Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
l

Aybdorlik tuyg’usi 

Aybdorlik  tuyg’usi  psixologik  komplekslar  ichida  eng  zararkunandasi  va  yengib 

o’tish qiyin bo’lganidir. Uning kuchi yengil mas’uliyat hissidan tortib vijdon azobigacha 

bo’lishi  mumkin.  Bizning  jamiyatimizda  u  har  bir  odamda  bor,  adashmasam.  Chunki 

bizni yoshlikdan juda ko’p narsalarga javobgar bo’lishga o’rgatishadi. 

Sizda xato tasavvur uyg’onmasligi uchun avvalo  men sizga aybdorlik tuyg’usini 

ta’riflab beray. 



Aybdorlik tuyg’usi – odam qilgan (yoki qilmagan) biror xatti-harakat yoki 

xayol  uning  fikricha  noto’g’ri  ekanini  tan  olib,  bu  xatti-harakat  yoki  xayol  uchun  o’z 

shaxsiyatidan  xafa,  norozi  yoki  hatto  nafratda  bo’lish  holatidir

.  Ayatylik,  siz  hech 

o’zingizni  yomon  farzand,  ota-ona  yoki  turmush  o’rtoq  deb  o’ylagan  paytlaringiz 

bo’lganmi?  Biror  ishingizdan  pushaymon  yegan  va  vijdon  azobi  qiynagan  damlarni 

boshingizdan kechirganmisiz? Bularning bari aybdorlik tuyg’usiga misoldir. 

Kishi o’z qarorlari uchun javobgarlikni his etishi kerak, albatta. Ammo odam o’z 

qilmishlaridan  pushaymon  bo’lishi,  o’zini  koyishi,  aybdor  yoki,  Xudo  ko’rsatmasin, 

gunohkor his etishi mutlaqo noo’rin. 

Birinchidan, siz nimaki qilmang – hammasi  yaxshilikka xizmat qiladi. Agar xato 

qilgan bo’lsangiz – uni tan oling, ammo u uchun o’zingizni aybdor his etishingiz shart 

emas. Faqat shundagina xato sizga saboq bo’ladi va keyingi gal siz ehtiyotkorroq bo’lasiz. 

Xatolar ham sizning shaxsiy o’sishingizga xizmat qilishi yodingizda bo’lsin. 

Ikkinchidan,  sizning  xato  qilishga  to’liq  haqqingiz  bor.  Siz  ilohiy  mavjudot 

emassizki,  o’zingiz  qilgan  xatolarni  kechirolmasangiz  va  ular  uchun  o’zingizni 

koyisangiz. Sizda hech kimni (hatto o’zingizni ham) gunohkor deb atash huquqi yo’q. 

Shunday ekan, o’z xatolaringiz uchun o’zingizni kechiring. 

Uchinchidan, siz qilgan xatti-harakat chindan ham yomon ekanini siz hech qachon 

bilmaysiz. Ba’zida biz xato deb o’ylagan ishlar natijasi mutlaqo biz kutmagan – ya’ni biz 

yoki yaqinlarimiz uchun manfaatli natijalarga olib kelishi mumkin. Siz bir ishning oxirini 

ko’ra bilmasdan, bu uchun o’zingizni aybdor deb bilishingiz – tan oling, g’irt kaltabinlik. 

To’rtinchidan, hech qachon o’z xayollaringiz uchun o’zingizni aybdor his qilmang. 

Chunki  xayollar,  agar  ular  harakatga  aylanmasa,  hech  kimga  zarar  yetkazmaydi 

(o’zingizdan boshqa). Bundan tashqari, xayollarni boshqarish va kerakli o’zanga solish – 

juda qiyin ish va buni kamdan kam odam uddalaydi. Huquq sohasida ham yomon xayollar 

uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish