Sofokl (mil av. 496–406-yy.)


Yevripid (mil.av. 480–406-yy)



Download 115,99 Kb.
bet2/25
Sana31.12.2021
Hajmi115,99 Kb.
#252439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
سوفوکل

Yevripid (mil.av. 480–406-yy) Qadimgi yunon tragediyasining 
yana bir vakili Yevripid Afina yaqinidagi Salamin orolida tug‘ilgan. 
Antik davr adabiyotining uch buyuk vakili haqida quyidagi rivoyat 
bog‘lab turgan: Salamin yaqinidagi g‘alaba nishonlanayotganda(m.o. 
480)  Esxil  g‘olib  askarlar  safida  bo‘lgan.  G‘alaba  bayramida  uy-
ushtirilgan o‘yinlarda Sofokl o‘zini ko‘rsatgan va xuddi shu kuni 
dehqon Mnesarx oilasida Yevripid dunyoga kelgan.
M.o. V asr oxirida komediyanavislar shoirga ko‘p ta’na va malo-
matlar yog‘dirdilar. U Makedoniyaga ko‘chib ketishga majbur 
bo‘ladi va shu yerda vafot etadi. 
Yevripid  teatr  musobaqalarida  uch  marta  g‘olib  chiqqan.  O‘z 
davrida  qadrlanmagan  shoir  keyingi  asrlarda(ellinizm  davrida) 
xalqning  eng  sevimli  tragik  shoiriga  aylanadi.  U  jami  92  ta  asar 
yozgan  bo‘lib,  bizgacha  19  tasi  yetib  kelgan.  Masalan:  “Alkesti-
da”, “Medeya”, “Geraklidlar”, “Ippolit”, “Elektra”, “Andromaxa”, 
“Troyalik ayollar” tragediyalari. Bu asarlarning barchasi Sofokl va 
Esxil singari mifologik afsonalar mavzusida yozilgan. yevripid o‘z 

66
asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psix-


ologik muammolarni ham qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida 
avvalambor, ayollar obrazi va ularning psixologik qiyofasini maho-
rat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir. 
Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sah-
nasida qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar” 
haqidagi afsonadan olingan. Bir qancha yunon pahlavonlari Yason 
boshchiligida oltin qo‘y junini olib kelish uchun “Argo” kemasida 
Kolxida eliga jo‘naydilar. U yerda podshoning qizi, quyosh ma’budi 
Geliosning  nabirasi  go‘zal  Medeya Yasonni  sevib  qoladi,  uni  deb 
ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini 
Yunonistonga olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha mud-
dat o‘tgach, Yason Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmo-
qchi bo‘ladi. Yevripidning asari xuddi ana shu joydan boshlanadi. 
Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi, 
kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan 
aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk 
haqidagi asar bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi 
tragediyadir.  Afina  podshosi  Tezeyning  oldingi  xotinidan  qolgan 
o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. Yigit uning sevgi-
sini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin yozib 
qoldirgan maktubida u Ippolitni tajovuzda ayblaydi. Otasi tomoni-
dan la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi. 
Yevripid  juda  katta  mahorat  bilan  burch  va  ehtiros  o‘rtasidagi 
kurashdan azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi.

Download 115,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish