Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

CHORSHANBA 
Kemtiklar 
Komplekslar 
Kompleks
atamasi amaliy psixologiyada juda tez-tez qo’llaniladi. Unga juda turli 
xil ta’riflar berilgan. Men sizga eng sodda izohni berishga harakat qilib ko’raman. 
Kompleks – bu sizning fe’l-atvoringiz, xatti-harakatlaringiz, ichki tuyg’ularingiz 
yoki tashqi ko’rinishingizda sizni qoniqtirmaydigan, tashvishga soladigan va sizni 
cheklaydigan jihatlar. 
Albatta, bu mukammal ta’rif emas, ammo bayon davomida siz kompleks deganda 
nimani nazarda tutilishi haqida yetarlciha aniq tushunchaga ega bo’lasiz. 
Barchamiz qandaydir kamchiliklarga egamiz – hech kim nuqsonlardan holi qilib 
yaratilmagan. Kimdir jismoniy kuch bilan taqdirlangan bo’lsa, kimdir o’tkir zehn bilan 
mukofotlangan. Aslida, biz avvaldan bir fazilatga boy, boshqasidan benasib qilib 
yaratilmaymiz. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa istalgan fazilatni rivojlantirish imkoni 
berilgan bo’ladi. 
Ammo ota-ona tarbiyasi, atrofdagilar munosabati va bolaning o’z xohish-
istaklariga qarab unda ba’zi xislatlar kuchliroq rivojlanib, boshqalari e’tiborsiz qolib 
ketadi. 
Misol uchun, farzandini yoshlikdan badantarbiya va sportga qiziqtirib katta qilgan 
ota-ona farzandida intellektual qobiliyatlar o’sishi haqida unchalik qayg’urmaydi. Va 
aksincha, farzandini bilim olishga yo’naltirgan ota-ona undan jismoniy faollikni talab 
qilmaydi. 
Ammo yuqoridagilar jismoniy va aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga misollar, 
xolos. Psixologik komplekslar ildizi ancha chuqur ketadi va ular uzoq muddat davomida 
shakllanib boradi. Psixologik komplekslar haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun sizga 
bir qator misollar keltirib o’tay: tortinchoqlik, uyatchanlik, mahmadonalik, kamgaplik, 
qitmirlik, manmanlik, ortiqcha kamtarlik, jahldorlik, maqtanchoqlik, surbetlik, qaysarlik, 
injiqlik, talabchanlik, terslik, qo’pollik, laganbardorlik, ta’magirlik, doimiy tushkunlik 
holati, aybdorlik tuyg’usi, mukammallikka intilish odati va hokazo. 
Komplekslar odamda tashqi ta’sirlar yoki ichki ishonchsizlik sababli hosil bo’ladi. 
Ularning kelib chiqishi juda sekin va sezilarsiz kechadi – shunga monand ulardan qutulish 
ham uzoq vaqt talab etadi. Shaxsiy muhimlik tuyg’usi ta’sirida odam o’z bahosini oshirib 
yuborsa, komplekslar – odam o’ziga past baho berishi natijasida paydo bo’ladi. Bu 
jihatdan komplekslar – shaxsiy muhimlik tuyg’usining manfiy ko’rinishi deyish mumkin. 
Barchamiz yaxshi biladigan termometrni tasavvur qiling. Uning o’rtasida “0” 
belgisi bor. U o’ziga xos muvozanat nuqtasi – bunda suv suyuqlik va muz holati o’rtasida 
bo’ladi. Harorat ko’rsatkichi noldan yuqori ko’tarilsa ham, manfiy tomonga tushib ketsa 
ham – bu muvozanatdan og’ish degani. 
Odam shaxsiyatida ham xuddi shunday o’lchagich bor. Agar odam o’z muhimlik 
darajasini noldan yuqori ko’tarib yuborsa, ya’ni odam o’ziga ortiqcha baho berib yuborsa 
– bu shaxsiy muhimlik tuyg’usiga olib keladi. Bordi-yu kishi o’z qadrini o’ta pasaytirib 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish