z baxtimni yaqinlarim bilan
baham ko’rish erkinligim bor” deganingiz ma’qul. Shunda siz o’zingiz istagan narsalarga
erishish yo’lingizni aybdorlik tuyg’usi bilan bulg’amagan bo’lasiz.
Siz boshqa odamni baxtli qilishga burchli emassiz. Siz umuman boshqa odamni
baxtli qila olmaysiz. Avval aytganimdek, boshqa odamning baxti sizning qo’lingizga
berib qo’yilmagan. Siz boshqa odam
o’zining baxtli bo’lish erkinligidan foydalanishiga
to’sqinlik qilmasangiz
bo’ldi. Mana sizga baxtli turmushning siri:
Do'stlaringiz bilan baham: |