Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446–385-yy.)
Miloddan oldingi V – IV asrlar butun Yunoniston, xususan, Afina
davlati uchun kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan.
Ammo, shu bilan birga, demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim
ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashib bor-
di. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu
nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni bartaraf
etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi”
67
deb atalmish maxsus adabiy oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy
jo‘shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – qad-
imgi attika komediyasining asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod
qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga
ma’lum. Bular – Kratin, Evpolid va Aristofandir.
Qadimgi yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asar-
lari bizga qadar yetib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijo-
dida komediyaning mazmun ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy ji-
hatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning hayoti haqida bizgacha
juda kam ma’lumot yetib kelgan. Shoir taxminan miloddan avvalgi
445–446 yili Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug‘ilgan. U
o‘zining adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-
yetmas komediyanivislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni
egallagan. Qirq yilcha davom etgan ijodiy faoliyati davrida qirqdan
ortiq asar yozgan. Aristofanning komediyalaridan 11 tasigina u yoki
bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular ijtimoiy-tarixiy davr bilan
bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi:
a) Birinchi davrda(427–421 yy., Peloponness urushining birin-
chi bosqichi) – urushlardan charchab, ruhiy umidsizlikka tushgan
oddiy dehqon, o‘zi bilan o‘zi sulh tuzib, tinch hayot nashidasini su-
rishi haqidagi “Axarnliklar”(425); davrning taniqli siyosatchilaridan
biri Kleon satira qilingan “Chavandozlar”(424); qarz botqog‘idan
qutilish uchun sofistlardan ta’lim olgan qahramon haqidagi “Bu-
lutlar”(423); sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi qariya haqidagi “Ari-
lar”(422); qo‘ng‘izda Olimp tog‘iga chiqib, kuch bilan tinchlik
ma’budasini yerga olib tushgan musallaspaz to‘g‘risidagi “Tinchlik”
komediyalari yozilgan.
b) Ikkinchi davr(414–405 yy.). 421-yildan 414-yilgacha fanga
hech qanday ma’lumot ma’lum emas. Bu yillarda asosan ijtimoiy-
satirik mavzularda komediyalar yozilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin
qilish mumkin. Ikkinchi davrda osmon va yer o‘rtasida qushlar bilan
hamkorlikda shahar qurgan ikki afinalik haqidagi “Qushlar”(414),
ayollarning urushga qarshi isyoni haqidagi “Lisistrata”(411), yevrip-
68
id kulgu ostiga olingan “Ayollar Fesmoriy bayramida”(411) va yana
yevripid tanqid qilingan “Qurbaqalar”(405) komediyalari yozilgan.
v) Uchinchi davr(392–388 yy.)da asosan maishiy, utopik ide-
allar ulug‘langan komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan
ustunlik qiladi. “Ayollar xalq yig‘inida”(392), “Boylik”( “Plutos”)
(388) komediyalari shunday asarlar sirasiga kiradi.
Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga,
buning natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz yemirilib,
inqrozga uchray boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siy-
osiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyotlar, ma’naviy, aholoqiy, falsafiy
muammolarning keskinlashuvi shoir ijodida o‘zining yorqin ifo-
dasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik holatlar, qahra-
monlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib yubo-
rilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, ohori to‘kilmagan
qochiriqlar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga
xos sodda, tiniq, o‘ynoqi va muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar
– Aristofanning yuksak mahoratidan darak beradi. Rus tanqidchisi
V.G.Belinskiyning ta’kidlashicha, Aristofan – eng olijanob, g‘oyat
musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan.
1954-yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga binoan Aristo-
fanning 2400-yilligi nishonlandi.
Umuminsoniy badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik
adabiyot, xususan qadimgi yunon adabiyotida tilga olingan ko‘plab
mavzu va muammolar XXI asrda ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahami-
yatini yo‘qotmagan.
Sofoklning ijodi cho’qqisi bo’lgan bu asar o’tgan 2500 yillik vaqt mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. U hamisha dolzarb, hamisha zamonaviy, barcha tuzum va zamonlarga xos. Hali insoniyat badiiy tafakkuri tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |